Moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua


Download 1.36 Mb.
bet50/85
Sana16.11.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1777831
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   85
Bog'liq
Молия мажмуа М.Ғоппаров (4)

Moliyaviy taktika – strategiya belgilab bergan vazifalarni jamiyat rivojlanishining konkret bosqichida moliyaviy munosabatarni tashkil etish usullari orqali amalga oshiradi.
Moliya mexanizmi – taqsimot va qayta taqsimot munosabatlarining keng tizimini amalga oshirish, daromad va jamg’armalarni tashkil qilish, markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini tuzishni ta’minlovchi shakl va usullar yig’indisidan iboratdir
Istiqbolni aniqlash – moliyaviy mexanizmining asosiy qismi bo’lib, u moliyaviy rejalar va balanslarni hamda moliyaviy ko’rsatkichlar, norma va normativlar tizimini o’z ichiga oladi.
Moliyaviy dastaklar va rag’batlantirish vositalari – ularga foydani taqsimlash usullari, turli fondlarga to’lovlar, ajratmalar, qo’llaniladigan imtiyozlar, sanktsiyalar, jarimalar, soliqlar, subsidiya, subventsiya va sanatsiyalar kiradi.
Moliyani boshqarish – sub’ektlarning moliyaviy munosabatlarni amalga oshirish, pul oqimi – fondlarini uyushtirish, taqsimlash va samarali ishlatishga oid faoliyatni bildiradi.
Davlat moliyasi -davlatni kerakli iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy funktsiyalarini bajarish uchun pul mablag’lari bilan ta’minlashga undalgan moliya tizimining muhim bo’g’inidir.
Byudjetdan tashqari fondlar – umumdavlat moliyasining muhim bo’g’ini bo’lib, ularning faoliyati qat’iy belgilangan, manbalarni tashkil etish yo’llari ko’rsatilgan, pul fondlari bilan foydalanish yo’llarining tartibi aniqlab berilgan davlat hukumatining yuqori organlarining tegishli aktlari asosida o’z faoliyatini amalga oshiradilar.
Davlat byudjeti - davlat pul mablag’larining (shu jumladan davlat maqsadli fondlari mablag’larining) markazlashtirilgan fondi bo’lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi
davlat qarzi - davlat tomonidan ichki mablag’ni va xorijdan mablag’ jalb qilish natijasida vujudga kelgan O’zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig’indisi;

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling