Moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua


Davlat nobyudjet fondlari byudjetlari, byudjetlar daromadlari va xarajatlarining to’liq aks etishi printsipi


Download 1.36 Mb.
bet58/85
Sana16.11.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1777831
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   85
Bog'liq
Молия мажмуа М.Ғоппаров (4)

Davlat nobyudjet fondlari byudjetlari, byudjetlar daromadlari va xarajatlarining to’liq aks etishi printsipi byudjetlar, davlat nobyudjet fondlari byudjetlarining barcha daromad va xarajatlari hamda soliq va byudjet qonunchiligi hamda davlat nobyudjet fondlari to’g’risida qonunlarga muvofiq belgilangan barcha boshqa majburiy tushumlar byudjetlarda, davlat nobyudjet fondlarining byudjetlarida majburiy tartibda va to’liq hajmda o’z aksini topish kerakligini anglatadi.
Byudjetlarning balansliligi printsipi byudjetda ko’zda tutilgan xarajatlarning hajmi byudjet daromadlari va uning defitsitini moliyalashtirish manbalaridan tushadigan tushum-larning jami hajmiga teng bo’lishi kerakligini bildiradi.
Byudjet mablag’laridan foydalanishning samaradorliligi va tejamliligi printsipining ma’no-mazmuni shundan iboratki, unga muvofiq ravishda vakolatli organlar va byudjet mablag’-larini oluvchilar byudjetlarni tuzish va ularning ijrosini ta’minlashda, eng avvalo, ko’zda tutilgan (rejalashtirilgan) maq-sadlarga erishishda mablag’larning eng kamroq hajmidan yoki ma’-lum bir hajmdagi byudjet mablag’laridan foydalangan holda, eng yuqori natijaga erishishning zarurligidan kelib chiqmog’i kerak.
Byudjet xarajatlarini qoplashning umumiyligi (yoppasigaliligi) printsipi byudjet barcha xarajatlarining shu byudjet barcha daromadlari umumiy summasi va uning defitsitini moliyalashtirish manbalari hisobidan tushgan tushumlardan qoplanishi kerakligini anglatadi.
Oshkoralik printsipi ochiq matbuotda tasdiqlangan byudjet va uning ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni, albatta, e’lon qilinishini, byudjet ijrosi jarayonida ma’lumot-larning to’liq va to’g’ri berilishini, davlat hokimiyati qonunchi-lik organlari va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining qa-rorlariga oid boshqa ma’lumotlarni olish imkoniyatining yaratil-ganligini, byudjet loyihasi bo’yicha qarorlarni ko’rib chiqish va qabul qilish tartiblarining (jumladan, davlat hokimiyati qonun-chilik organi ichida yoki davlat hokimiyatining qonunchilik va ijroiya organlari o’rtasidagi qarama-qarshiliklarni ifodalovsi masalalar bo’yicha ham) jamiyat va ommaviy axborot vositalari uchun albatta ochiq bo’lishini ko’zda tutadi.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling