Resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i - mol-mulk va yerga ega bo’lganlik va tabiiy resouslardan foydalanganlik uchun to’lanadigan soliqlar (mol-mulk solig’i; yer solig’i; yer osti boylik-laridan foydalanganlik uchun soliq va suv resurslaridan foyda-langanlik uchun soliq)
Byudjet xarajatlari YAIMning qayta taqsimlanishi natijasida davlat byudjetida jamlangan pul mablag’larining maqsadga muvofiq qayta taqsimlanishi va ishlatilishi bilan bog’liq byudjet qonunchiligi bilan tartibga solinadigan pul munosabatlari yig’indisidir
Davlat byudjetining xarajatlari - umumiy moliyaviy kate-goriya bo’lgan byudjetning ko’rinishlaridan biri bo’lib, unga te-gishli bo’lgan umumiy xususiyatlarga egadir, ya’ni ular taqsimlash xarakteriga ega, ifodalanishning pul shakli xos, pul fondlari-ning amal qilishi bilan bog’langan va davlat tomonidan tashkil qilinadi.
Byudjetning joriy xarajatlari – byudjet xarajatlarining bir qismi bo’lib, davlat xokimiyati organlarining, mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining, byudjet tashkilotlarining joriy faoliyatini ta’minlashga, davlat tomonidan quyi pog’onadagi byudjetlar va iqtisodiyotning ayrim tarmoqlariga mablag’ ajratish, dotatsiyalar, subventsiyalar va subsidiyalar shaklida yordam ko’rsatish uchun ajratiladi.
Byudjetning kapital xarajatlari – byudjet xarajatlarining innovatsiya va investitsiya faoliyatini ta’minlaydigan qismi hisoblanadi. Unga tasdiqlangan investitsiya dasturiga muvofiq ishlab turgan yoki yangidan tashkil qilinadigan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga investitsiyalar uchun mo’ljallangan xarajatlar kiradi.
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xara-jatlari o’z tarkibiga maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar baholaridagi farqlarni byudjetdan qoplash va oila-larga ijtimoiy nafaqalarni oladi.
Milliy xo’jalikka (iqtisodiyotga) qilinadigan xarajatlar - katta masshtablarda yangi sanoat korxonalarini qurish, zamonaviy in-dustrial asosda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini rivojlan-tirish, transport, aloqa va iqtisodiyot boshqa tarmoqlarining tex-nikaviy qayta qurollanishini ta’minlashga imkon yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |