Moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua


Download 1.36 Mb.
bet63/85
Sana16.11.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1777831
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   85
Bog'liq
Молия мажмуа М.Ғоппаров (4)

byudjet dotatsiyasi - o’z daromadlari va byudjetni tartibga soluvchi boshqa mablag’lar yetishmagan taqdirda quyi byudjetning xarajatlari bilan daromadlari o’rtasidagi farqni qoplash uchun yuqori byudjetdan quyi byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag’lari;
aylanma kassa mablag’i me’yori - moliya yilida Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar hisobvaraqlarida turishi mumkin bo’lgan pul mablag’larining qonun hujjatlari bilan belgilanadigan eng kam miqdori;
Byudjet jarayoni - davlat byudjetini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish, ijro etish, ijrosi yuzasidan nazoratni olib borish, ijrosi bo’yicha hisobotlarni tayyorlash va tasdiqlash yuzasidan qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan jarayon .
Moliya yili - birinchi yanvardan o’ttiz birinchi dekabr kuni oxirigacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga oluvchi davr.
Byudjet so’rovi - byudjet tasnifi bo’yicha tushumlarni shakllantirish va byudjetdan mablag’ ajratish to’g’risidagi so’rov.
Byudjet tashkiloti - zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog’liq bo’lgan o’z faoliyatini amalga oshirishi uchun Davlat byudjetidan mablag’ ajratish nazarda tutilgan va bu mablag’ moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadigan vazirlik, davlat qo’mitasi, idora, davlat tashkiloti.
Byudjet jarayoning bosqichlari - byudjet loyihasi tuzish, ko’rib chiqish va tasdiqlash,ijro etish va nazorat qilish, ijrosi bo’yicha hisobot tayyorlash.
Davlat moliyasi -davlatni kerakli iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy funktsiyalarini bajarish uchun pul mablag’lari bilan ta’minlashga undalgan moliya tizimining muhim bo’g’inidir.
Maqsadli fondlar - Moliya tizimining muhim tizimlaridan biri bo’lib, markaziy va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari ixtiyoridagi va ma’lum maqsadga yo’naltirilgan pul resurslari yig’indisidir.
Byudjetdan tashqari fondlar – umumdavlat moliyasining muhim bo’g’ini bo’lib, ularning faoliyati qat’iy belgilangan, manbalarni tashkil etish yo’llari ko’rsatilgan, pul fondlari bilan foydalanish yo’llarining tartibi aniqlab berilgan davlat hukumatining yuqori organlarining tegishli aktlari asosida o’z faoliyatini amalga oshiradilar.
Pensiya fondi – bu pensiya bilan ta’minlovchi davlat moliya boshqaruvining organi bo’lib, mustaqil moliya instituti hisoblanadi va fondning mablag’lari davlat byudjeti tarkibiga kirmaydi.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling