Moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua


Imtiyozli to’lanmalar, kompensatsiyalar


Download 1.36 Mb.
bet65/85
Sana16.11.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1777831
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   85
Bog'liq
Молия мажмуа М.Ғоппаров (4)

Imtiyozli to’lanmalar, kompensatsiyalar – uy-joy-kommunal xizmatlariga, transport xizmatlari, sanatoriya-kurort davolashlari va davo-lash vositalari bilan ta’minlash xizmatlarini to’lash va boshqalar
Davlat krediti munosabatlarining asosi - munosabatlarida bo’sh turgan pul kapitallariga nisbatan davlat ehtiyojlarining mavjudligi.
Davlat krediti - davlat, yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasidagi pul munosabatlarining o’ziga xos alohida shaklidan iborat. Bunda davlat, asosan, mablag’larni qarzga oluvchi, shuningdek, kreditor va kafil sifatida ham maydonga chiqadi.
davlat ichki qarzlari - davlat tomonidan ichki mablag’ni jalb qilish natijasida vujudga kelgan O’zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig’indisi;
davlat tashqi qarzi - davlat tomonidan xorijdan mablag’ jalb qilish natijasida vujudga kelgan O’zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig’indisi;
davlat tomonidan ichki mablag’ni jalb qilish - aktivlarni ichki manbalardan (rezident-yuridik va jismoniy shaxslardan) jalb etish hamda buning natijasida O’zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o’z kreditlarini (qarzlarini) to’lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari vujudga kelishi;
davlat tomonidan xorijdan mablag’ jalb qilish - aktivlarni xorij manbalaridan (chet el davlatlaridan, norezident yuridik shaxslardan va xalqaro tashkilotlardan) jalb etish hamda buning natijasida O’zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o’z kreditlarini (qarzlarini) to’lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga kelishi;
davlat qarzi - davlat tomonidan ichki mablag’ni va xorijdan mablag’ jalb qilish natijasida vujudga kelgan O’zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig’indisi;
Sug’urta – bu uning qatnashchilari o’rtasida ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplashga mo’ljallangan maqsadli sug’urta fondlarini badallar hisobidan shakllantirish bilan bog’liq bo’lgan qayta taqsimlash munosabatlari yig’indisi.
Sug’urtalovchi. Sug’urtani amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot. Tabiiy ofat yoki boshqa ko’zda tutilmagan sabablar natijasida ko’rilgan zararlarni sug’urta qonunchiligi yoki sug’urta shartnomasi asosidagi shartlarni ko’zda tutib qoplashni o’z zimmasiga oluvchi tashkilotlar.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling