Moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua


Download 1.36 Mb.
bet73/85
Sana16.11.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1777831
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   85
Bog'liq
Молия мажмуа М.Ғоппаров (4)

FANINING O`QUV DASTURI
Bilim sohasi: 400000 – Biznes, boshqaruv va huquq

Ta’lim sohasi: 410000 – Biznes va boshqaruv

Ta’lim yo‘nalishi: 60410100 –Buxgalteriya hisobi va audit (qishloq xo‘jaligida)

ANDIJON 2023

Fаn/mоdul kоdi
М2110



O’quv yili
2023-2024

Sеmеstr
3-4

Krеditlаr
10

Fаn/mоdul turi
Mаjburiy

Tа’lim tili
O’zbеk

Hаftаdаgi dаrs sоаtlаri
6

1

Fаnning nоmi

Аuditоriya
mаshg’ulоtlаri (sоаt)

Mustаqil tа’lim (sоаt)

Jаmi
yuklаmа (sоаt)

Mоliya

150

150

300

Fan maqsadi (FM)

FM1

Talabalarda moliya, moliyaviy siyosat, moliyaviy munosabatlar, moliyani boshqarish, moliyaviy infratuzilma, moliyaviy yangiliklar, pul oqimlari harakati, pulning davriy qiymati va pul oqimlarining diskontli tahlili, moliyaviy hisobotlar, moliyaviy tashkilotlar moliyaviy faoliyati, moliyaviy risklar, kichik biznes moliyasi, startaplarni moliyalashtirish, sug‘urta, xalqaro moliya munosabatlari va boshqa shu kabi moliyaviy tushunchalar bo‘yicha yo‘nalishga mos bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hisoblanadi.

2

II.Аsоsiy nаzаriy qism (mа’ruzа mаshg’ulоtlаri)
II.I.Fаn tаrkibigа quyidаgi mаvzulаr kirаdi:


1-mavzu.Moliyaning mohiyati va funksiyalari

Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bo‘lgan ehtiyojining rivojlanishi. Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli va moliya. Moliyaning moddiy mazmuni. Moliya iqtisodiy kategoriya sifatida.Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati. Moliyaning funksiyalari va moliya mexanizmi. Moliyaning taqsimlash va nazorat funksiyalari. Xorijiy iqtisodchilarning moliyaga oid nazariyalari. Siyosiy iqtisod klassiklari konsepsiyalarining asosiy mazmuni va ularning moliyaviy jihatlari. Soliqqa tortishni maqsadga muvofiq ravishda tashkil qilishning A.Smit tomonidan ilgari surilgan to‘rtta asosiy tamoyillari va uni soliq konsepsiyasining maqsadlari. J.S.Mill“Xizmatlarning soliq nazariyasi”ning asosiy g‘oyasi. Yangi tarixiy maktab konsepsiyalari. Moliyaviy muammolarning markschilar asarlarida talqini.




2-mavzu. Moliyaviy siyosat

Moliyaviy siyosatning mazmuni va tamoyillari. Moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlatning moliyaviy siyosatiga asoslanishi. Moliyaviy siyosatning moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanishi. Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyati ekanligi. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari.




3-mavzu.Moliyaviy tizim

Moliyaviy tizimning sohalari va bo‘g‘inlari. Moliyaviy tizimning ta’rifi. Davlat moliyasi, mahalliy moliya, xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi va ularning bo‘g‘inlari. Moliyaviy tizimning har bir sohasi va bo‘g‘inida shakllanuvchi pul fondlari hamda ularni daromad manbalari, ulardan foydalanishning o‘ziga xos shakllari va metodlari. Moliyaviy tizim funksiyalari. Moliyaviy tizimni iqtisodiyotni boshqarishdagi roli.





Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling