Moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua


Download 1.36 Mb.
bet70/85
Sana16.11.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1777831
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   85
Bog'liq
Молия мажмуа М.Ғоппаров (4)

YAngi glossariy


Aholi daromadlari - muayyan shaxs yoki shaxslar guruhining ma’lum bir davr mobaynida oladigan ish haqi, pensiya va nafaqalar ko’rinishida oladigan daromadlari
Aholi bandligi - mamlakatdagi ishga yaroqli aholining rasman ish bilan shug’ullanish darajasi
Aholining real daromadlari - jamiyat a’zolarining ma’lum davrda ishlab topgan haqiqiy daromadlari
Bank - hisob-kitob, qarz olish va berish, moliyaviy xizmatlarning boshqa turlarini amalga oshiruvchi moliya muassasasi
Bank aktivlari hajmi - bankning o’z vazifalari va majburiyatlarini bajarish uchun safarbar etadigan iqtisodiy resurslari miqdori
Bank kreditlari - yuridik va jismoniy shaxslarga maqsadlilik, to’lovlilik, foizlilik, qaytariluvchanlik va muddatlilik asoslarida beriladigan moliyaviy yordam
Banklar kredit portfeli - yuridik va jismoniy shaxslarga bank tomonidan berilgan jami kredit resurslari hajmi
Banklar likvidligi - banklarning o’z majburiyatlarini bajarish uchun to’lovga layoqatlik darajasi
Banklarning kapitallashuvi va investitsiyaviy faolligi - nizom jamg’armasiga kiritish orqali bankning o’z sarmoyasi hajmining va investitsiya maqsadlaridagi tadbirlarning jadal amalga oshirilishi
Byudjet tashkilotlari - davlat va jamiyat uchun kerakli xizmatlarni byudjet hisobidan amalga oshiradigan xo’jalik sub’ektlari
Deflyatsiya - pul qadrining davlat monetar siyosati dastaklari orqali oshirilishi
Davlat byudjeti - davlatning o’z vazifalarini bajarishi uchun davlat ixtiyorida shakllantiriladigan markazlashgan pul fondlari
Diversifikatsiya - ishlab chiqarish jarayonlarining hududiy, tarmoq, va ko’lam jihatida kengaytirilishi
Defitsit va profitsit - davlat byudjetida xarajatlarning daromadlardan ortib ketishi va daromadlarning xarajatlardan ko’p bo’lish holati
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi - moliya bozorlarida yuzaga kelib, global miqyosda ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatning turli sohalariga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi jarayon

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling