Bozor iqtisodiyoti - turli – tuman sub’ektlarning bozordagi talab ehtiyojni qondirishga qaratilgan faoliyatlarining majmuasidir.
Oila qon – qarindoshlik munosabati, demak u noiqtisodiy xarakterdagi munosabatdir. U
Uy xo’jaligi uy – joy sharoiti va umumiy, bir qator tovarlar va xizmatlarni birgalikda iste’mol etish maqsadida o’zining pul daromadi va moddiy mablag’larini birlashtirgan kishilar guruhi tushuniladi.
Oilaviy biznes- tadbirkorlik turi bo’lib, xonadon funktsiyasi hisoblanmaydi.
Uy xo’jaligi ihtiyoridagi mol-mulk - birgalikda va individual ishlatiladigan mol – mulkdan iborat bo’ladi, ular asosan iste’mol buyumlari hisoblanadi.
Uy xo’jaliklari moliyasining ijtimoiy funktsiyasi -uy xo’jaliklarining daromadlari, xarajatlari va jamg’arma-lari aholi va uning alohida guruhlari ijtimoiy-iqtisodiy holatini bevosita aks ettiradi, shaxsning shakllanishi va de-mografik jarayonlarga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Uy xo’jaliklari moliyasining rag’batlantiruvchi funktsiyasi - Aholi real daromadlarining o’sishiga yo’naltirilgan ish-lab chiqarish jarayonining rivojlanishiga va samarali byudjet siyosatiga asoslangan rag’batlantiruvchi moliya me-xanizmini (moliyaviy mexanizmni) yaratish orqali amalga oshiriladi.
Uy xo’jaliklari daromadlari -ma’lum bir davrda uy xo’jaliklarining ixtiyoriga kelib tu-shuvchi pul mablag’lari summalari.
Uy xo’jaliklarining natural shakldagi daromadlari - tovar shakliga ega emas va ular o’z-o’zini ta’minlashga mo’ljallangan uy xo’jaligi a’zolari mehnatining na-tijasidan iborat bo’ladi
Uy xo’jaliklarini pul daromdalari - turli manbalar hisobidan uy xo’jaliklarining ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag’larining barcha summasi.
Uy xo’jaligi moliya resurslarining yangi manbalari - bu mulkdan kelgan daromaddir, lekin uning ahamiyatini mulkning miqdori va uni samarali ishlatilishi belgilaydi.
Uy xo’jaliklari xarajatlari uy xo’jaliklari tomonidan iste’molga, majburiy to’lovlarni amalga oshirishga va jamg’arishga yo’naltiriladigan pul mab-lag’lari.
Do'stlaringiz bilan baham: |