Moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua


Download 1.36 Mb.
bet62/85
Sana16.11.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1777831
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   85
Bog'liq
Молия мажмуа М.Ғоппаров (4)

Mahalliy byudjetlar, “Byudjet tizimi to’g’risida”gi Qonunga muvofiq, Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat byudjeti, viloyatlar byudjetlari, viloyatlar byudjetlariga kiruvchi quyi (shahar, tuman) byudjetlarni o’z ichiga oladi. Ularning daromadlari va xarajatlari tarkibi, byudjet jarayoni va byudjet huquqi qonun bilan belgilangan.
O’z daromadlari – mahalliy hududdan yig’iluvchi va shu hudud byudjetiga tushuvchi mahalliy soliq va yig’imlar
Tartibga soluvchi daromdalar – mahalliy byudjetning o’z daromadalari xarajatlari qoplay olmaganda yuqori byudjetdan o’tkazib beriluvchi daromadlar

  • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti - Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetini hamda respublikaga bo’ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetini;

  • Viloyat byudjeti – umumviloyat byudjetini hamda viloyatga bo’ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetini;

  • Tumanlarga bo’linadigan shahar byudjeti – umumshahar byudjetini hamda shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlarini;

  • Tarkibida shaharlari bo’lgan tuman byudjeti – umumtuman byudjetini hamda tuman bo’ysunuvidagi shaharlar byudjetlarini

Byujetlararo munosabatlar — nafaqat boshqaruvning turli darajalaridagi hokimiyat organlari o’rtasidagi munosabat, balki eng avvalo, mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilmalari sub’ektlari o’rtasida markaz orqali shakllangan va davlat hokimiyatiga uning aniq funktsiyalarini hududiy darajada bajarish, jamiyat taraqqiyoti uchun normal sharoitlarni yaratish maqsadida berilgan barcha pul mablag’larining taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi jarayonidagi munosabatlardir;
byudjet ssudasi - yuqori byudjetdan quyi byudjetga yoxud respublika byudjetidan rezident-yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan ajratiladigan mablag’;
byudjet subventsiyasi - qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori byudjetdan quyi byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag’lari;

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling