Moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua


Davlat byudjetining taqsimlash funktsiyasi-


Download 1.36 Mb.
bet57/85
Sana16.11.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1777831
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   85
Bog'liq
Молия мажмуа М.Ғоппаров (4)

Davlat byudjetining taqsimlash funktsiyasi- davlat byudjeti tomonidan amalga oshirilayotgan taqsimlash munosabatlari bo’lib, u taqsimlangan yalpi ichki (milliy) mahsu-lotni qayta taqsimlash uchun foydalaniladi.
Davlat byudjetining nazorat funktsiyasi -byudjetning milliy iqtisodiyot bilan uzviy bog’liqligi takror ishlab chiqarishning barcha bo’linmalarida ah-volning qandayligi to’g’risida ma’lumotlar bilan doimiy ta’min-lab turadi.
Qattiq majburiylik, imperativlik - Davlat byudjetining na-zorat funktsiyasiga tegishli bo’lgan uchinchi xususiyatdir.
Davlat byudjeti - mamlakat-ning moliya tizimida markaziy o’rinni egallab, markazlash-tirilgan pul fondini shakllantirish orqali uning yordamida katta hajmdagi moliyaviy resurslar davlatning qo’lida to’planadi va ular umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga sarf etiladi.
Byudjet tizimi - turli darajadagi byudjetlar va byudjet mablag’lari oluv-chilar yig’indisini, byudjetlarni tashkil etishni va tuzish printsiplarini ifodalaydigan, byudjet jarayonida ular o’rtasida, shuningdek byudjetlar hamda byudjet mablag’lari oluvchilar o’rtasida vujudga keladigan o’zaro munosabatlar majmuidir.
Byudjet tizimining yagonaligi printsipi huquqiy bazalar, pul tizimi, byudjet hujjatlari shakllari, byudjet jarayoni prin-tsiplari, byudjet qonunchiligini buzganlik uchun sanktsiyalarning yagonaligi, mamlakat byudjet tizimi barcha darajalari byudjet-lari xarajatlarini moliyalashtirish va byudjet mablag’lari bux-galteriya hisobini yurgizish tartibining yagonaligi bilan belgi-lanadi.
Byudjeti tizimining darajalari o’rtasida daromadlar va xarajatlarning chegaralanganligi printsipi tegishli daromad-lar turlarini (to’liq yoki qisman) va xarajatlarni amalga oshi-rish bo’yicha vakolatlarni mamlakatning hokimiyat organlari, mam-lakat sub’ektlarining hokimiyat organlari va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlariga biriktirilganligini ko’zda tutadi.
Byudjetlarning mustaqilligi printsipi qonunchilik va davlat hokimiyatining ijroiya organlari hamda mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining mamlakat byudjet tizimining tegishli darajalarida byudjet jarayonini mustaqil amalga oshirish bora-sida huquqlarini bildiradi.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling