Moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua


Asosiy faoliyatdan olingan daromadlar


Download 1.36 Mb.
bet54/85
Sana16.11.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1777831
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   85
Bog'liq
Молия мажмуа М.Ғоппаров (4)

Asosiy faoliyatdan olingan daromadlar deganda korxona ustavida belgilangan asosiy faoliyatdan olingan daromadlar tushuniladi.
Asosiy bo’lmagan faoliyatdan olingan daromadlar deganda bevosita asosiy faoliyatga taaluqli bo’lmagan faoliyat turlaridan olingan daromadlar tushuniladi.
Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar deganda qimmatli qog’ozlar, valyuta operatsiyalari, kredit va qarzlarni berishdan olingan daromadlar tushuniladi. Bularga royalti, dividentlar va foizlar, ijobiy kurch farqlari ko’rinishidagi daromadlar va boshqalar kiradi.
Favqulotdagi daromadlar deganda yuz berishi xarakteriga ega bo’lmagan, kutilmagan tasodif va hodisalardan olingan daromadlar tushuniladi. Bularga davlat qonunlarini o’zgarishi, tabiiy ofatlar, revolyutsion o’zgarishlar natijasida vujudga kelgan daromadlar kiradi.
Dividentlar - bu aktsiyalarga kiritilgan moliyaviy investitsiyalar uchun hisoblangan daromad.
Foizlar ko’rinishidagi daromadlar deganda boshqa yuridik shaxslarga berilgan qarzlar va kreditlar uchun hisoblangan foizlar tushuniladi.
Valyuta kurslari farqlaridan olingan daromadlar deganda korxonaning valyuta schyotida saqlanayotgan chet valyutasi va chet El valyutasidagi debitorlik qarzlar bo’yicha hisoblangan ijobiy kurs farqlari tushuniladi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar deganda, korxona va tashkilotlarning tovar ayirboshlash, xizmat ko’rsatish va tovarsiz operatsiyalari bo’yicha bir-biriga bo’lgan talab va majburiyatlarni naqd pul ishlatmasdan pul mablag’larini bir hisobvaraqdan ikkinchi hisobvaraqqa o’tkazish orqali amalga oshirish tushuniladi.
Moliya bozori - murakkab iqtisodiy kategoriya bo’lib, asosan kapital egasi bo’lgan mulkdorlar bilan qarz oluvchilar o’rtasidagi munosabatlarni ifodalab, bu munosabatlar ma’lum moliyaviy institutlarning yordami bilan amalga oshiriladi.
Bozor infratuzilmasi - bozor aloqalarini o’rnatishda ishtirok etuvchi, ya’ni sotuvchilar va xaridorlarga xizmat ko’rsatuvchi institutlardir, ya’ni firma va turli muassasalardir.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling