Moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua


Download 1.36 Mb.
bet55/85
Sana16.11.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1777831
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   85
Bog'liq
Молия мажмуа М.Ғоппаров (4)

Moliyaviy institutlar - investorlar bilan omonatchilar o’rtasida faoliyatning o’zlari mashg’ul bo’lgan turidan foyda oluvchi vositachilik faoliyati bilan shug’ullanadigan shaxslardir. Banklar, pensiya va investitsiya fondlari, sug’urta kompaniyalari, tovar, xom ashyo va fond birjalari, aktsiyadorlar va boshqalar moliyaviy vositachi sifatida harakat qiladilar.
Moliyaviy vositachilar qo’yilgan vazifalarni hal etish uchun taqsimlash va nazorat vazifasini bajaradilar, zero to’plangan fondlarni to’g’ri taqsimlashgina emas, balki ulardan jamiyat uchun nag’adar samarali, qanday foyda bilan ishlatilayotganligini nazorat qilish ham muhim
Pul bozori Markaziy bankning pul-kredit siyosatini joriy kilish ob’ekti xisoblanadi. U kredit muassasalarining aktivlari bilan savdo kilish uchun mo’ljallangan, bu aktivlar Markaziy bankda kredit muassasalarining eng muhim likvid mablag’lari zahiralari bo’lib xizmat kiladi.
Pul bozori davlat xazinasiga bevosita naqd pul tushishini ta’minlaydi va firma yoki jismoniy shaxsga o’zlarining vaqtinchalik bo’sh mablag’laridan daromad olishga imkon beradi. Pul bozorisiz to’lik ma’nodagi moliya bozori bo’lishi mumkin emas.
Qimmatli qog’ozlar bozori - bozor iqtisodiyotini asosiy elementlaridan biri, moliya bozorining bir qismi hisoblanib, fondlarni yig’ib, ularni moliyaviy aktivlarga aylantirib, iqtisodiyotni rivojlantirish uchun sarmoya sifatida yo’naltirishga xizmat qiladi.
YOpiq birja - bu birjadagi undagi savdolarda faqat uning a’zolarigina ishtirok etishlari mumkin;
Tashrif buyuruvchilarning erkin kirishi mumkin bo’lgan birjalar - undagi bitimlarni faqat maklerlargina amalga oshiradilar.
Kapital bozori. Bu bozorda jismoniy va yuridik shaxslarning uzoq muddatli omonatlarini moliyaviy vositachilar investitsion kredit sifatida ishlatadilar.
Pul bozori. Fondlar faqat uzoq muddatli investitsiyalargagina emas, balki qiska muddatli qimmatli qog’ozlar - qisqa muddatli xazina majburiyatlari, veksellar va hokazolarga qo’yilishi mumkin.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling