Moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua
Download 1.36 Mb.
|
Молия мажмуа М.Ғоппаров (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Moliyani boshqarish haqida tushuncha.
4-mavzu. Moliyani boshqarish
Moliyani boshqarishning mazmun-mohiyati, ta’rifi, maqsadi va vazifalari. Moliyani boshqarishning boshqariladigan (obyektlar) va boshqaruvchi (subyektlar) tizimlar yagonaligidan iboratligi. Moliyani boshqarishning asosiy metodologik tamoyillari, usullari va shakllari. Moliyani boshqarish organlari va ularning vazifalari. Moliya tizimini umumiy boshqarish va uni amalga oshiruvchi organlar. 1. Moliyani boshqarish haqida tushuncha. Boshqaruv - bu ma’lum bir ijobiy natijaga erishish uchun, uslublar va tamoyillar yig‘indisi orqali biror ob’ektga maqsadga muvofiq ta’sir etishdir. Inson faoliyatining barcha sohalariga, shu jumladan moliyaviy sohasiga ham boshqaruv jarayoni taalluqlidir. Moliyaviy boshqaruvni ma’lum bir uslub va tamoyillarga hamda rag‘batlantirish va sanksiyalarga tayanib maxsus apparat amalga oshiradi. Ma’lumki, u yoki bu ko‘rinishdagi vazifalarni bajarishda turli xil yo‘nalishdagi yechimlar mavjud bo‘ladi, ammo ularni samarali yechishning o‘ziga xos bo‘lgan muammolarni bor imkoniyatlardan tez va samarali foydalanish yohud, yangi davr talabiga mos bo‘lgan uslublarni joriy etib ko‘zlangan maqsadga erishishdir. Har qanday boshqaruv tizimiga xos bo‘lgani kabi, moliyani boshqarishda ham ob’ektlar va sub’ektlar mavjud bo‘ladi. Moliyani boshqarishning ob’ekti bo‘lib turli moliyaviy munosabatlar hisoblanadi. Masalan: davlat byudjeti, pensiya fondi, korxonalar ixtiyoridagi markazlashmagan fondlar va sug‘urta munosabatlari. Moliyaviy munosabatlarning turkumlanishidan kelib chiqib, ushbu ob’ektlarga quyidagi moliyani boshqaruv sub’ektlari mos keladi: moliya organlari va soliq inspeksiyalari, moliya xizmatlar (bo‘lim) va sug‘urta organlari. Moliyani boshqarishni shakllantiruvchi tashkiliy - tuzilmaviy apparatga moliyaviy apparat deyiladi. Moliya tizimining barcha soha va bo‘g‘inlarida, maqsad qilingan natijaga erishish uchun moliyaviy boshqaruv sub’ektlaridan o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha samarali foydalaniladi. Biroq, ular uchun moliyaviy boshqaruvning umumiy uslub va qoidalari mavjuddir. Jumladan, moliyani boshqarishda bir nechta umumiy xususiyatga ega bo‘lgan funksional elementlar mavjud. Rejalashtirish; Operativ boshqarish; Nazorat. Moliyani boshqarish funksional elementlari ichida asosiy o‘rinni rejalashtirish tashkil qiladi. Chunki aynan rejalashtirishda sub’ekt har tomonlama o‘zining moliyaviy holatini baholay oladi, ya’ni moliyaviy resurslarning qanday holatdaligi, qanday ko‘rsatkichlar moliyaviy resurslardan ustivor ahamiyatga molik bo‘lgan yo‘nalishlarda foydalanilishi va h.k. Sub’ekt moliyani boshqarish qarorini juda to‘g‘ri va to‘liqligicha ishonchli bo‘lgan moliyaviy ma’lumotlarga tayangan holda tasdiklaydi. Aks holda salbiy natijalarga duch kelish tabiiydir. Operativ boshqarish bu - minimal harajat qilib maksimal samaraga erishish va moliyaviy resurslarni yuqori samara olish uchun qayta taqsimlashga qaratilgan kompleks ishlar yig‘indisidir. Operativ boshqarish egiluvchanlik xususiyatiga egadir. Nazorat - boshqaruv elementi sifatida bir vaqtning o‘zida moliyani rejalashtirishda hamda operativ boshqarishda qo‘llaniladi. Nazorat haqiqiy natija bilan rejadagi ko‘rsatkichlarni taqqoslashga yordam beradi, moliyaviy resurslarni o‘stirish yo‘llarini ko‘rsatadi va ulardan samarali xo‘jalik yuritish yullarini ko‘rsatib beradi. Moliyani boshqarish shartli holatda umumiy boshqaruv va operativ boshqaruv guruhlariga bo‘linadi. Moliyani umumiy boshqaruv sub’ektlariga: Oliy majlis, Vazirlar mahkamasi va Prezident devoni tashkil etadi. Moliya operativ boshqaruv sub’ektlariga : Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va ularning joylardagi bo‘linmalari, sug‘urta tashkilotlari, xo‘jalik sub’ektlarining moliya bo‘lim (xizmat) lari tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyani boshqarishni ilmiy asoslangan holda, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning tajribasidan hamda respublika ichidagi xususiyatlarni hisobga olib tashkil qilinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling