Moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua


Download 1.36 Mb.
bet8/85
Sana16.11.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1777831
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   85
Bog'liq
Молия мажмуа М.Ғоппаров (4)

Ekstrapolyatsiya usulining mohiyati shundaki, o‘tgan hisobot davrining moliyaviy natijalaridan xulosa chiqarib kelgusi hisobot yili uchun moliyaviy rejani tuzishni ko‘zda tutadi.
Normativ usulda, belgilangan norma va normativlardan foydalanish ko‘zda tutiladi. Masalan: byudjet muassasalarida 1-sinfda nechta bola o‘qishi lozim, sanatoriyada qancha joy bo‘lishi kerak va h.k.
Matematik modellashtirish usulida, asosan, moliyaviy modellashtirishni real iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarga tayangan holda ko‘rilishini belgilab beradi.


Nazorat uchun savollar:



  1. Moliyaviy boshqaruvning mohiyati va tashkiliy tamoyillari?

  2. Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari?

  3. Davlat moliyasini boshqarishning hozirgi zamon strategik vazifalari?

  4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi va Soliq Qo‘mitasi faoliyatini isloh qilish bo‘yicha ohirgi yillardagi davlat tadbirlari?

5-mavzu.Moliyaviy rejalashtirish va prognozlash



  1. Moliyaviy rejalashtirish.

  2. Moliyaviy rejalashtirishning ta’rifi.

  3. Moliyaviy rejalashtirishning funksiyalari va o‘ziga xos xususiyatlari.

  4. Moliyaviy rejalashtirish turlari.




  1. Moliyaviy rejalashtirish.

Rejalashtirish - tadbirkorlik faoliyatining ajralmas qismi bo'lib, uning mazmuni shundan iboratki, o'z faoliyatini rejalashtirishni bilmaydigan yokib keraksiz deb hisob1aydigan xo'jalik yurituvchi subyekt o'z maqsadiga erisha olmaydi. Rejalashtirishga jiddiy yondashish korxonaning barqaror va samarali faoliyat ko'rsatishi uchun zamin yaratadi.
«Moliyaviy rejalashtirish»- tushunchasi ikki xil: xo'jalik yuritishning umumiy nazariyasi, uning mohiyati nuqtayi nazaridan - umumiqtisodiy, xo'jalik yurituvchi subyekt nuqtayi nazaridan – aniq boshqaruv ahamiyatiga ega.
Moliyaviy rejalashtirishning xar ikkala tomoni o`zaro bog'liq. Rejalashtirishning aniq faoliyat turi sifatidagi mazmuni korxonaning tashkiliy-iqtisodiy shaklidan kelib chiqqan holda, bevosita xo'jalik yuritishning umumiy shart-sharoitlari bilan belgilanadi. Korxonada moliyaviy rejalaming yo'qligi ikkilanishlar, noto'g'ri xatti-harakatlar va yo'nalishni bevaqt o'zgartirishlarga olib keladi. Bulaming oqibatida esa korxonaning moliyaviy holati yomonlashishi, hatto inqirozga olib kelishi
ham mumkin.
Moliyaviy rejalashtirishni qo'llash quyidagi muhim sharoitlarni yaratadi: ish jarayonida vujudga keladigan muammolarni oydinlashtiradi; keyinchalik ishlarda qarorlarni amalga oshirishda menejerlarni rag'batlantiradi; xo'jalik yurituvchi subyekt faoliyatini muvofiqlashtirishni yaxshilaydi; resurslami oqilona taqsimlashga yordam beradi; korxonada nazoratni kuchaytiradi.
Moliyaviy rejalashtirishning tavsifi ua mazmuni rejalashtirish tamoyillari bilan elgilanib, ularga rioya qilish salbiy natijalar riskini kamaytiradi.
Fransuz olimi A.Fayol rejalashtirishning asosiy to'rtta: blrlik, uzluksizik, moslashuvchanlik va aniqlik tamoyillarini ko'rsatib, ulami oqilona ish yuritish dasturining umumiy belgilari deb nomlagan. U keyinchalik, rejalashtirisbning yana bir tamoyili - ishtirok etish tamoyilini asoslagan.
Virlik tamoyili korxonada rejalashtirisbning tizimli amalga oshirilishini nazarda tutadi. (Tizim) tushunchasi uni tashkil etuvchi elementlar o'rtasidagi sabab-oqibatli, uzviy aloqadorlikni va ulaming yagona maqsadga yo'nal-tirilganligini bildiradi. Korxonaning bo'linmalari ua rejalashtirish jarayonining alohida qismlari rejalashtirish tizimining elementlari bo‘lib hisobIanadi. Bo'linmalar o'rtasidagi o'zaro aloqadorlik gorizontal darajalarda muvofiqlashtirish asosida amalga oshiriladi.


  1. Download 1.36 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling