Moliya” fanidan O’quv-uslubiy majmua
Moliyani boshqarish organlari va ularning
Download 1.36 Mb.
|
Молия мажмуа М.Ғоппаров (4)
2. Moliyani boshqarish organlari va ularning
funksiyalari O‘zbekiston Respublikasida moliyani umumiy boshqarishni Konstitutsiyaga asosan Oliy majlis, Vazirlar mahkamasi va Prezident devoni amalga oshiradi. Moliyani operativ boshqarish moliyaviy apparatga yuklatilgan. Davlat operativ boshqarish yordami bilan tarmoqlar iqtisodidagi barcha tuzulmalarda moliyani boshqaradi. Aynan moliyaviy apparat moliyaviy rejalashtirish ishlarini, hisob va tahlil, nazorat va tartibga solish, moliya rejasini tuzish va bajarish vazifalarini bajaradi. Tarmoqlar iqtisodidagi xo‘jalik sub’ektlarining moliyasini boshqarishni moliya bo‘limlari o‘z zimmasiga olsa, sug‘urta faoliyatida maxsus sug‘urta tuzulmalari bajaradi va davlat moliyasini boshqarishni barcha chora-tadbirlarni Moliya Vazirligi va Davlat Soliq Qo‘mitasi amalga oshiradilar. Moliyani boshqarishni to‘g‘ri tashkil qilish ulardan samarali foydalanishni belgilab beradi. Birinchi navbatda, moliyani boshqarish sub’ektlari tomonidan ishni qay yo‘sinda tashkil qilinganligi operativ boshqaruv organlari faoliyatiga bevosita ta’sir qiladi. Shunga tayangan holda moliyaviy apparatning mavqei ancha yuqori bo‘lishi shart. Aks holda moliyaviy tuzilma ishchilarning malakasi va mutaxasisligiga bo‘lgan yuqori talabni amalga oshira olmaydi va natijada moliyani boshqarishda oqsoqlikka yuz tutadi. Hozirgi kunda Moliya Vazirligining apparatida vazirdan tashqari yettita vazir muovini mavjuddir. Shu bilan bir qatorda Vazirlik apparatida bir nechta maqsadli yo‘naltirilgan boshqarmalar mavjudki, ulardan asosiylari bo‘lib: davlat byudjeti bosh boshqarmasi; aholini ijtimoiy himoyalash va ijtimoiy rivojlantirishni moliyalashtirish boshqarmasi; soliq siyosatini boshqarish; pul muomalasini boshqarish; agrosanoat kompleksini tartibga solish va moliyalashtirish bosh boshqarmasi; bosh nazorat taftish qo‘mitasi va boshqalar. Bugungi kunda Davlat Soliq Qo‘mitasining asosiy funksiyalari quyidagilardan iboratdir : soliq qonunchiligini hayotga tadbik qilinishi ustidan nazorat; barcha soliqlar va soliq vazifasini bajaruvchi majburiy to‘lovlarni sub’ektlardan to‘liqligicha va o‘z vaqtida davlat byudjetiga tushirish; soliq qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha moliyani umumiy boshqaruv organlariga takliflar berish va h.k. Davlat Soliq Qo‘mitasi oldingi daromadlarini boshqarish tuzilmasi o‘rnida vujudga kelgan bo‘lib o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Davlat Soliq Qo‘mitasi vertikal tuzilmaga ega bo‘lib, unga viloyatlardagi soliq boshqarmalari bo‘ysunadi, soliq boshqarmalariga esa tumanlardagi mahalliy moliya organlari tarkibiga bevosita kirmaydigan soliq inspeksiyalari bo‘ysunadi. Mamlakatda moliyani boshqarishdagi tuzulmaviy o‘zgarishlarni tashkil etish asosiy maqsad emas, balki moliya tizimining jamiyatdagi iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlarga ta’sirini oshirish birinchi tomondan bo‘lsa, ikkinchi tomondan tarmoqlar iqtisodini qayta ko‘rib tezda bozor iqtisodiga bosqichma-bosqich o‘tishni ta’minlashdir. Moliyani boshqarishni qayta qurishning markaziy bo‘g‘inlaridan bo‘lib mahalliy - xududiy sub’ektlarning erkin moliya siyosatini yurgizishni ta’minlashdir. 2007 yilda mahalliy byudjetlar daromadi davlat daromadining qariyib 60%dan yuqorisini tashkil kilmokda. Mazkur ko‘rsatkich moliyani boshqarishdagi ilk ijobiy natijalar nishonasidir. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling