“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


Kapital strukturasi vazni


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/184
Sana20.10.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1711042
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   184
Bog'liq
Moliya UMK

Kapital strukturasi vazni Kapital bahosini hisoblashdan maqsad firmaning 
bir yoki undan ortiq investitsiya imkoniyatlaridan foydalanish hisoblanadi. Kapital 
bahosi o‘zida loyihaning risk darajasini ham aks ettirishi kerak, kompaniyalar turli 
risk darajalariga ega biznesning turli birliklari va lohiyalariga investitsiya 
kiritayotganlarida kapitalning murakkab bahosini hisoblashlari zarur. Shunday 
ekan, hisoblangan kapital bahosi ma’noga ega bo‘lishi kerak, tahlil qilinayotgan 
investitsion loyihaning risk darajasini ham ifodalashi kerak. Nazariyada kapital 
bahosi fondlarning shakllanishi (foydalanilayotgan kapital strukturasi) va 
loyihaning tizimli riskini ifodalashi zarur. Kapital strukturasi vaznini hisoblaganda 
eng to‘g‘ri yo‘l firma tomonidan haqiqatda foydalanilayotgan kapital manbalari 
AQSH dollarida ifodalanishidir
113
.
Amaliyotda kompaniyalarda moliyalashtirish manbalari tuzilishi yilma-yil 
o‘zgarib boradi. Shu sababli ham, ko‘p firmalar o‘rtacha tortilgan kapital bahosini 
hisoblayotganda kapital strukturasining mo‘ljalli nisbatidan foydalanishni ma‘qul 
ko‘radilar. Masalan, kompaniya o‘rtacha tortilgan kapital bahosini hisoblaganda 
mo‘ljallab 40% qarz va 60% ulushli kapitaldan foydalanishni belgilaydi, ammo 
moliyalashtirish nisbatini o‘zgartirib qarz asosiy ulushni egalladi. Yana bir holat, 
joriy davrda belgilangan nisbatni saqlab turib, kelgusi yilga kelganda 
moliyalashtirishni ulushli nisbatidan ko‘proq foydalanib, yangi aksiya emissiya 
qilishi yoki foydani reinvestitsiyalashi mumkin. 
O‘rtacha tortilgan kapital bahosini hisoblash O‘rtacha tortilgan kapital 
bahosi (
), oddiy qilib aytganda firma tomonidan egalik qilinadigan kapitalning 
bahosi hisoblanadi. 1- jadval qarz kapitali, imtiyozli aksiya va oddiy aksiyaga ega 
firmaning mo‘ljalli kapital strukturasi orqali 
ni hisoblash jarayonini o‘zida 
aks ettiradi. Ikki mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan holat 2 ustunda aks etgan. 
Birinchisida, A panelida firma foydani saqlash orqali kapital strukturasida oddiy 
aksiyalardan foydalanib barcha ehtiyojlarini qondira oladi. Ikkinchisida, B 
panelida firma yangi aksiya emissiya qilish orqali kapitalini oshirishi zarur. 
Masalan, firma ulushli moliyalashtirishni 75% mo‘ljalladi va uning joriy daromadi 
750 000 dollar, kompaniya yangi aksiya emissiya qilishidan avval $750 000/0.75 = 
$1 000 000 gacha kapitalini oshirishi mumkin. 1 000 000 dollar yoki undan kam 
kapital xarajat uchun firmaning tortilgan o‘rtacha kapital bahosi foydani saqlash 
bahosi orqali hisoblanishi mumkin (A panel 1-jadvalga ko‘ra). 1 000 000 dollar 
yoki undan ko‘proq yangi kapital bahosi uchun, yangi yuqori oddiy aksiyaning 
bahosining ta’sirini hisobga olish zarur (B panel 19.1- jadvalga ko‘ra). 
113
Butun firmaning kapital bahosini hisoblash uchun bir qancha holatlar mavjud. Bunday holatda firma 
tomonidan qo‘llaniladigan zaruriy vaznlar kapitalning bozor qiymatiga bog‘liq. Hisob qiymatiga qaraganda 
bozor qiymati ma’lum bir paytdagi moliyalashtirish manbalarining bahosini to‘g‘ri aks etadi. Shunga 
qaramay, firma xususiy bo‘lsa, hisob qiymatidan foydalanishi mumkin. 


186 
19.1-jadval

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling