“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliya UMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kapital manbalari Vazni Kapital bahosi Natija Obligatsiya
- Ash kompaniyasining o‘rtacha tortilgan kapital bahosi
- Imtiyozli aksiya 5% 13% 0.65% Yangi oddiy aksiya 60% 18% 10.80% Jami
- 5. Kapitalning tuzilmaviy bahosini aniqlash 114 Kapitalning tuzilmaviy bahosini baholash
Imtiyozli aksiya
250 000 5% 13% Saqlangan foyda 3 000 000 60% 16% Jami 5 000 000 100% 19.3-jadval Ash kompaniyasining o’rtacha tortilgan kapital bahosi A PANEL: YANGI KAPITALDA 0 DOLLARDAN 5 000 000 DOLLARGACHA BO‘LGAN KAPITAL BAHOSI KAPITAL STRUKTURASI Kapital manbalari Vazni Kapital bahosi Natija Obligatsiya 35% 7% 2.45% Imtiyozli aksiya 5% 13% 0.65% Saqlangan foyda 60% 16% 9.60% Jami 100% 12.70% 19.4-jadval Ash kompaniyasining o‘rtacha tortilgan kapital bahosi B PANEL: 5 000 000 DOLLARDAN YUQORI BO‘LGAN KAPITAL UCHUN KAPITAL BAHOSI KAPITAL STRUKTURASI 188 Kapital manbalari Vazni Kapital bahosi Natija Obligatsiya 35% 7% 2.45% Imtiyozli aksiya 5% 13% 0.65% Yangi oddiy aksiya 60% 18% 10.80% Jami 100% 13.90% 3-qadam: natijalarni baholash Firmaning o‘rtacha tortilgan kapitali bahosi firma tomonidan foydalanilgan kapitalning birlashmasini o‘z ichiga olgan hisob. Ash kompaniyasi uchun 5 million dollargacha bo‘lgan kapital bahosi 12.70% ga teng, o‘z navbatida 5 milliondan yuqori kapital yangi oddiy aksiya emissiya qilishni talab etadi va tranzaksion xarajatlarni amalga oshirganligi sababli o‘rtacha tortilgan kapital bahosini 13.9% ga oshiradi. 5. Kapitalning tuzilmaviy bahosini aniqlash 114 Kapitalning tuzilmaviy bahosini baholash Kompaniyalarning ko‘p tarmoqli boshqaruv tuzilmalari mavjud bo‘lib, ularning har biri uchun alohida risk turlari tahdid soladi va kompaniya butun firma uchun foydalanadigan kapital bahosidan farqlanib, har bir tuzilmalar uchun riskni hisobga olgan holda alohida kapital bahosini hisoblaydi. Buning ma’nosi shuki, tuzilmalar investitsion lohiyalarni o‘zlariga xos bo‘lgan risk bilan qabul qiladi va har bir tuzilma foydalanadigan O‘TKB (o‘rtacha tortilgan kapital bahosi) ular uchun yagona bo‘ladi. Odatda tuzilmalar geografik hududlari bilan farqlanadi (masalan, Lotin Amerikasi tuzilmasi) yoki sanoat bo‘yicha (masalan, tadqiqot va ishlab chiqarish, birlashgan neft kompaniyasining qayta ishlash va logistika tuzilmalari) Tuzilmaviy O‘TKBdan foydalanishning afzalliklari: Turli tuzilmalar tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarning tizimli risklari orasidagi farqlarni aks ettirish uchun turli diskont stavkalar taqdim etadi; Har bir tuzilma uchun alohida kapital bahosini hisoblash imkonini beradi (har bir loyiha uchun yagona diskont stavkalarga qarama qarshi), natijada kapital bahosini hisoblash uchun vaqt va say’ harakatlarni kamaytiradi; Tuzilmalarda umumiy diskont stavkadan foydalanish boshqaruv masshtabini chegaralaydi va xizmat ko‘rsatuvchi menejerlar esa har bir lohiya uchun kapital bahosini tushirishga qiziqib ketadilar. Tuzilmaviy o‘tkbni hisoblash uchun amaldagi firmalardan foydalanish Har bir kompaniyaning biznes birligining kapital bahosi o‘rtasida vujudga keladigan farqini izohlash uchun bir qarash, bu bir biznes sohasida faoliyat yurituvchi taqqoslash mumkin bo‘lgan firmalar “sof ijrochilar” deb atalishidir (agar mumkin bo‘lsa). Masalan, Valero Energiya Korporatsiyasi eng yirik 500 114 Arthur J. Keown, John D. Martin, J. William Petty, Foundations of Finance, Global Edition, 8/E, Pearson, 2014, p. 290-295 189 yoqilg‘ini tashish bo‘yicha ishlab chiqaruvchi va savdo qiluvchi firma bo‘lib, bosh ofisi San Antonio, Texasda joylashgan. Firma14 zavodga ega va AQSHning chakana operatorlaridan biri bo‘lib, 5800 chakana savdo do‘konlari mavjud. Firmaning operatsiyalari yoqilg‘i sanoatida marketing strategiyalarini qo‘llashga qaratilgan bo‘lib, ular ishlov berilmagan yoqilg‘ini benzinga va boshqa transport yoqilg‘ilariga aylantirishdan tortib ularni ommaga sotishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni amalga oshiradilar. Har bir faoliyat turi uchun kapital bahosini hisoblaganda, biz Valero korporatsiyasining bir segmentidagina faoliyat yurituvchi yoki yetarlicha integratsiyalashmagan firma uchun taqqoslab O‘TKBni hisoblaymiz. Masalan, yoqilg‘iga ishlov beruvchi biznes tuzilmasining o‘rtacha tortilgan kapital bahosini hisoblaganda, Valero ishlov beruvchi sanoatda faoliyat yurituvchi firmalar o‘rtacha tortilgan kapital bahosidan (SIC industry 2911) shu sohaga tegishli O‘TKB ni hisoblashda foydalanadi 115 . Valeroning chakana savdoda faoliyat yurituvchi firmasining kapital bahosini hisoblash uchun chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi firmalar (SIC 5411) ma’lumotlaridan foydalanadi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling