“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


Operativ leverejning FSTD ga ta’sir qilish mexanizmi: Pierce Grain


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/184
Sana20.10.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1711042
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   184
Bog'liq
Moliya UMK

Operativ leverejning FSTD ga ta’sir qilish mexanizmi: Pierce Grain 
kompaniyasi savdo hajmining o’sishi 
Ko’rsatkich 
Bazis davrdagi 
savdo hajmi, t 
Prognoz davridagi 
savdo hajmi, t+1 
O’zgarish, 
foizda 
Savdo hajmi 
$300,000 
$360,000 
+20% 
Minus: Jami o’zgaruvchan 
xarajatlar 
$180,000 
$216,000 
O’zgarmas xarajatlardan 
oldingi daromad 
$120,000 
$144,000 
Minus: Jami o’zgarmas 
xarajatlar 
$100,000 
$100,000 
FSTD 
$ 20,000 
$ 44,000 
+120% 
Moliyaviy leverej 
Moliyaviy leverej aksiyadorlarga beriladigan oxirgi foydani ko’paytirish 
maqsadida firma aktivlarining bir qismini o’zgarmas (chegaralangan) foydalilik 
darajasiga ega qimmatli qog’ozlar orqali moliyalashtirish natijasida paydo 
bo’ladi. Korporatsiya moliyaviy strukturasida qarz mablag’lari yoki imtiyozli 
aksiyalardan foydalanish haqidagi qaror firmaning oddiy aksiyalari egalarining 
moliyaviy riskka borishlarini anglatadi. FSTD dagi istalgan o’zgaruvchanlik 
darajasi firmaning moliyaviy leverejidan foydalanishi orqali bir necha marta 
kattalashtirib yuboriladi. Bunday qo’shimcha o’zgaruvchanlik oddiy aksiya egalari 
olishi mumkin bo’lgan foyda va bir aksiyaga to’g’ri keluvchi foyda 
o’zgaruvchanligida o’z aksini topadi.  
Endi kompaniyaning bir aksiyasiga to’g’ri keluvchi foydasining uning FSTD 
idagi o’zgarishlarga qanday javob berishini ko’rib chiqaylik. (Biz bu bilan bir 
aksiyaga to’g’ri keluvchi foyda barcha moliyaviy qarorlarni qabul qilish uchun 
munosib mezondir, demoqchi emasmiz. Darvoqe, bunday fikrning naqadar kuchsiz 
ekanligini biz keyinroq ko’rib chiqamiz. Albatta, moliyaviy leverejdan foydalanish 
bir aksiyaga to’g’ri keluvchi foydaga aniq bir yo’sinda ta’sir qiladi.)  
Keling, Pierce Grain kompaniyasini o’z faoliyatini boshlash jarayonida deb 
hisoblaylik. Firmaning potensial egalari biznesni yuritishga kerak bo’ladigan 
aktivlarni sotib olish uchun taxminan $200,000 mablag’ga egalar. $200,000 ni 
shakllantirish uchun uchta ehtimoliy moliyaviy reja aniqlangan bo’lib, ular 4 
jadvalda berilgan. A rejaga ko’ra moliyaviy risk bo’lmaydi: $200,000 ning 
hammasi narxi $100 bo’lgan 2000 dona oddiy aksiya emissiya qilish orqali 


218 
shakllantiriladi. B rejada esa risk darajasi o’rtacha bo’lishi nazarda tutilgan: 
aktivlarning 25 foizini yillik 8 foizlik foiz stavkasiga ega obligatsiya chiqarish 
orqali moliyalashtiriladi. C reja esa eng yuqori moliyaviy leverejni ko’zda tutadi: 
aktivlarning 40 foizi yillik foiz stavkasi 8 foiz bo’lgan obligatsiyalar hisobiga 
moliyalashtiriladi.  
21.4-jadval

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling