“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliya UMK
Endi bizning vazifamiz (2) tenglama, ya’ni FSTD=0 shartni qanoatlantiruvchi ishlab chiqarilishi va sotilishi lozim bo’lgan mahsulot miqdorini topishdir. Bu esa FSTD=0 bo’lishini ta’minlovchi sotilgan mahsulot miqdorini topish uchun (2) tenglamani yechish orqali amalga oshiriladi. Aniqroq qilib aytganda, sotilgan mahsulotning zararsiz miqdori quyidagicha topiladi: 1-Misol. Zararsizlik darajasini hisoblash “Pierce Grain” kompaniyasi bir necha turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishiga qaramay, uzoq muddat kuzatuvlar natijasida uning mahsulotlari tuzilishi ancha o’zgarmas ekanligi aniqlandi. Bu esa menejerlarga mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi “odatiy” sotuv narxi va mahsulot birligiga to’g’ri kelivchi “odatiy” o’zgaruvchan xarajatdan foydalangan holda moliyaviy rejalashtirishni 214 amalga oshirish imkoniyatini beradi. Mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi “odatiy” sotuv narxi va o’zgaruvchan xarajat o’zgarmas ishlab chiqarish tuzilishidan kelib chiqib hisoblanadi. Bu xuddi mahsulot tuzilishi bu yagona katta mahsulot deb hisoblashga o’xshaydi. Sotish narxi $10, o’zgaruvchan xarajatlar esa $6. Firmaning yillik jami o’zgarmas xarajatlari esa $100,000.kelgusi yil uchun ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulot miqdorining zararsizlik nuqtasi qanday? 1-ish: Tuzish. Yechim strategiyasi Biz xarajatlarni qoplashdan Pierce Grain kompaniyasi tomonidan sotilishi kerak bo’lgan mahsulot tuzilmasi miqdoriga qiziqib ko’ramiz. Bunda FSTD (foyda) nolga teng bo’ladi. Umumiy nazariyadan olingan (3) tenglama quyida yana bir bor berilgan: Qo’yilgan masala va tenglamadan bilganlarimiz quyidagilar: 1. Jami o’zgarmas xarajatlar = $100,000 2. Mahsulot birligi sotuv narxi = $10 3. Mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi o’zgaruvchan xarajat = $6 2-ish: Raqamlarni qo’yib chiqish Bu ma’lumotlarni (3) tenglamaga qo’yadigan bo’lsak: 3-ish: Natijalarni tahlil qilish Shu tariqa, Pierce Grain kompaniyasi kelgusi yilda faqatgina o’zgarmas xarajatlarni qoplash uchun 25,000 birlik mahsulot sotishi kerak. Eng muhimi, 25,000 birlik mahsulotni sotganidan so’ng Pierce Grain kompaniyasi 25,000 birlik mahsulotni ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni ham qoplaydi va FSTD=0 bo’ladi. Zararsizlik nuqtasining puldagi ifodasi Ko’p turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi firma uchun zararsizlik nuqtasini mahsulot birligi emas, balki sotilgan mahsulotning puldagi qiymati orqali ifodalash qulayroq. Aslida esa, savdo muayyan mahsulotlar tuzilmasi uchun umumiy maxraj bo’lib xizmat qiladi. Shuningdek, tashqi tahlilchi mahsulot birligi qiymati haqidagi ichki ma’lumotlarni ola olmasligi mumkin. Shunday bo’lsada, u firmadan yillik hisobotlarni olish imkoniyatiga ega. Agar tahlilchi yillik hisobotda berilgan firmaning jami xarajatlarini o’zgarmas va o’zgaruvchan xarajatlarga ajrata olsa, u holda, umumiy puldagi ifodalangan zararsizlik nuqtasini hisoblashi mumkin bo’ladi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling