“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/184
Sana20.10.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1711042
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   184
Bog'liq
Moliya UMK

 
2. Zarasizlik tahlili 
 
Zararsizlik miqdori – firma foyda olishni boshlashidan oldin sotishi lozim 
bo’lgan mahsulot miqdori 
 
121
FSTD – foiz va soliqlar to’lagungacha daromad termining qisqartmasidir. Agar hisobchilarning ta’biricha boshqa 
daromadlar va boshqa xarajatlar nolga teng bo’lsa, u holda FSTD jami daromadlarga teng bo’ladi. Darsning maqsadi 
uchun biz bu ikki terminni o’zaro almashuvchan deb hisoblaymiz.  


212 
21.1-rasm. Yarim-o’zgaruvchan xarajatlarning mahsulotning mos hajmiga 
nisbatan o’zgarishi 
 
Bir firmada energiya xarajatlari asosan o’zgarmas bo’lsa, yana boshqa 
firmada ular mahsulot hajmiga qarab o’zgarishi mumkin
122
. 
Shuningdek, ayrim xarajatlar ba’zan o’zgarmas bo’lishi mumkin, 
keyinchalik esa ishlab chiqarish hajmi yuqori pog’onaga ko’tarilgach ular ham 
keskin ko’tariladi va o’zgarmay turaveradi; ishlab chiqarish hajmi yana o’ssa, ular 
ham ko’payadi. Bunday xarajatlar yarim-o’zgaruvchan yoki yarim-o’zgarmas 
xarajatlar deb nomlanishi mumkin. Tanlash sizning ixtiyoringizda, chunki har ikki 
termin ham amaliyotda qo’llaniladi. Ishlab chiqarishni nazorat qiluvchilarga 
to’lanadigan ish haqi bunga misol bo’lishi mumkin. Qisqa muddat ishlab chiqarish 
hajmini 15 foizga qisqartirib turishga to’g’ri kelsa, korxona nazoratchilar ish haqini 
ham 15 foizga qisqartirishi haqiqatdan yiroq. Shunga o’xshash, sotuvchilarga 
to’lanadigan komission haq ular ko’proq sotganlari sayin ortib boradi. 
Xarajatlarning bu turdagi xususiyati 3 chizmada tasvirlangan.  
Zararsizlik modelini qo’llash va murakkab xarajatlar strukturasi masalasini 
hal qilish uchun moliyaviy menejer rejalashtirilayotgan maqsadlar uchun eng 
munosib ishlab chiqarish hajmini aniqlash (1) va ushbu ishlab chiqarish hajmiga 
muvofiq ravishda yarim-o’zgaruvchan xarajat moddalarining bir qismini 
o’zgarmas, qolganini esa o’zgaruvchan xarajatlarga ajratish orqali ularning 
qiymatli samaradorligini aniqlashi shart. Haqiqiy biznes jarayonida bu jarayon 
hazil emas. U haqiqiy zararsizlik hisob-kitoblarini qilishga nisbatan xarajatlarni 
o’zgarmas va o’zgaruvchan kategoriyalarga ajratishda raqamlar bilan ishlashga 
ko’proq vaqt sarflaydigan tahlilichi uchun noodatiy emas.
Jami daromad va ishlab chiqarish hajmi. O’zgarmas va o’zgaruvchan 
xarajatlardan tashqari, zararsizlik modeli savdodan olingan jami daromad va ishlab 
122
Havo harorati qattiq nazorat qilinuvchi issiqxonalarda isitish xarajatlari ko’pincha issiqxona binosi o’simliklar 
bilan to’la yoki to’la emasligidan qat’iy nazar o’zgarmas bo’ladi. Tutqichlarni ishlab chiqarishga qaratilgan metalga 
shakl berish jarayonida mashinalar to’xtab turgan yoki ishchilar ishda bo’lmagan vaqtda korxonani yuqori darajada 
isitish shart emas. Bu holatda, isitish xarajatlari ko’proq o’zgaruvchan deb hisoblanadi. 


213 
chiqarish hajmi kabi muhim elementlarni ham o’z ichiga oladi. Jami daromad jami 
savdo hajmining puldagi qiymatini anglatadi va u mahsulot birligi narxining 
sotilgan mahsulot miqdoriga ko’paytirish orqali aniqlanadi. Ishlab chiqarish hajmi 
esa firmaning faollik darajasini bildiradi va uni birlik miqdorda yoki pulda 
ifodalash mumkin.
Zararsizlik nuqtasini topish
Ishlab chiqarilgan mahsulot birligi nuqtayi nazaridan zararsizlik nuqtasini 
topishning bir necha usullari bor. Bu usullarning barchasi hozirgina ta’kidlab 
o’tilgan zararsizlik modelining muhim elementlariga asoslanadi. Zararsizlik modeli 
firmaning daromadlar to’g’risidagi hisobotini quyida berilgan formula ko’rinishida 
ifodalashni talab etadi:  
 
Ishlab chiqarilgan mahsulot birligi asoslanadigan bo’lsak, barcha mahsulot 
sotilishi mumkin bo’lgan narx (1) va mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi 
o’zgaruvchan xarajatni (2) ko’rsatib o’tish zarur. Chunki zararsizlik modelida 
o’rganiladigan foyda tushunchasi FSTD ni bildiradi, biz esa foyda so’zi o’rniga 
ushbu qisqartmani qo’llaymiz. Mahsulot birligi jihatidan, (1) tenglikda keltirilgan 
daromadlar to’g’risidagi hisobot FSTD ni nolga tenglash orqali zararsizlik 
modeliga aylanadi:  

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling