“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


Baquvvat investitsiya optimizatsiyasi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/184
Sana20.10.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1711042
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   184
Bog'liq
Moliya UMK

Baquvvat investitsiya optimizatsiyasi.Zamonaviy investitsiya teoriyalari 
ta’siriga qaramasdan, Markowitz teoriyasidan deyarli 60 yil o‘tib ham aktivlar risk-
qaytim optimizatsiyalari faqat bir nechta aktivlarga asoslangan menejment firmalar 
tomonidan amalga oshirilgan. Sonli uskunalarning Markowitz davridagidan ko‘ra 
ancha ko‘pligi va ularni toppish muammo emasligi hamda juda osonligiga 
qaramasdan hozirgi aktivlar menejerlari sonli investitsiya boshqarish shablonlarini 
ishlatishdan qochmoqda. 
Bunga asosiy sabab sifatida esa, investitsiya menejerlari ushbu teoriyalarni 
praktikada qo‘llash ishonchsizligini keltirmoqda. O‘rtacha tafovut optimizatsiyalari 
kirimdagi o‘zgarishlarga juda ta’sirchan. O‘rtacha tafovut optimizatsiyalaridagi bu 
kirimlarga kutilgan qaytim, har bir aktiv tafovuti va har bir aktivlar juftligidagi 
o‘zaro tafovutlar kiradi. 
Bunda ushbu kattaliklarni baholash katta muammo hisoblanadi va noto‘g‘ri 
baholangan har bir kattalik investitsiya foydasiga ta’sir ko‘rsatadi. Oqibatda, 
o‘rtacha tafovut analizi orqali tanlangan optimal investitsiyaning ba’zi bir 
aktivlarida noto‘g‘ri katta chetlashishlar vujudga keladi. Bular ushbu teoriyani 
ishlatilmasligiga olib keladi emas, qaytanga, amaliyotda ishlatilganda hatolarni 
baholashdagi 
mustahkamlik, 
chidamlilik 
va 
baquvvatlikni 
tekshirishga 
moshlashtiriladi.
Matematik va fizik fanlarni rivojlanishi moliyaga juda katta ta’sir o‘tkazdi. 
Ehtimollik nazariyasi, statistika, ekonometrika, va matematik analiz kabi 
matematika bo‘limlari zamonaviy moliya fanining rivojlanishi uchun kerakli 
uskuna va bilimlarni berdi. 1990-yillarda amalga oshirilgan ishonchli baholash va 
ishonchli optimizatsiyaga doir buyuk ishlar investitsiya menejmenti va 
optimizatsiyasi ishonchliligaga va mustahkamligiga, kerakligiga katta ta’sir 
ko‘rsatdi. 
Xato mavzusida statistic baholash bu- baholash hatoligidir. Ishonchli 
baholash statistik baholash tehnikasi bo‘lib ma’lumot turlariga kam tasirchandir. 
Masalan, amaliy jihatdan ham bitta yoki bir nechtagina kichik qaytimlarni, 


209 
kapitalning umumiy qaytimiga ta’siriga katta ta’siri yoq hisoblanadi. Hozirgi 
kunda Baesian analiz va sog‘lom statistika aktivlar menejmentida yuqori o‘rinda 
turadi. Individual baholashdagi statistik aniqlik bu investitsiya ajratishdagi eng 
muhim ish hisoblanadi. Ushbu foyda sog‘lom investitsiya optimizatsiyasining 
muhim maqsadidir. 
Fe’l-atvor moliyasi va investitsiya nazariyasi 
Iqtisodiy modellar tuzilayotganda, moliyaviy iqtisodchilar moliya bozorida 
investitsiya qarorini qilaydigan insonlar fe’l-atvori to‘g‘risida tahminlar qilishadi. 
Ushbu tashkilotlarni biz iqtisodiy agentlar deb ataymiz.Boshqacha aytganda, ular 
iqtisodiy agentlar investitsiyasiga kiritaydigan aktivlarni tanlashda investitsiya 
tanlovlarini qanday amalga oshirishi to‘g‘risida tahminlar qilishadi. 
Moliyaviy iqtisodchilar tomonidan yaratilaydigan tanlash nazariyalarning 
asosida yotuvchi nazariya bu foyda teoriyasidir. Ushbu nazariyaning 
ishonchliligiga oid ko‘plab muammolar ham mavjud. John Maynard Kaynes kabi 
iqtisodchilar fikricha investorning psixologiyasi garovning narxiga ta’sir 
ko‘rsatadi. Ushbu fikrni qo‘llavchilari 1970 yilning oxirlarida Daniel Kahneman va 
Amos Tverskiy iqtisodchi agentlarning mavhumlik sharoitida investitsiya qarorini 
qabul qilish harakati moliya-iqtisodchilari tomonidan formulalashtirilgan 
harakatlarga to‘g‘ri kelmasligini isbotlagandan keyin ko‘paydi.
Bir necha eksperimentlarga asoslangan holda Kahneman va Tverskiy foyda 
nazariyasiga qarshi chiqishdi va o‘zlarining investor mavhumlik sharoitida qanday 
qaror chiqarishi to‘g‘risidan nazariyasini taqdim etdi va buni kelajak nazariyasi 
deb atadi. Kelajak nazariyasi mavhumlikda qaror qabul qilishga e’tiborini qarab, 
fe’l –atvorni evristika sifatida ifodalaydi. Birinchidan, individuallar mavjud 
investitsiyalarni qaysi biri bir xil va qaysilari turlicha ekanini aniqlaydilar. Keyin 
esa, individuallar bo‘lishi mumkin bo‘lgan natija va ehtimollikni barcha lgotalarni 
inobatga olgan holda baholaydilar. Kahneman va Tverskiylar ishining asosiy farqi 
shundaki, unga ko‘ra har bir alohida shaxs foyda va zarar borasida o‘zini tutishi 
turlichadir. O‘rtacha-tafovut nazariyasida esa tafovut e’tiborga olinardi, ya’ni 
foyda va zararlarni simmetrik qarashardi. 
Odatdagi moliya nazariyasiga psixologiya fanini misol keltirib qarshi 
chiqganlar, moliyada yangi belgilangan fan fe’l-atvor moliyasini yaratilishiga 
turtki berdilar. Fe’l atvor moliyasi fani psixologiyaning qanday qilib investor 
fikriga ta’sir va nafaqat investitsiya tanlash nazariyasi balki aktivni narhi 
borasidagi fikrlar kelib chiqishiga turtki berishini ham o‘rganadi. 
Fe’l - atvor moliyasining asosida quyidagi uchta fe’l atvor mavzulari yotadi: 
1-mavzu. Investorlar investitsiya qarorini qilayotganda hatolarga yul 
qoyishadi, bunga sabab esa ular bir necha nazariyalarga bog‘lanib qolgan. 
2-mavzu. Investitsiya qarori vaqtida investorlarga tuzilish va qiymat jihatdan 
ta’sir o‘tkazilgan. 
3-mavzu.Moliya bozoridagi narxlarga hatolar va qaror na’munalari orqali 
ta’sir ko‘rsatilgan. 
Fe’l-atvor moliyasi1- mavzusi evristik tushunchalarni o‘z ichiga oladi. 
Evristika tezkor sanash qoidalari bo‘lib, shaxslarga qaror qabul qilish muddatini 


210 
qisqartirishga undaydi. Masalan, nafaqani rejalashtirishda tezkor qaror qoidasi bu 
10% umumiy foydani yig‘ish qaroridir.Kerakli darajadagi mablag‘ yig‘ilishi uchun 
investorning yoshi 100lar atrofida bo‘lishi kerak bo‘ladi va bu tezkor qarorni 
ko‘rsatib beradi.Masalan, 45-yoshli shaxs o‘zining nafaqa mablag‘laridagi pulini 
55%ini obligatsiyalarga tikishi mumkin. 
Evristikaning juda yahshi ishlashidagi misollarga qaramasdan, psixologiya 
soxasidagi izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, ushbu nazariya bir qancha tizimli 
xatoliklarga olib keladi. Ushbu tizimli xatolar psixologlar tomonidan tushunilgan 
xatolar deyiladi.Moliya tilida esa, investitsiya qarori davridagi xatolar evristik -
olg‘a surilgan xatolar deyiladi.Investitsiya tanlash nazariyasi bilan solishtirganda 
shu aniqki, barcha investorlar har bir risk darajasidagi optimal investitsiya tuzish 
uchun aktivning o‘rtacha qaytim qiymatini va ularning ehtimolligini baholaydi. 
Fe’l-atvor moliyasi 2- mavzusi ramkalash tushunchalarini o‘z ichiga oladi. Bu 
tushuncha amaldagi holatni investorga qanday etkazish yullari bilan bog‘liq. 
Ushbu moliya bo‘limining nazariyotchilari fikricha ramkalangan investitsiya 
tanlovlari kutilgan qaytimni va riskni natijasini o‘zgartirib yuboradi va xato qaror 
qabul qilingan hisoblanadi. 
Fe’l atvor moliyasining 3- mavzusiga ko‘ra moliya bozorining hamma 
ishtirokchilari zehnli emas va shu sababli ko‘plab noto‘g‘ri baholashlar kuzatilishi 
mumkin. Ushbu zehnsizliklar yuqori tasdiqlash va ko‘pchilik fikriga ergashish kabi 
tushunilgan xatolarga asoslangan va aktivning bozordagi o‘rganilgan qiymati va 
haqiqiy qiymati borasida farq keltirib chiqaradi. 
Fe’l atvor nazariyasi moliyaning odatdagi nazariyalariga to‘g‘ri kelmasligi 
mumkin, ammo bu investorlarning nima uchun riskga nisbatan norozilik bo‘lgan 
holda tanlov amalga oshirishini tushuntirishga yordam beradi. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling