6. Daromadlilik stavkalari darajasiga ta’sir etuvchi asosiy omillar
Bozor iqtisodiyotida daromadlilik stavkalari darajasiga ta’sir etuvchi asosiy
omillarni chizmali tarzda quyidagicha ko‘rsatish mumkin (7.2-rasm).
7.2-rasm. Bozor iqtisodiyotida daromadlilik stavkalari
darajasiga ta’sir etuvchi asosiy omillar
Demak, rasmdan ko‘rinib turibdiki, bozor iqtisodiyotida daro-madlilik
stavkalari darajasiga ta’sir etuvchi asosiy quyidagi to‘rtta omil mavjud:
ishlab chiqarish vositalarining samaradorligi - shaxta, to‘g‘on, yo‘l,
ko‘prik, zavod, mashinalar va tovar-moddiy zahiralarga qo‘yilgan mablag‘-lardan
kutilayotgan daromadlilik stavkasi;
ishlab chiqarish vositalarini ishlatish samaradorligiga nisbatan noaniqlik
darajasi;
odamlarning vaqtinchalik afzal ko‘rishi – odamlar qanchalik darajada tovar
va xizmatlarni iste’mol qilishni ertaga emas bugun xohlaydilar;
riskni yoqtirmaslik – investitsiya bo‘yicha riskni qisqartirish maqsa-dida
yuqori daramadlilikdan voz kechishga rozi odamlar soni.
Quyida Sizning e’tiboringizga har bir omilning qisqacha tavsifi havola etiladi.
Ishlab chiqarish vositalaridan kutilayotgan samaradorlik. Inve-stor
tomonidan kutilayotgan daromadlilik stavkasi miqdoriga ta’sir qiluvchi birinchi
omil ishlab chiqarish vositalari samaradorligi (productivity of capital goods)
hisoblanadi. Ma’lumki, boshqa narsalarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan
narsalar ishlab chiqarish vositalari hisoblanadi. Shaxtalar, yo‘llar, kanallar,
to‘g‘onlar, elektrostansiyalar, zavodlar, mashinalar va tovar-moddiy zaxi-ralarni
ishlab chiqarish vositalariga misol sifatida keltirishimiz mumkin. Kapitalning
ushbu fizik (moddiy) aspekt
62
i (jihati)dan tashqari, “kapital” tushunchasiga
62
“Aspekt” lotincha “aspectus” – nuqtai nazar; ko‘rinish. Narsa-hodisa, tushuncha va sh.k.ning o‘rganilishiga asos
bo‘ladigan nuqtai nazar. Qarang: o‘sha manba. J.I.– B.109.
Do'stlaringiz bilan baham: |