“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


 Inflyatsiya va real foiz stavkalari


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/184
Sana20.10.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1711042
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   184
Bog'liq
Moliya UMK

 
4. Inflyatsiya va real foiz stavkalari 
Umum qabul qilingan tartibga ko‘ra, turli davrdagi iqtisodiy ko‘rsat-kichlarni 
solishtirish uchun tovarlar, xizmatlar va aktivlar narx (baho)lari inflyatsiya 
darajasini hisobga olgan holda to‘g‘rilanishi yoki o‘zgartirilishi (korrektirovka 
qilinishi) lozim. Shu bois, iqtisodchilar nominal
57
narx (baho)
 
(nominal prices) 
nomini, ya’ni tovar va xizmatlarning Price listda ko‘rsatilgan narxi (bahosi)ni va 
pulning sotib olish qobiliyatini aks ettiruvchi real narx (baho) (real prices)larni 
alohida farqlashadi (ajratishadi). 
Real va nominal narx (baho)lar farqlangani kabi, real va nominal foiz 
stavkalari ham farqlanadi. Obligatsiya bo‘yicha nominal foiz stavkasi (nominal 
interest rate) qarz oluvchi tomonidan va’da qilingan va Siz bergan pulingiz evaziga 
olinadigan summadir. Real daromadlilik stavkasi (real rate of return) – bu 
kreditor tomonidan ishlab topilgan hamda pulning sotib olish qobiliyati o‘zgarishi 
hisobga olingan holda to‘g‘rilangan yoki o‘zgar-tirilgan (korrektirovka qilingan) 
nominal foiz stavkasidir. Misol uchun, agar hisoblangan nominal foiz stavkasi 
yillik 8%ni tashkil etsa-yu, inflyatsiya darajasi ham 8%ga teng bo‘lsa, bu holda 
daromadlilikning real stavkasi nolga teng bo‘ladi.
Daromadlilikning real stavkasini hisoblash uchun mablag‘ sifatida ma’lum 
standart
58
lashtirilgan iste’mol savati ishlatiladi. Shunga ko‘ra, daromadlilikning 
real stavkasi ushbu savatning tarkibiga bog‘liqdir. Milliy iste’mol narxlari indeksi 
57
“Nominal” lotincha “nominalis” – nomi yozilgan. 1. Qog‘oz va tanga pullar, qimmatbaho qog‘ozlar, mol va 
sh.k.ning belgilangan, ustiga yozilgan bahosi. 2. Belgilangan, yozib ko‘rsatilgan (narx, baho, o‘lcham va sh.k. 
haqida. Qarang: o‘sha manba. J.III. – B.55. 
58
“Standart” inglizcha “standard” – me’yor, namuna, o‘lcham. Qarang: o‘sha manba. J.III. -B.568. 


66 
(INI)ni (CPI — consumer price index) hisoblashda taqqoslanishi mumkin bo‘lgan 
iste’mol tovarlari savati ishlatiladi.
Agar nominal foiz stavkasi yillik 8%ni tashkil etsa, iste’mol narx (baho)lari 
indeksi o‘zgarishiga proporsional tarzda o‘zgaruvchi inflyatsiya darajasi esa yillik 
5% bo‘lsa, daromadlilikning real stavkasi qanday bo‘ladi? Ichki hissiyotga 
suyangan holda, daromadlilikning real stavkasi bu – nominal foiz stavkasi va 
inflyatsiya o‘rtasidagi farq deb taxmin qilishimiz mumkin bo‘lib, bizning 
misolimizda bu ko‘rsatkich 3%ga teng bo‘lar edi. Umuman olganda, bu ham 
to‘g‘ri bo‘ladi. Lekin, shunday bo‘lsa-da, bu yerda ayrim holatlarni inobatga olmoq 
lozim. 
Keling, bunga amin bo‘lish uchun daromadlilikning real stavkasini aniq 
hisoblab chiqamiz. Yuqoridagi misolga ko‘ra, Siz tomondan kiritilgan har 100 
so‘mga bir yildan so‘ng 108 so‘m olasiz. Biroq bir yil avval 100 so‘mni tashkil 
etgan iste’mol korzinasi bu davr mobaynida 105 so‘m ga teng bo‘ldi. Joriy davrda 
sotib olish mumkin bo‘lgan iste’mol savati tovar-lariga qo‘llagan holda Sizning 
108 so‘mingiz qanday real qiymatga ega bo‘ladi? Bu savolga javob berish uchun, 
108 so‘mni kelgusidagi iste’mol savati narxiga bo‘lish kerak bo‘ladi, ya’ni 108 
so‘m : 105 so‘m = 1,02857 so‘m. Shunday qilib, xarid qilinmagan har bir iste’mol 
savati o‘rniga o‘zingiz investitsiya qilgan kapitalingiz uchun bir yildan so‘ng 
1,02857 ekvi-valentdagi savatni olasiz. Shunga ko‘ra, daromadlilikning real 
stavkasi yillik 2,857% (bugungi bir savatga to‘g‘ri keluvchi kelgusidagi savatlar 
soni)ni tashkil etadi.
Daromadlilikning real stavkasi, nominal foiz stavkasi va inflyatsiya 
darajasining nisbati aks etgan umumiy formula quyidagi ko‘rinishga ega: 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling