“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliya UMK
bahosini obligatsiya yoki imtiyozli aksiya bahosi kabi oson hisoblab bo‘lmaydi,
chunki oddiy aksiyaning qaytim stavkasini bevosita kuzatib bo‘lmaydi. Masalan, oddiy aksiyada aniq kupon to‘lovi yoki dividend miqdori belgilanmagan. Oddiy aksiya egalari firmaning asosiy egalari ekanligini hisobga olib, obligatsiya va imtiyozli aksiya egalariga dividend, foiz to‘lovlari va qarzning asosiy qismi to‘lab berilgandan so‘ng foydaning kompaniya ixtiyorida qolgan qismi ularning foydasi hisoblanadi. Ikkinchidan, oddiy aksiyalar firma daromadini saqlab turish, reinvestitsiyalash yoki yangi aksiyalarni emissiya qilish natijasida olinishi mumkin.Ta’kidlab o‘tilgan turlari boshqalaridan farq qiladi, chunki firma foydani saqlab turganida tranzaksion xarajatlarni amalga oshirmaydi, ammo yangi aksiya emissiya qilganda tranzaksion xarajatlarni to‘lab berishiga to‘g‘ri keladi. Biz oddiy aksiya egalarining kutilgan daromad darajasini 2 usul bilan hisoblaymiz va bu kelgusida kompaniyaning oddiy aksiya bahosini hisoblashda alohida ahamiyatga ega. Bu usullar dividendning o‘sib borish modeli va kapital aktivni baholash modeli (KABM) bo‘lib, ikkisi ham qimmatli qog‘ozlarni baholash mavzusida ta’kidlab o‘tilgan edi. Firmaning oddiy aksiyalar hozirgi qiymati barcha kelgusidagi dividend to‘lovlarining yig‘indisiga teng. Agar dividendlar g darajada doimo o‘sib borishi kutilayotgan bo‘lsa, unda investorning talab etilgan qaytim stavkasi dan past bo‘ladi. Bunda, oddiy aksiyaning bahosi quyidagicha yoziladi: = (6) Bu yerda, 1 yil ichida firmaning oddiy aksiyadorlariga taqsimlanishi kutilayotgan dividend miqdori. Kutilayotgan dividend hozirgi dividend ) ning 1 plus dividendning yillik o‘sish darajasiga ko‘paytmasiga teng (ya’ni, . Investorning talab etilgan qaytim stavkasi (6) tenglamadan ni topish orqali hisoblanadi: = + (7) Bu yerda investorning kompaniyaga investitsiya qilishdan kutadigan daromad darajasidir. Bu koeffitsiyent oddiy aksiyaning bahosini hisoblash paytida qo‘llaniladi, yangi aksiyadorlik kapitali kompaniyaning hozirgi davr daromadining bir qismini saqlash orqali hosil qilinadi. Oddiy aksiyalarni moliyalashtirish 2 xil usul orqali amalga oshiriladi, birinchisi daromadni saqlash va ikkinchisi yangi aksiyalarni savdoga chiqarish. Agar firma daromadini saqlasa, tranzaksion xarajat vujudga kelmaydi, shunday ekan, investorning kutilgan qaytim stavkasi kompaniyaning yangi aksiyalari kapital bahosiga teng bo‘ladi. Agar firma aksiyadorlik kapitalini oshirish uchun yangi aksiyalarni emissiya qilsa, tranzaksion xarajatlarni qilishiga to‘g‘ri keladi. (7) tenglamada oddiy aksiya |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling