“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


Kapitalning alohida manbalari bahosini hisoblash


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/184
Sana20.10.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1711042
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   184
Bog'liq
Moliya UMK

3. Kapitalning alohida manbalari bahosini hisoblash
110
 
 
Kompaniyalar yangi investorlarni jalb etish maqsadida turli moliyalashtirish 
instrumentlari yoki qimmatli qog‘ozlardan foydalanadi. Bu bobda, ularning eng 
asosiy turlari: qarz asosida, imtiyozli aksiya va oddiy aksiya kabi turlariga to‘xtalib 
o‘tamiz. Har bir tur uchun moliyalashtirish bahosini hisoblash jarayonida 
tranzaksion xarajatlarni ayirib tashlagan holda investorning talab etilgan qaytim 
stavkasini hisoblab chiqamiz.
Shuningdek, biz korporativ soliqlarning kapital bahosiga ta’sirini hisoblash 
uchun soliq to‘langandan so‘ng pul oqimini diskontlaymiz. 
Obligatsiyaning qiymati uning kelgusi stavkasining hozirgi davrdagi qiymati va 
asosiy to‘lovlari bilan bog‘liq ekanligini ko‘rib o‘tganmiz. Masalan, 
obligatsiyaning so‘ndirilishiga 3 yil qolgan, foiz to‘lovlari har yili to‘lanadi va 
uning qiymati quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
110
Arthur J. Keown, John D. Martin, J. William Petty, Foundations of Finance, Global Edition, 8/E, Pearson, 
2014, p. 276-285 


177 
Obligatsiya egalarining talab etilgan qaytim stavkasini hisoblash uchun 
obligatsiya qiymati formulasidan foydalangan edik. Bu talab etilgan daromad 
darajasi obligatsiyaning so‘ndirilishidagi daromadni anglatadi. 
Kompaniyalar obligatsiyani sotish jarayonida tranzaksiya xarajatlarini to‘lab 
berar ekan, har bir obligatsiyaning sof qiymati obligatsiyaning bozor qiymatidan 
past bo‘ladi. Shunday ekan, qarz kapitalining bahosi ( ) obligatsiya egalarining 
talab etilgan qaytim stavkasidan yuqori bo‘ladi va quyidagi ko‘rinishga ega 
bo‘ladi: 
 
 
E’tiborga 
olish 
kerakki, 
tranzaksion 
xarajatlarni 
moslashtirish 
obligatsiyaning bozor qiymatini bu xarajatlarni to‘lab berilgandan keyin har bir 
obligatsiyadan tushadigan sof tushum bilan almashtirishni anglatadi. Moslashtirish, 
ya’ni diskont daraja (2) formulaning yechimini topadi, bunda qarz kapitalining 
korporativ soliqlarni to‘lagunga qadar bahosi yoki soliqqacha qarz kapitalining 
bahosi hosil bo‘ladi. Eng so‘nggida shuni hisobga olish kerakki, foizlar soliqlarni 
hisoblash paytida bazaga kiritilmaydi. Xulosa qilsak, qarz kapitalining bahosi 
qarzning soliqqacha bo‘lgan bahosini 1 minus korporativ soliq stavkasiga 
ko‘paytmasiga teng bo‘ladi. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling