“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


Kutilgan foyda(%) Qimmatbaho qog’oz bozori


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/184
Sana20.10.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1711042
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   184
Bog'liq
Moliya UMK

Kutilgan foyda(%) Qimmatbaho qog’oz bozori 
chizig’i 

Beta 
Bu yerda 
bozordagi kutilgan foyda. tenglama ko’rsatadiki, xohlagan 
attivdagi kutilgan foyda, 
, qimmatbaho qog’oz betasiga chiziqli bog’langan. 
Tenglama oldingi bo’limdagi CAMP bilan bir xil.
19-mavzu. Risklarni minimallashtirishning moliyaviy usullari
 
Reja: 
1. Aktivlarni baholashning asosiy tushunchalari va kapital bahosi 
2. Aktivlarni baholashning asosiy jarayoni 
3. Kapitalning alohida manbalari bahosini hisoblash 
4. Kompaniyaning o‘rtacha tortilgan kapital bahosini hisoblash 
5. Kapitalning tuzilmaviy bahosini aniqlash
 
1. Aktivlarni baholashning asosiy tushunchalari va kapital bahosi
108
 
 
Firmaning kapital bahosi kompaniyaning barcha investorlari oladigan qaytim 
stavkasini ifodalaydi. Kompaniyaning kapital bahosi nazariya bo‘yicha juda 
jozibador tushuncha, ammo amaliyotda bu masala qisman murakkab. Nazariya 
bo‘yicha, quyidagilar talab etiladi: (1) kompaniyaning barcha kapital manbalarini 
va ularning qiyosiy muhimligini aniqlash (ya’ni har bir manbadan keladigan 
investitsiyalangan kapitalning nisbati); (2) kompaniya foydalangan kapital 
manbasining bozor qaytimi darajasini baholash; (3) har bir kapital manbasi uchun 
108
Arthur J. Keown, John D. Martin, J. William Petty, Foundations of Finance, Global Edition, 8/E, Pearson, 
2014, p. 275-276 


174 
talab etilgan o‘rtacha qaytim stavkasini hisoblash, bunda har bir manbadan 
keladigan qaytim miqdori uning firmaga qilingan yalpi investitsiyadagi ulushini 
o‘lchash orqali hisoblanadi.
Kapital bahosi nafaqat kompaniyaning umumiy faoliyat natijasini ifodalaydi 
balki, firma tomonidan amalga oshiriladigan yakka investitsiya qarorlarini qabul 
qilishda ham foydalaniladi. Masalan, Exxon Mobil Nigeriyada yangi neft ishlab 
chiqarish bo‘yicha mulk sotib olmoqchi, bunda kompaniya investitsiya o‘zini 
oqlashi uchun qancha qaytim lozimligini hisoblashi zarur. Yana bir misolni 
olaylik, kompaniya tahlilchilari Shimoli- sharqiy Osiyoda kimyo zavodini qurish 
maqsadida investitsiyadan olinadigan daromadni taqqoslash uchun mo‘ljalli 
qaytimni belgilab olishlari kerak bo‘ladi. 
Diqqatingizni jalb etish uchun quyidagi misolni olaylik, 2011-yil Exxon Mobil 
Korporatsiyasi firma aktivlari buxgalteriya qiymatining 26.93% ga teng bo‘lgan 
darajada yuqori daromad oldi va qaytim stavkasi firmaning jami aktivlari bozor 
qiymatining 10%ga teng bo‘ldi. Shunga ko‘ra, firma barcha investorlari 
(aksiyadorlar va kreditorlar) ehtiyojlarini qondirish uchun 10% dan kamroq 
daromad olishiga to‘g‘ri kelgan, ammo moliyaviy inqiroz kuchaygan davrning 
o‘rtasi bo‘lishiga qaramay, firma investorlari uchun yetarli daromad shakllantira 
olgan. Bu bobda biz kompaniya fondlari bahosini hisoblashga alohida to‘xtalib 
o‘tamiz. Shuningdek, biz kompaniyaga qarz va ulush sifatida aksiyadorlar 
tomonidan qo‘yilgan kapitalning o‘rtacha tortilgan bahosi yoki sodda qilib 
aytganda kompaniyaning kapital bahosini o‘rganib chiqamiz. 
Kompaniyaning kapital bahosi ba’zida kompaniya kapitalining muqobil qiymati 
deb ham yuritiladi. Muqobil qiymat iqtisodiy adabiyotlarda kutilayotgan eng 
yaxshi imkoniyat doirasidan kelib chiqqan holda qarorlar qabul qilish uchun 
qilinadigan xarajat sifatida ta’riflanadi. Masalan, talaba Starbucks (SBUX) da 
yarim stavka ishga kirishi uchun muqobil qiymat universitet kampusi hududida 
ishlab topishi mumkin bo‘lgan daromaddan kechishni anglatadi. Yana bir misolni 
olaylik, kompaniya investorlaridan olingan daromadni ularga qaytarmay 
reinvestitsiya qilmoqchi. Bu qarorning muqobil qiymati mablag‘ni investorlarga 
bermay saqlab turish yoki kapital bahosi hisoblanadi. 
Investorlar uchun talab etilgan qaytim stavkasi kapital bahosi bilan bir xil 
tushunchami? Unday emas. O‘z navbatida, bu bobda k harfidan moliyalashtirish 
bahosi sifatida foydalanamiz, xuddi 7 va 8-boblarda investorlarning talab etilgan 
qaytim stavkasini ifodalashda r harfidan foydalanganimiz kabi.
Quyidagi 2 omil investorlarning talab etilgan qaytim stavkasi va kapital bahosi 
o‘rtasidagi farqni ko‘rsatib beradi:

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling