“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari
O‘rtacha tortilgan kapital bahosi –
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliya UMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muqobil xarajat
- Tranzaksion xarajatlar.
O‘rtacha tortilgan kapital bahosi – kompaniya tomonidan individual
moliyalashtirish bahosining o‘rtacha qiymati. Kompaniyaning o‘rtacha tortilgan kapital bahosi, kapitalning individual bahosining kapital tarkibi nisbatiga teng bo‘lgan ko‘rsatkich. Muqobil xarajat – kutilayotgan eng yaxshi imkoniyat doirasidan kelib chiqqan holda qarorlar qabul qilish uchun qilinadigan xarajat. 175 Qarz kapitali bahosi – kreditorlarning talab etilgan qaytim stavkasini qoplab berish uchun investitsiyalardan olinishi kerak bo‘lgan daromad darajasi. Soliqlar. Agar firma uzoq muddatli aktivni sotib olishni moliyalashtirish uchun qarz oladigan bo‘lsa, bu xarajat federal daromad solig‘ini hisoblash jarayonida soliq bazasidan ayirib tashlanadi. Firma 9% stavka bilan qarz oldi va u yalpi foydadan foiz ko‘rinishidagi xarajatlar sifatida ayirib tashlanadi va sof foydadan to‘lanadigan 34% foyda solig‘i tarkibida hisoblanmaydi. Har bir foizga to‘lanadigan dollar soliq summasini 0.34 dollarga kamaytiradi. Kompaniya uchun qarz olish faqatgina 5.94% ga to‘g‘ri keladi, ya’ni (0.0(0.34*0.09)) =0.09(1-.034) =0.0594 yoki 5.94%. Tranzaksion xarajatlar. Kompaniya ma’lum turdagi qimmatli qog‘ozlarni emissiya qilish uchun fondlar shakllantirganda yuzaga keluvchi xarajatlar shu turdagi xarajatlarni tashkil etadi. Bunday turdagi xarajatlar tranzaksion xarajatlar deb ham ataladi. Masalan, firma har bir aksiyani 25 dollardan sotadigan bo‘lsa, bunda har bir aksiya uchun qo‘shimcha 5 dollardan tranzaksion xarajat qiladi va kapital bahosi qo‘shimcha qilingan xarajat summasiga ham o‘sadi. Faraz qilaylik, investorning so‘ralgan qaytim stavkasi har bir 25 dollarlik aksiya uchun 15% ni tashkil etsa, u holda 0.15*$25=$3.75 investor uchun so‘ralgan daromad darajasini ifodalaydi. Shunga qaramay, firmada investitsiya uchun 20 dollar mavjud bo‘lsa, kapital bahosi (k) bo‘yicha qaytim stavkasi sof 20 dollardan hisobga olinadi va 3.75 dollar daromad keltira oladi: $20k =$25*0.15=$3.75 k= =0.1875 yoki 18.75% Biz yuqoridagi misolga kapitalning individual manbalari bahosini muhokama qilganda alohida to‘xtalib o‘tamiz. Kompaniyaning moliyaviy siyosati – kompaniyaning boshqaruv qarorlarni moliyalashtirishga qaratilgan va fondlarning ishlatilishi bilan bog‘liq bo‘lgan kompleks siyosati bo‘lib, qarz va ulushli moliyalashtirish manbalaridan foydalanishga qaratiladi. Kompaniya foydalanadigan qarz va ulushli kapitallar nisbati firmaning kapital bahosiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shunga qaramay, bu bobda kompaniya qarz va ulushli manbalar nisbatiga qat’iy moliyaviy siyosat qo‘llaydi deb hisoblaymiz. Qarz va ulushli moliyalashtirish haqida 12-bobda batafsil to‘xtalib o‘tamiz. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling