“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


O‘rtacha tortilgan kapital bahosi –


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/184
Sana20.10.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1711042
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   184
Bog'liq
Moliya UMK

O‘rtacha tortilgan kapital bahosi – kompaniya tomonidan individual 
moliyalashtirish bahosining o‘rtacha qiymati. Kompaniyaning o‘rtacha tortilgan 
kapital bahosi, kapitalning individual bahosining kapital tarkibi nisbatiga teng 
bo‘lgan ko‘rsatkich. 
Muqobil xarajat – kutilayotgan eng yaxshi imkoniyat doirasidan kelib chiqqan 
holda qarorlar qabul qilish uchun qilinadigan xarajat. 


175 
Qarz kapitali bahosi – kreditorlarning talab etilgan qaytim stavkasini qoplab berish 
uchun investitsiyalardan olinishi kerak bo‘lgan daromad darajasi. 
Soliqlar. Agar firma uzoq muddatli aktivni sotib olishni moliyalashtirish 
uchun qarz oladigan bo‘lsa, bu xarajat federal daromad solig‘ini hisoblash 
jarayonida soliq bazasidan ayirib tashlanadi. Firma 9% stavka bilan qarz oldi va u 
yalpi foydadan foiz ko‘rinishidagi xarajatlar sifatida ayirib tashlanadi va sof 
foydadan to‘lanadigan 34% foyda solig‘i tarkibida hisoblanmaydi. Har bir foizga 
to‘lanadigan dollar soliq summasini 0.34 dollarga kamaytiradi.
Kompaniya uchun qarz olish faqatgina 5.94% ga to‘g‘ri keladi, ya’ni 
(0.0(0.34*0.09)) =0.09(1-.034) =0.0594 yoki 5.94%.
Tranzaksion xarajatlar. Kompaniya ma’lum turdagi qimmatli qog‘ozlarni 
emissiya qilish uchun fondlar shakllantirganda yuzaga keluvchi xarajatlar shu 
turdagi xarajatlarni tashkil etadi. Bunday turdagi xarajatlar tranzaksion xarajatlar 
deb ham ataladi. Masalan, firma har bir aksiyani 25 dollardan sotadigan bo‘lsa, 
bunda har bir aksiya uchun qo‘shimcha 5 dollardan tranzaksion xarajat qiladi va 
kapital bahosi qo‘shimcha qilingan xarajat summasiga ham o‘sadi. Faraz qilaylik, 
investorning so‘ralgan qaytim stavkasi har bir 25 dollarlik aksiya uchun 15% ni 
tashkil etsa, u holda 0.15*$25=$3.75 investor uchun so‘ralgan daromad darajasini 
ifodalaydi. Shunga qaramay, firmada investitsiya uchun 20 dollar mavjud bo‘lsa, 
kapital bahosi (k) bo‘yicha qaytim stavkasi sof 20 dollardan hisobga olinadi va 
3.75 dollar daromad keltira oladi: $20k =$25*0.15=$3.75
k=
=0.1875 yoki 18.75% 
Biz yuqoridagi misolga kapitalning individual manbalari bahosini 
muhokama qilganda alohida to‘xtalib o‘tamiz. 
Kompaniyaning moliyaviy siyosati – kompaniyaning boshqaruv qarorlarni 
moliyalashtirishga qaratilgan va fondlarning ishlatilishi bilan bog‘liq bo‘lgan 
kompleks siyosati bo‘lib, qarz va ulushli moliyalashtirish manbalaridan 
foydalanishga qaratiladi. Kompaniya foydalanadigan qarz va ulushli kapitallar 
nisbati firmaning kapital bahosiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shunga qaramay, bu 
bobda kompaniya qarz va ulushli manbalar nisbatiga qat’iy moliyaviy siyosat 
qo‘llaydi deb hisoblaymiz. Qarz va ulushli moliyalashtirish haqida 12-bobda 
batafsil to‘xtalib o‘tamiz.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling