“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari
Kapitalning alohida manbalari bahosini hisoblash
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliya UMK
3. Kapitalning alohida manbalari bahosini hisoblash
110 Kompaniyalar yangi investorlarni jalb etish maqsadida turli moliyalashtirish instrumentlari yoki qimmatli qog‘ozlardan foydalanadi. Bu bobda, ularning eng asosiy turlari: qarz asosida, imtiyozli aksiya va oddiy aksiya kabi turlariga to‘xtalib o‘tamiz. Har bir tur uchun moliyalashtirish bahosini hisoblash jarayonida tranzaksion xarajatlarni ayirib tashlagan holda investorning talab etilgan qaytim stavkasini hisoblab chiqamiz. Shuningdek, biz korporativ soliqlarning kapital bahosiga ta’sirini hisoblash uchun soliq to‘langandan so‘ng pul oqimini diskontlaymiz. Obligatsiyaning qiymati uning kelgusi stavkasining hozirgi davrdagi qiymati va asosiy to‘lovlari bilan bog‘liq ekanligini ko‘rib o‘tganmiz. Masalan, obligatsiyaning so‘ndirilishiga 3 yil qolgan, foiz to‘lovlari har yili to‘lanadi va uning qiymati quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: 110 Arthur J. Keown, John D. Martin, J. William Petty, Foundations of Finance, Global Edition, 8/E, Pearson, 2014, p. 276-285 177 Obligatsiya egalarining talab etilgan qaytim stavkasini hisoblash uchun obligatsiya qiymati formulasidan foydalangan edik. Bu talab etilgan daromad darajasi obligatsiyaning so‘ndirilishidagi daromadni anglatadi. Kompaniyalar obligatsiyani sotish jarayonida tranzaksiya xarajatlarini to‘lab berar ekan, har bir obligatsiyaning sof qiymati obligatsiyaning bozor qiymatidan past bo‘ladi. Shunday ekan, qarz kapitalining bahosi ( ) obligatsiya egalarining talab etilgan qaytim stavkasidan yuqori bo‘ladi va quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: E’tiborga olish kerakki, tranzaksion xarajatlarni moslashtirish obligatsiyaning bozor qiymatini bu xarajatlarni to‘lab berilgandan keyin har bir obligatsiyadan tushadigan sof tushum bilan almashtirishni anglatadi. Moslashtirish, ya’ni diskont daraja (2) formulaning yechimini topadi, bunda qarz kapitalining korporativ soliqlarni to‘lagunga qadar bahosi yoki soliqqacha qarz kapitalining bahosi hosil bo‘ladi. Eng so‘nggida shuni hisobga olish kerakki, foizlar soliqlarni hisoblash paytida bazaga kiritilmaydi. Xulosa qilsak, qarz kapitalining bahosi qarzning soliqqacha bo‘lgan bahosini 1 minus korporativ soliq stavkasiga ko‘paytmasiga teng bo‘ladi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling