“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari
Kutilgan foyda(%) Qimmatbaho qog’oz bozori
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliya UMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- 19-mavzu. Risklarni minimallashtirishning moliyaviy usullari Reja: 1. Aktivlarni baholashning asosiy tushunchalari va kapital bahosi
- 5. Kapitalning tuzilmaviy bahosini aniqlash 1. Aktivlarni baholashning asosiy tushunchalari va kapital bahosi 108
Kutilgan foyda(%) Qimmatbaho qog’oz bozori
chizig’i 1 Beta Bu yerda bozordagi kutilgan foyda. tenglama ko’rsatadiki, xohlagan attivdagi kutilgan foyda, , qimmatbaho qog’oz betasiga chiziqli bog’langan. Tenglama oldingi bo’limdagi CAMP bilan bir xil. 19-mavzu. Risklarni minimallashtirishning moliyaviy usullari Reja: 1. Aktivlarni baholashning asosiy tushunchalari va kapital bahosi 2. Aktivlarni baholashning asosiy jarayoni 3. Kapitalning alohida manbalari bahosini hisoblash 4. Kompaniyaning o‘rtacha tortilgan kapital bahosini hisoblash 5. Kapitalning tuzilmaviy bahosini aniqlash 1. Aktivlarni baholashning asosiy tushunchalari va kapital bahosi 108 Firmaning kapital bahosi kompaniyaning barcha investorlari oladigan qaytim stavkasini ifodalaydi. Kompaniyaning kapital bahosi nazariya bo‘yicha juda jozibador tushuncha, ammo amaliyotda bu masala qisman murakkab. Nazariya bo‘yicha, quyidagilar talab etiladi: (1) kompaniyaning barcha kapital manbalarini va ularning qiyosiy muhimligini aniqlash (ya’ni har bir manbadan keladigan investitsiyalangan kapitalning nisbati); (2) kompaniya foydalangan kapital manbasining bozor qaytimi darajasini baholash; (3) har bir kapital manbasi uchun 108 Arthur J. Keown, John D. Martin, J. William Petty, Foundations of Finance, Global Edition, 8/E, Pearson, 2014, p. 275-276 174 talab etilgan o‘rtacha qaytim stavkasini hisoblash, bunda har bir manbadan keladigan qaytim miqdori uning firmaga qilingan yalpi investitsiyadagi ulushini o‘lchash orqali hisoblanadi. Kapital bahosi nafaqat kompaniyaning umumiy faoliyat natijasini ifodalaydi balki, firma tomonidan amalga oshiriladigan yakka investitsiya qarorlarini qabul qilishda ham foydalaniladi. Masalan, Exxon Mobil Nigeriyada yangi neft ishlab chiqarish bo‘yicha mulk sotib olmoqchi, bunda kompaniya investitsiya o‘zini oqlashi uchun qancha qaytim lozimligini hisoblashi zarur. Yana bir misolni olaylik, kompaniya tahlilchilari Shimoli- sharqiy Osiyoda kimyo zavodini qurish maqsadida investitsiyadan olinadigan daromadni taqqoslash uchun mo‘ljalli qaytimni belgilab olishlari kerak bo‘ladi. Diqqatingizni jalb etish uchun quyidagi misolni olaylik, 2011-yil Exxon Mobil Korporatsiyasi firma aktivlari buxgalteriya qiymatining 26.93% ga teng bo‘lgan darajada yuqori daromad oldi va qaytim stavkasi firmaning jami aktivlari bozor qiymatining 10%ga teng bo‘ldi. Shunga ko‘ra, firma barcha investorlari (aksiyadorlar va kreditorlar) ehtiyojlarini qondirish uchun 10% dan kamroq daromad olishiga to‘g‘ri kelgan, ammo moliyaviy inqiroz kuchaygan davrning o‘rtasi bo‘lishiga qaramay, firma investorlari uchun yetarli daromad shakllantira olgan. Bu bobda biz kompaniya fondlari bahosini hisoblashga alohida to‘xtalib o‘tamiz. Shuningdek, biz kompaniyaga qarz va ulush sifatida aksiyadorlar tomonidan qo‘yilgan kapitalning o‘rtacha tortilgan bahosi yoki sodda qilib aytganda kompaniyaning kapital bahosini o‘rganib chiqamiz. Kompaniyaning kapital bahosi ba’zida kompaniya kapitalining muqobil qiymati deb ham yuritiladi. Muqobil qiymat iqtisodiy adabiyotlarda kutilayotgan eng yaxshi imkoniyat doirasidan kelib chiqqan holda qarorlar qabul qilish uchun qilinadigan xarajat sifatida ta’riflanadi. Masalan, talaba Starbucks (SBUX) da yarim stavka ishga kirishi uchun muqobil qiymat universitet kampusi hududida ishlab topishi mumkin bo‘lgan daromaddan kechishni anglatadi. Yana bir misolni olaylik, kompaniya investorlaridan olingan daromadni ularga qaytarmay reinvestitsiya qilmoqchi. Bu qarorning muqobil qiymati mablag‘ni investorlarga bermay saqlab turish yoki kapital bahosi hisoblanadi. Investorlar uchun talab etilgan qaytim stavkasi kapital bahosi bilan bir xil tushunchami? Unday emas. O‘z navbatida, bu bobda k harfidan moliyalashtirish bahosi sifatida foydalanamiz, xuddi 7 va 8-boblarda investorlarning talab etilgan qaytim stavkasini ifodalashda r harfidan foydalanganimiz kabi. Quyidagi 2 omil investorlarning talab etilgan qaytim stavkasi va kapital bahosi o‘rtasidagi farqni ko‘rsatib beradi: Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling