“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


-misol. Oddiy aksiyaning moliyalashtirish bahosini hisoblash


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/184
Sana20.10.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1711042
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   184
Bog'liq
Moliya UMK

3-misol. Oddiy aksiyaning moliyalashtirish bahosini hisoblash 
Talbot Korporatsiyasining aksiyadorlari o‘tgan yili har bir aksiyaga 2 dollardan 
dividend olganlari va dividend darajasining 10% ga o‘sishi mumkinligini hisobga 
olgan holda kelasi yil har bir aksiya uchun 2.20 dollardan dividend olishni 
kutmoqdalar. Tahlilchilarning fikricha yaqin kelajakka qadar dividendlar darajasi 
10% dan o‘sib boradi. Agar Talbot Korporatsiyasi yangi oddiy aksiyalarni 
emissiya qilsa, ularni sotish uchun har bir aksiyaga 7.50 dollardan xarajat qiladi. 
Eng so‘nggi oddiy aksiyaning yopilish narxiga asosan oddiy aksiyaning bahosi 
firma uchun qancha bo‘ladi? Yangi emissiya qilingan aksiyalarning bahosi 
qanday? 
1-qadam:yechim strategiyasini shakllantirish 
Oddiy aksiyalarni moliyalashtirish bahosi, yuqorida obligatsiyani uning baholanish 
formulasi yordamida hisoblaganimizdek, oddiy aksiya narxining asosiy baholanish 
formulasi yordamida hisoblanadi. Oddiy aksiyaning bahosini hisoblaganimizda, (7) 
formuladan foydalanamiz: 


) 
Agar Talbot Korporatsiyasi yangi aksiyani emissiya qilganida, 7.50 dollar 
tranzaksion xarajatlarni amalga oshirgan bo‘lar edi. U holda yangi aksiyaning 
bahosi (8) formula orqali hisoblangan bo‘lar edi: 



Har bir aksiyani sotishdan sof tushum har bir aksiyaning bahosi va yangi aksiyani 
emissiya qilish uchun qilingan tranzaksion xarajatlar o‘rtasidagi farqdir.
2-qadam: raqamlarni ishga solish
(7) tenglamadan foydalanib quyidagilarni kiritib chiqamiz va yangi emissiya 
qilingan oddiy aksiya bahosi quyidagiga teng bo‘ladi: 
Oddiy aksiya bahosi 

+ 0.10 = 0.144 yoki 14.4% 
Yangi emissiya qilingan aksiyaning bahosi har bir aksiyadan sof tushumni hisobga 
olgan holda quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: 
Oddiy aksiya bahosi 

+ 0.10 = 0.1518 yoki 15.18% 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling