“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


 Mintaqaviy va butundunyoviy moliyaviy tashkilotlar


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/184
Sana20.10.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1711042
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   184
Bog'liq
Moliya UMK

3. Mintaqaviy va butundunyoviy moliyaviy tashkilotlar
 
Bugungi kunda ko‘plab xalqaro moliyaviy tashkilotlar mavjud. Ular-ning 
vakolati turli davlat hukumatlari moliyaviy siyosatini muvofiq-lashtirishdan iborat. 
Bunday xalqaro moliyaviy tashkilotlar ichida eng muhimi Bazelda (Shveysariya) 
joylashgan Xalqaro hisob-kitoblar banki (BIS – Bank for International Settlements) 
hisoblanadi. Uning vazifasi barcha mamlakatlardagi bank qoidalarining maksimal 
o‘xshashligini ta’minlash-dan iborat. Undan tashqari, xalqaro moliya bozorida 
yana ikki xalqaro moliyaviy tashkilot faoliyat yuritadi. Ularning maqsadi – savdo 
va moliya faoliyatini rag‘batlantirishdan iborat. Bular: Xalqaro valyuta fondi 
(XVF) (IMF – International Monetary Rupd) va Xalqaro taraqqiyot va tiklanish 
banki, yoki Dunyo banki (International Bank for Reconstruction and Development, 
World bank). XVF unga a’zo bo‘lgan davlatlar iqtisodiy va moliyaviy 
sharoitlarining o‘zgarishini kuzatadi, texnik yordam ko‘rsatadi, xalqaro savdo va 
moliya operatsiyalari qoidalarini ishlab chiqadi, xalqaro iqtisodiyotning turli 
masalalari bo‘yicha maslahat beradi, ayrim a’zo davlatlar to‘lov balansini 
to‘g‘rilab olishlari uchun resurslar taqdim qiladi va h.k. 
Dunyo banki rivojlanayotgan davlatlarda turli investitsion loyiha-larni 
moliyalashtiradi. U rivojlangan davlatlarda obligatsiyalar sotuvi orqali kapitalni 
jalb etadi va shundan so‘ng uni muayyan mezonlarga javob beruvchi va biror-bir 
davlatning iqtisodiyotini rivojlantirishga yo‘nal-tirilgan loyihalarni amalga oshirish 
uchun qarzga beradi. 
Moliyaviy tizim moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi bozorlar, vosita-chilar, 
firmalar va boshqa institutlarni o‘z ichiga oladi. Ular yordamida uy xo‘jaliklari, 
xususiy kompaniya va hukumat tashkilotlari o‘zlari qabul qilgan moliyaviy 
qarorlarini amalga oshiradilar. Moliyaviy tizim tarkibiga aksiyalar, obligatsiyalar 
va boshqa qimmatbaho qog‘ozlar sotiluvchi bozorlar, shuningdek, banklar va 
sug‘urta kompaniyalari kabi moliyaviy vositachilar kiradi. 
Pul mablag‘lari moliyaviy tizim tuzilmasining turli elementlari orqali ortiqcha 
moliyaviy mablag‘larga ega bo‘lgan kompaniyalardan mablag‘ yetishmaydigan 
kompaniyalarga oqib o‘tadi. Ko‘pgina hollarda moliyaviy oqim moliyaviy 
vositachilar orqali o‘tadi.
Moliyaviy tizim olti asosiy funksiyani bajaradi: 
- iqtisodiy resurslarning vaqt oralig‘ida, davlat chegaralari orqali va 
iqtisodiyotning bir sohasidan boshqasiga ko‘chirish; 
riskni boshqarish
- savdoga imkon beruvchi kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirish


83 
- turli korxonalardagi egaliklarni bo‘lish va moliyaviy resurslarni qo‘shish
- iqtisodiyotning turli sohalarida markazlashtirilmagan qaror qabul qilish 
jarayonini muvofiqlashtirishga imkon beruvchi narx (baho) ma’lu-moti bilan 
ta’minlash; 
stimullashtirish muammolarini hal etish usullarini ta’minlash.
Bu muammolar bitim ishtirokchilaridan biri ega bo‘lgan ma’lumotga boshqasi 
ega bo‘lmaganda yoki qatnashchilardan biri ikkinchisining nomidan agent sifatida 
harakat qilgan hollarda yuzaga keladi. 
Yuqorida 
sanalgan 
moliyaviy 
funksiyalarni 
bajarish 
usullarining 
takomillashuviga olib keladigan raqobat moliya sohasida har qanday 
innovatsiyaning yuzaga kelishi uchun asosiy turtki beruvchi omil bo‘lib xizmat 
qiladi. 
Fond bozorlarida quyidagi moliyaviy aktivlarning asosiy turlari bilan savdo 
qilinadi: qarz majburiyatlari, aksiyalar va hosilaviy qimmatli qog‘ozlar. 
• Qarz vositalari pulni qarzga oluvchi barcha firmalar, hukumat va uy 
xo‘jaliklari tomonidan chiqariladi. Aksiyalar – bu firma egalarining uning 
aktivlarining bir qismiga egaligi to‘g‘risidagi talabidir. 
• Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar – bu qiymati boshqa aktivlar narxlari bilan 
bog‘liq ravishda o‘rnatiladigan opsionlar va fyuchers shartnomalari kabi moliyaviy 
instrumentlardir. 
Foiz stavkasi deb qarzga olingan mablag‘lar bo‘yicha va’da qilingan 
daromadlilik stavkasiga aytiladi. Qarzlarning turi qancha bo‘lsa, foiz 
stavkalarining turlari ham shuncha bo‘ladi. Foiz stavkasining miqdori hisob-kitob 
pul birligi, to‘lov qatori (navbati) va kredit instrumenti (defolt riski) bo‘yicha bitim 
shartlarining bajarilmasligi ehtimoliga bog‘liq. Nominal foiz stavkasi aniq pul 
birliklarida ifodalanadi; daromadlilikning real stavkasini aniqlash uchun vosita 
sifatida ma’lum bir standartlashtirilgan iste’mol savatidan foydalaniladi. 
Muayyan (qayd qilingan)
nominal foiz stavkalari bo‘yicha taklif etiladigan 
obligatsiyalar daromadlilik real stavkasining noaniq ko‘rsat-kichiga ega. 
Inflyatsiyani hisobga olgan holda indekslangan hamda muayyan real stavkalarini 
taklif etuvchi obligatsiyalar daromadlilik nominal
stavkasining noaniq ko‘rsatkichi 
bilan tavsiflanadi. 
Bozor iqtisodiyotida daromadlilik stavkasi darajasiga to‘rt asosiy omil ta’sir 
etadi: 
ishlab chiqarish vositalari samaradorligi – shaxta, to‘g‘on, yo‘l, ko‘prik, 
zavod, mashina va tovar-material zahiralariga sarflangan mablag‘-dan kutilayotgan 
daromadlilik stavkalari; 
• ishlab chiqarish vositalari samaradorligiga nisbatan noaniqlik darajasi; 
• insonlarning vaqtinchalik afzal ko‘rishlari – insonlarning kelajakda emas, 
aynan bugun tovarlar va xizmatlarni iste’mol qilishni qanchalik afzal ko‘rishlari; 
• riskni yoqtirmaslik – investitsiya riskini qisqartirish maqsadida 
daromadlilikni oshirishdan voz kechishga rozi insonlar soni. 


84 
Indekslash deb investitsiya stretegiyasini atashadi, uning maqsadi investitsiya 
kapitalining daromadliligi o‘zgarishini mo‘ljal sifatida tanlangan birja indeksiga 
bog‘lab qo‘yishdir.
Asosiy funksiyasi mijozlarni ular moliya bozorida bevosita opera-tsiyalaridan 
olishlari mumkin bo‘lgan moliyaviy mahsulotlar va xizmatlarga nisbatan yuqori 
samarali moliyaviy mahsulotlar va xizmatlar bilan ta’minlashdan iborat firmalarga 
moliyaviy vositachilar deyiladi. Moliyaviy vositachilarning asosiy turlari ichida 
banklar, investitsiya va sug‘urta kompaniyalarini keltirish mumkin. Ularning 
moliyaviy mahsu-lotlari: chek hisobvaraqlari, kreditlar, ipotekalar, o‘zaro 
jamg‘armalarning qimmatli qog‘ozlari va sug‘urta shartnomalarining keng 
diapazoni kabi-larni o‘z ichiga oladi. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling