“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/184
Sana20.10.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1711042
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   184
Bog'liq
Moliya UMK

4-nazorat uchun savol 
Agar “XYZ” kompaniyasi aksiyadorlarga 10,0 mln. so‘m miqdorida dividend 
to‘lamasdan, shu sof foyda summasini biznesni yanada rivojlantirishga 
yo‘naltirganda pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot qanday o‘zgargan bo‘lar edi? 
Quyida keltirilgan 11.5-jadvalda biz yuqorida ko‘rib chiqqan moliyaviy 
hisobotning uchta asosiy turi o‘zlarining qanday jihatlari bilan bir-birlaridan ajralib 
turishi ko‘rsatilgan. 
11.5-jadval 
Moliyaviy hisobotlar qisqacha tavsifi 
 
Balans 
Aktivlar = Majburiyatlar + 
aksiyadorlik Xususiy kapitali 
Aniq vaqtga firmaning aktivlari va majburiyat-lari 
qiymatini aks ettiradi. 
Uzoq muddatli aktivlar boshlang‘ich qiymati (sotib olish 
qiymati) bo‘yicha o‘tgan davr uchun amortiza-tsiyani 
hisobga olgan holda aks ettiriladi. 
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot. 
Sof foyda = Jami daromadlar – Jami 
xarajatlar 
Ma’lum davr uchun tushumlarni va ular bilan bog‘liq 
xarajatlarni qayd etadi. 
Hisob prinsiplaridan foydalanilgan holda yig‘ib 
(to‘plab) borish prinsipi bo‘yicha sof foyda, odatda, sof 
pul mablag‘lari oqimi bilan bir xil bo‘lmaydi. 
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot 
Pul oqimlari summasi = Xo‘jalik 
faoliyatidan pul mablag‘larining sof 
kirimi 
(chiqimi) 

Investi-tsiya 
faoliyatidagi sof pul oqimla-rining 
kirimi 
(chiqimi) 

Moliya-viy 
faoliyatdan sof pul oqimlari-ning 
kirimi (chiqimi) 
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda ma’lum bir davr 
uchun firmaning pul mablag‘lari kirimi va chiqimi qayd 
etiladi. 
Pul mablag‘larining har bir kirim va chiqimi hisobotning 
uch bo‘limidan birida aks ettiriladi. 


95 
Moliyaviy hisobotga tushuntirish (hisobotni izohlash). Biror bir 
korporatsiya o‘z moliyaviy hisobotini chop etar ekan, unga albatta tushun-tirish 
xatini ilova qiladi. Bu tushuntirish xatida u qo‘llagan usullar va o‘zining moliyaviy 
ahvoli to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar o‘z ifodasini topadi. Ba’zida esa, bu 
tushuntirish xatida kompaniyaning haqiqiy moliya-viy ahvoli to‘g‘risida 
ma’lumotlar hisobotdagiga nisbatan ko‘proq va kengroq bo‘ladi. Ularda, odatda, 
quyidagi ma’lumotlar keltiriladi: 
1. Kompaniyaning qanday hisob usullaridan foydalangani ko‘rsatiladi. 
Modomiki, firmalarga ba’zi xarajat turlari
75
bo‘yicha hisobotlarni tuzishda ma’lum 
erkinlik berilgan ekan, u holda hisobotlarga ilova qili-nadigan tushuntirishda ushbu 
usullardan qaysi biridan foydalanilgani ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, hisob 
standartlari doimo o‘zgarib turishga moyil ekan, kompaniya tushuntirish xatlarida 
hisobot yilidan oldingi yilning asosiy natijalari bo‘yicha yangi standartlarga rioya 
qilgan holda hisob beradi.
2. Ba’zi aktivlar va majburiyatlarga batafsil tavsif beriladi. Tushuntirish 
xatida uzoq muddatli va qisqa muddatli qarzdorliklar, ijara haqi va shu kabi 
to‘lovlarni to‘lash shartlari va muddatlari batafsil bayon etiladi.
3. Firma aksiyadorlik kapitali tuzilmasi to‘g‘risida ma’lumot. Tushuntirish 
xatida aksiyalarga egalik qilish shartlari bayon etiladi. Mazkur firma boshqa 
kompaniya tomonidan “yutib yuborilishi” xavfini baholashda mazkur ma’lumot 
ayniqsa foydali hisoblanadi.
4. Asosiy operatsiyalar to‘g‘risida ma’lumotlar. Agar kompaniya boshqa 
kompaniyani sotib oladigan bo‘lsa (yoki sotib olinsa), yoki unga oldin qo‘shilgan 
firmani ajratib chiqarsa (yoki o‘zi ajratilsa), uning moliyaviy ahvoli keskin 
o‘zgaradi. Moliyaviy hisobotga tushuntirish xatida bunday operatsiya oqibatlari 
batafsil bayon etiladi. 
5. Balansdan tashqari hisob-varaqlar. Tushuntirish xatida ko‘pincha firma 
imzolagan, lekin balansda aks ettirilmagan, ammo kompaniyaning moliyaviy 
holatiga katta ta’sir ko‘rsatadigan moliyaviy shartnomalar bayon etiladi. Masalan, 
hosilaviy instrumentlar bo‘yicha shartnomalar, xususan forvard shartnomalar
svoplar va opsionlar ana shular jumlasidandir. Ular, odatda, turli moliyaviy 
shartnomalar bo‘yicha risk darajasini kamay-tirishga xizmat qiladi.  
 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling