“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliya UMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12-mavzu. Moliyaviy hisobotlardagi farqlanuvchi holatlar Reja: 1. Bozor va balans bahosi (qiymati) o‘rtasidagi farq 2.
5-nazorat uchun savol
Kompaniyaning moliyaviy hisobotlariga ilova qilinadigan tushun-tirish xatlari va eslatmalardan kompaniya to‘g‘risidagi qanday foydali ma’lumotlarni olish mumkin? 75 Masalan, ular eskirish hisoblashda chiziqli yoki tezlashtirilgan tartibda hisoblash usulidan yoki tovar-moddiy boyliklarni baholash uchun chuyidagi usullardan foydalanishlari mumkin: LIFO, FIFO va b. 96 12-mavzu. Moliyaviy hisobotlardagi farqlanuvchi holatlar Reja: 1. Bozor va balans bahosi (qiymati) o‘rtasidagi farq 2. Foydaning buxgalteriya va iqtisodiy mezonlari 3. Aksiyadorlik daromadliligi va aksiyadorlik kapitali daromadligi o‘rtasidagi farq 1. Bozor va balans bahosi (qiymati) o‘rtasidagi farq Buxgalteriya hisobi qoidalariga muvofiq ko‘rsatilgan kompaniya aktivlari va aksiyadorlik kapitali qiymati balans (bahosi) qiymati (book value) deb ataladi. Kompaniya bitta aksiyasining balans qiymati – bu firmaning rasmiy balansida aks ettirilgan aksiyadorlik kapitali umumiy summasini (so‘mda) muomaladagi oddiy aksiyalar soniga bo‘lish natijasida olingan qiymatdir. Ma`lumotlardan ko‘rinib turibdiki, “XYZ” korporatsiyasi aksiyalarining 20x1 yil oxiri holatiga balans qiymati (bahosi) 313,40 so‘mni tashkil etgan. Ammo xuddi shu vaqtga ularning bozor qiymati (bahosi) atigi 187,20 so‘mga teng bo‘lgan. Investorlar “XYZ” korporatsiyasining bitta aksiyasi uchun to‘lashga tayyor bo‘lgan summa aynan shu summa hisoblanadi. Ammo bu qiymat kompaniyaning rasmiy balansida aks ettirilmaydi. Bu yerda quyidagi savollarning tug‘ilishi, tabiiy: nima sababdan aksiya- larning bozor va balans qiymati (bahosi) ko‘rsatkichlari bir-biridan farq qiladi? Va mas’uliyatli moliyaviy qaror qabul qilishi lozim bo‘lgan shaxs uchun bu qiymat (baho)lardan qaysi biri muhimroq? Ushbu masalalar juda muhim bo‘lganligi uchun ularni batafsil o‘rganamiz. Dastlab shuni qayd etish lozimki, aksiyalarning bozor qiymati (bahosi) doim ham ularning balans qiymati (bahosi)ga mos kelmasligiga quyidagi ikkita asosiy sabab bor: Balans qiymati firmaning barcha aktivlari va majburiyatlarini o‘z ichiga olmaydi; Firmaning rasmiy balansiga kiritilgan aktivlar va majburiyatlar ko‘p hollarda joriy bozor qiymati bo‘yicha emas, balki dastlabki qiymati bilan baholanib, ulardan amortizatsiya chiqarib tashlanadi. Endi asosiy e’tiborimizni ana shu ikkala sababni batafsil ko‘rib chiqishga qaratamiz. Birinchidan, buxgalteriya balanslarida, ko‘pincha, muhim iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan aktivlar qayd etilmaydi. Xususan, kompaniya ishlab chiqaradigan tovarlar sifati va ishonchliligi orqasida kompaniya orttirgan obro‘ ularda aks ettirilmaydi. Shuningdek, agar firma ilmiy-texnik taraqqiyotga katta mablag‘ sarflab, ma’lum ilmiy baza yaratishga erishgan bo‘lsa, bu ham balansda o‘z ifodasini topmaydi. Yuqorida tilga olingan aktivlar nomoddiy aktivlar (intangible assets) deb ataladi va ayonki, ular firmaning bozor qiymati (bahosi) 97 oshishiga ko‘p jihatdan ta’sir qiladi va ular moliyaviy qaror qabul qilishda e’tiborga olinishi kerak. Buxgalterlar o‘z firmasi balansiga ba’zi nomoddiy aktivlarni kiritadilar. Ammo bu narsa ularning bozor qiymati (bahosi) bo‘yicha amalga oshirilmaydi. Masalan, firma boshqa firmadan patent sotib olsa, patent qiymati (bahosi) balans aktivining tegishli qismida aks ettiriladi va unga amortizatsiya ajratmalari (chegirmalari) hisoblanadi. Bundan tashqari, kompaniya boshqa kompaniyani uning balans qiymati (bahosi)dan qimmat (yuqori) bahoda sotib olsa, buxgalter sotib oluvchi firma balansiga nomoddiy aktivni qo‘shadi. Bu aktiv gudvil yoki Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling