“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliya UMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- XYZ” korporatsiyasining 20x1 yilgi pul oqimlari to‘g‘risidagi hisoboti
3-nazorat uchun savol
Agar korporatsiya 10,0 mln. so‘m miqdorida dividend to‘lamasdan, ushbu olingan sof foyda summasini biznesni rivojlantirishga yo‘naltirgan bo‘lganda “XYZ” korporatsiyasining yil oxiriga tuzilgan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti qanday o‘zgargan bo‘lar edi? Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda 91 ma’lum davr ichida firmaning pul oqimlari kirimi va chiqimi aks ettiriladi. Aynan shu bilan u kompaniyaning barcha daromadlari va xarajatlari aks ettiriladigan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotdan farq qiladi. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot korxona faoliyatining moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi hisobotiga, o‘ziga xos tarzda yoki ma’noda, juda foydali qo‘shimcha ekaniga ikkita asosiy sabab bor. Avvalo, unda butun e’tibor ma’lum vaqt oralig‘ida firmaning pul resurslari hajmi qanday o‘zgarishiga qaratiladi. Hatto eng gullab- yashnayotgan kompaniya ham pul resurslar zaxirasi tugab, juda og‘ir moliyaviy ahvolda qolishi mumkin. Agar kompaniya boshqaruvchilari va boshqa manfaatdor kishilar pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotga diqqat bilan qarasalar, pul qanday qilib to‘planishi va sarflanishi to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishlari va kechayotgan jarayonlarni to‘g‘ri baholashlari mumkin. Masalan, ko‘pincha, tez o‘sib kelayotgan va yuqori samarali firmalarga pul resurslari yetishmaydi. Demak, ularda o‘zlarining moliyaviy majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq muammolar kelib chiqishi mumkin. Bundan tashqari, pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot daromad va xarajatlarni faqat moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotga kiritilgan ko‘rsatkichlar asosida baholashga yo‘l qo‘ymaydi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot “hisoblash usuli” deb ataladigan buxgalteriya prinsipi asosida tuziladiki, unga ko‘ra har qanaqa daromadni pul mablag‘lari tushumi deb bo‘lmaydi va har qanday xarajat ham – pulni sarflash hisoblanmaydi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirilgan sof foyda summasi, ko‘p jihatdan, kompaniyada shu ko‘rsatkichni baholash uchun qabul qilingan yondashuvga, masalan, tovar-moddiy zaxiralarni baholash usullariga yoki firmaning moddiy va nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashning normativ (me’yoriy) muddatlariga bog‘liq. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda esa, unda ko‘rsatilgan ma’lumotlar firmada qabul qilingan hisob siyosatiga bog‘liq emas. Shunday qilib, ushbu ikki hisobot o‘rtasidagi farqni o‘rganar ekan, tahlilchi firmada qabul qilingan hisob siyosati firmaning moliyaviy ko‘rsatkichlariga qay darajada ta’sir qilishini aniqlashi mumkin. Keling, buni 11.4-jadvalda keltirilgan (navbatdagi betga qarang) “XYZ” korporatsiyasining 20x1 yilgi pul oqimlari to‘g‘risidagi hisoboti misolida ko‘rib chiqamiz. Jadval ma’lumotlarining ko‘rsatishicha, hisobotda pul oqimlari uchta bo‘limga ajratib ko‘rsatilgan. Bu bo‘limlar a) operatsion (ishlab chiqarish) faoliyat, b) investitsion faoliyat va v) moliyaviy faoliyatdan olinadigan pul mablag‘lari kirimi va chiqimi ko‘rsatadi. Keling, endi shu uchta bo‘limning har birini batafsil o‘rganib chiqishga harakat qilaylik. Operatsion (asosiy) faoliyat pul oqimlari, eng avvalo, firma o‘z mahsulotini sotishdan tushgan pul tushumini hamda materiallarga va mehnat haqini to‘lashga ketgan xarajatlarni aks ettiradi. E’tibor bering, “XYZ” korporatsiyasining 20x1 yilda operatsion faoliyatdan olgan yakuniy pul tushumlari 25,4 mln. so‘mni tashkil etgan. Bir vaqtning o‘zida esa, sof foyda 23,4 mln. so‘mga teng bo‘lgan. Bu o‘rinda quyidagi savolning tug‘ilishi, tabiiy: bu farq qayerdan keldi? 92 Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda korporatsiyaning sof foyda ko‘rsatkichi va uning asosiy faoliyati natijasida kelib tushgan pul 11.4-jadval “XYZ” korporatsiyasining 20x1 yilgi pul oqimlari to‘g‘risidagi hisoboti Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling