“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/184
Sana20.10.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1711042
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   184
Bog'liq
Moliya UMK

Jami aylanma aktivlar 
300,0 
360,0 
60,0 
Asosiy vositalar 
400,0 
490,0 
90,0 
Hisoblangan eskirish 
100,0 
130,0 
30,0 
Asosiy vositalarning qoldiq qiymati
300,0 
360,0 
60,0 
Jami aktivlar 
600,0 
710,0 
120,0 
Majburiyatlar va xususiy kapital 
 
 
 
Qisqa muddatli majburiyatlar 
Kreditorlik qarzlari 
60,0 
72,0 
12,0 
Banklarning qisqa muddatli kreditlari
90,0 
184,6 
94,6 
Jami qisqa muddatli majburiyatlar
150,0 
256,6 
106,6 
Uzoq muddatli majburiyatlar (to‘lash mudda- 
ti 20x7 yilga belgilangan 8%li obligatsiyalar) 
150,0 
150,0 
0,0 
Aksiyadorlik kapitali (muomaladagi 1 mln.
aksiya) 
300,0 
313,4 
13,4 
Kapitalning to‘langan qismi 
200,0 
200,0 
0,0 
Taqsimlanmagan daromad 
100,0 
113,4 
13,4 
Ma’lumot uchun: 
Oddiy aksiyalarning bozor kursi, so‘mda
200,0
187,2 
-12,8 


88 
Keyingi o‘rinda aylanma bo‘lmagan aktivlar, ya’ni kompaniyaning asosiy 
vositalari keladi. Bu guruhga, shuningdek, yer, zavod binolari va asbob-uskunalari 
kabi modda (qism)lar kiradi
74
. Biz tahlil qilayotgan balansga ko‘ra bino va asbob-
uskunalarning amortizatsiyani chegirib tashlagandagi qiymati 300,0 mln. so‘mni 
tashkil etadi. Shunday qilib, korporatsiyaning jami aktivlari 600,0 mln. so‘mga 
teng. 
Bundan keyin balansda “XYZ” korporatsiyasining majburiyatlari aks 
ettiriladi. To‘lovini bir yil ichida amalga oshirishi kerak bo‘lgan majburiyatlar 
qisqa muddatli majburiyatlar deb ataladi. Ba’zida ularni qisqa muddatli qarz deb 
atashadi. “XYZ” korporatsiyasi uchun bu ko‘rsatkich to‘lanishi kerak bo‘lgan 
hisoblar (ya’ni, korporatsiya o‘z mahsulot (mol) yetkazib beruvchilariga to‘lashi 
kerak bo‘lgan summa – 60,0 mln. so‘m, shuningdek, ular kreditorlik qarzlari deb 
ataladi) va kompaniyaning qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha qarzi (90,0 mln. 
so‘m) summasidan iborat. 
Aylanma aktivlar va qisqa muddatli majburiyatlar o‘rtasidagi farq sof aylanma 
kapital deb ataladi. Balansda bu ko‘rsatkich alohida aks ettirilmaydi. Ammo uni 
hisoblash juda oson. Demak, sof aylanma kapital summasi 20x0 yil oxiriga 150,0 
mln. so‘mni tashkil etgan. Buning uchun biz joriy aktivlar ko‘rsatkichidan (300,0 
mln. so‘m) joriy majburiyatlarni (150,0 mln. so‘m) ayirdik. 
So‘ng “XYZ” korporatsiyasi balansining majburiyatlar guruhida uzoq 
muddatli qarzlar yoki uzoq muddatli majburiyatlar ko‘rsatilgan. Bular nominal 
qiymati 150,0 mln. so‘m va to‘lash muddati 20x7 yil deb belgilangan 
obligatsiyalardir. Ushbu majburiyatlar bo‘yicha korporatsiya belgilangan yillik 8% 
stavkasini to‘laydi. Bu degani “XYZ” korporatsiyasining obligatsiyalarga doir 
foizlarni to‘lash bo‘yicha har yillik xarajat 12,0 mln. so‘mni tashkil etadi, 
demakdir. Bu xarajatlar “XYZ” korporatsiyasi faoliyatining moliyaviy natijalar 
to‘g‘risidagi hisobotida aks ettiriladi.
Korporatsiya balansidagi aks ettirilishi lozim bo‘lgan ma’lumot-larning eng 
oxirgi kategoriyasi uning xususiy (aksiyadorlik) kapitalidir. Unga ko‘ra kapitalning 
to‘langan qismi, ya’ni o‘tmishda oddiy aksiyalarni muomalaga chiqarish natijasida 
olingan summa 200,0 mln. so‘mni tashkil etgan. Kompaniya biznesini 
rivojlantirishga yo‘naltirilgan taqsimlanmagan (ushlab qolingan) daromad, ya’ni 
olingan foydaning jami ko‘rsatkichi esa – 100,0 mln. so‘mga teng bo‘lgan.
Endi 20x0 31 dekabrdan 20x1 yil 31 dekabrgacha “XYZ” korporatsiyasi 
balansida yuz bergan o‘zgarishlarni ko‘rib chiqamiz. 11.2-jadvaldagi 
ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, mazkur davr oralig‘ida jami aktivlar 20%ga 
oshgan. Shuningdek, to‘lanishi kerak bo‘lgan hisobvaraqlari bo‘yicha qarzdorlik 
ham ortgan. Bir vaqtning o‘zida, qisqa muddatli qarzlar bo‘yicha qarzdorlik 94,6 
mln. so‘mga oshgan bo‘lsa, uzoq muddatli qarz majburiyatlari summasi 
oldingidek, ya’ni 150,0 mln. so‘m miqdorida qolgan. Shu davr mobaynida 
aksiyadorlik kapitali ham 13,4 mln. so‘mga, ya’ni kompaniya biznesni 
74
Mamlakatimizda qabul qilingan hisobot shakllarida dastlab uzoq muddatli, keyin esa joriy aktivlar 
keltiriladi. 


89 
rivojlantirish uchun qoldirgan taqsimlanmagan sof foyda summasiga teng 
miqdorda ortgan. Bu davrda yangi aksiyalar chiqarilmagan. Shuning uchun 
kapitalning to‘langan qismi ko‘rsatkichi o‘zgarishsiz qolgan.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling