“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/184
Sana20.10.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1711042
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   184
Bog'liq
Moliya UMK

2-nazorat uchun savol 
Agar yil davomida “XYZ”  korporatsiyasi qo‘shimcha 50,0 mln. so‘mlik uzoq 
muddatli obligatsiyalarni muomalaga chiqarib, olingan mablag‘ni o‘z aktivlarining 
tegishli qismiga – pullar va bozor qimmatli qog‘ozlariga – kiritganida, 
korporatsiyaning balansi yil oxiriga kelib qanday o‘zgargan bo‘lar edi? 
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi 
hisobotda ma’lum vaqt oralig‘ida firma samaradorligiga umumiy baho beriladi. 
Biz o‘rganayotgan misolda bu davr 1 yilga teng. Buning uchun foyda (income, 
profit, earnings) deb ataladigan asosiy moliyaviy ko‘rsatkichdan foydalaniladi. 
Foyda – bu kompaniyaning daromadi va xarajatlari o‘rtasidagi farq. 11.3-jadvalda 
keltirilgan hisobotda 20x1 yilda “XYZ” korporatsiyasi tovarlarini sotishdan 
kelgan tushum (daromad) 200,0 mln. so‘mni, sof foyda – 23,4 mln. so‘mni tashkil 
etgani ko‘rsatilgan.
11.3-jadval 
“XYZ”  korporatsiyasi faoliyatining 20x1 yildagi moliyaviy natijalari 
to‘g‘risida hisoboti (soddalashtirilgan shakli) 
(mln. so‘mda) 
Sotishdan olingan daromad (tushgan tushum) 
200,0 
Sotilgan (realizatsiya qilingan) mahsulot tannarxi 
(110,0) 
Yalpi foyda 
90,0 
Umumiy xarajatlar, mahsulot sotish xarajatlari va ma’muriy xarajatlar 
(GS&A) (davr xarajatlari) 
(30,0) 
Asosiy faoliyatdan olingan foyda 
60,0 
Obligatsiyalar bo‘yicha foizlarni to‘lash xarajatlari 
(21,0) 
Soliqqa tortiladigan foyda
39,0 
Foyda solig‘i 
(15,6) 
Sof foyda 
23,4 
Bir aksiyaga hisoblaganda sof foyda (muomalada 1 mln. aksiya) 
23,4 
Sof foydaning taqsimlanishi: 
To‘langan dividendlar 
10,0 
Taqsimlanmagan foydaning o‘zgarishi 
13,4 
Jadvalda 
keltirilgan 
ma’lumotlardan 
ko‘rinib 
turibdiki, 
“XYZ” 
kompaniyasining xarajat moddalari to‘rtta asosiy kategoriyaga bo‘lingan. Birinchi 
guruhga 110,0 mln so‘mni tashkil etgan sotilgan (realizatsiya qilingan) mahsulot 
tannarxi kiritilgan. Bu korporatsiyaning joriy yilda sotilgan tovarlarni ishlab 
chiqarish jarayonida ketgan xarajatlari bo‘lib, ular, asosan, materiallar sotib olishga 
ketgan xarajatlar, ishchi-xodimlarga to‘langan mehnat haqi va boshqa shunga 


90 
o‘xshash xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Sotishdan olingan (ko‘rilgan) daromad va 
sotilgan mahsulot tannarxi o‘rtasidagi farq yalpi foyda deb ataladi. Yuqoridagi 
jadval ma’lumotlaridan ko‘rinishicha, “XYZ” korporatsiya-sining bu ko‘rsatkichi 
20x1 yilda 90,0 mln. so‘mni tashkil etgan. 
Keyingi xarajatlar kategoriyasida umumiy, ma’muriy va mahsulot sotishga 
ketgan xarajatlar (GS&A) (davr xarajatlari) aks ettirilgan. Bu yerda firmaning 
boshqaruv xarajatlari (masalan, menejerlarning mehnat haqi), shuningdek 
marketing va hisobot yilida kompaniya ishlab chiqargan tovarlarni sotish bo‘yicha 
xarajatlar inobatga olingan. Yalpi foyda va GS&A xarajatlari o‘rtasidagi farq 
operatsion foyda yoki asosiy, ishlab chiqarish faoliyatidan olingan foyda deb 
yuritiladi. “XYZ”   korpora-tsiyasining ma’muriy chiqimlari va mahsulot sotishga 
ketgan xarajatlari (GS&A) 20x1 yilda 30,0 mln. so‘mni tashkil etgan ekan, uning 
ishlab chiqarish foydasi 60,0 mln. so‘mga tengdir. 
Uchinchi 
xarajatlar 
kategoriyasiga “XYZ” korporatsiyasining qarz 
majburiyatlari bo‘yicha foizlarni to‘lashga ketgan xarajatlari kiradi va bu xarajatlar 
o‘rganilayotgan davr oxirida 21,0 mln. so‘mni tashkil etgan. Ularni ishlab 
chiqarish foydasi summasidan ayirib, soliqqa tortiladigan foyda summasini olamiz. 
Bu 39,0 mln. so‘mga tengdir. 
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning to‘rtinchi, oxirgi kategoriyasida 
korporatsiya tomonidan to‘langan soliq summalari aks ettirilgan. 20x1 yilda 
“XYZ” korporatsiyasi soliqqa tortiladigan foyda summasidan o‘rtacha 40% 
miqdorida soliq to‘lagan. Shunga muvofiq ravishda korporatsiya foydasidan 
olingan soliqning summasi 15,6 mln. so‘mga teng bo‘lgan. Bundan ko‘rinib 
turibdiki, “XYZ” korporatsiyasining soliqlar to‘langanidan keyingi sof foydasi 
23,4 mln. so‘mni tashkil etgan. Demak, korporatsiyaning 1 mln. aksiyasi 
muomalada (ya’ni, aksiyadorlar qo‘lida) bo‘lgan ekan, uning bitta aksiyasiga 
hisoblangan sof foyda 23,40 so‘mga tengdir. 
Biz tahlil qilayotgan hisobotda, shuningdek, 20x1 yilda korporatsiya 
aksiyadorlariga dividend tariqasida pul shaklida umumiy miqdorda 10,0 mln. so‘m 
to‘langani ko‘rsatilgan. Demak, bu to‘lovlardan keyin sof foyda summasidan 
qolgan 13,4 mln. so‘m firma tomonidan o‘z biznesini rivojlantirishga 
yo‘naltirilgan. E’tibor bering: bu summa, ya’ni 13,4 mln. so‘m korporatsiya 
balansida 20x1 yilning oxirida aksiyadorlik kapitalining o‘sgan ko‘rsatkichi 
sifatida aks ettiriladi. Yana shunga alohida e’tibor berish kerakki, sof foyda va 
firma hisob varag‘iga kelib tushayotgan pullar bu bitta narsa emas. Shuning uchun 
bu oxirgi raqam (13,4 mln so‘m) firmaning pul balansiga qo‘shilmaydi. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling