“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


 Aksiyadorlik daromadliligi va aksiyadorlik kapitali daromadligi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/184
Sana20.10.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1711042
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   184
Bog'liq
Moliya UMK

 
3. Aksiyadorlik daromadliligi va aksiyadorlik kapitali daromadligi 
o‘rtasidagi farq 
 
Muayyan vaqt (chorak, yil, bir necha yil) oralig‘ida aksiyadorlarni, eng 
umumiy tarzda yoki eng avvalo, nima qiziqtiradi, deb o‘ylaysiz? Ha, balli, to‘g‘ri 
topdingiz: ularni, eng avvalo, shu davr oralig‘ida kompaniya faoliyati qanchalik 
muvaffaqiyatli bo‘lganligi qiziqtiradi. Shu bilan birga, bu jarayonda ular nimani 
istaydilar, degan navbatdagi savolga nima deb javob bergan bo‘lur edingiz? Qoyil, 
bu savolning javobini ham to‘g‘ri topa oldingiz: haqiqatdan ham ular, eng avvalo, 
bitta narsani, ya’ni shaxsiy boyliklari shu davrda qancha ko‘payganini bilishni 
istaydilar. Bu savolga, o‘z navbatida, endi qanday javob beramiz? Ya’ni, muayyan 
davrda aksiyadorlar boyliklarining qanchaga ko‘payganligini qanday qilib aniqlash 
mumkin? Bu savol oldingi savollarimizga nisbatan, biroz bo‘lsa-da, murakkabroq 
savol-a? Shu bois, Sizni hadeb qiynayvermasdan, unga o‘zimiz javob berib qo‘ya 
qolaylik. Mana uning javobi: buning uchun ma’lum vaqt oralig‘ida ular investitsiya 
77
Nisbatan yaqinda AQShning bir necha korporatsiyalari tomonidan kompaniya faoliyati samaradorligini baholash uchun yangi 
mezon qabul qilindi. U iqtisodiy qo‘shilgan qiymat (EVA – economic value added) deb nomlandi. Ushbu mezon Stern Stewart & 
Co kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Uning asosiy afzalligi shundaki, mazkur ko‘rsatkich aniqlanayotganda 
kompaniyaning o‘z kapitalidan foydalanishdagi vaqt xarajatlari hisobga olinadi. 


100 
qilgan kapital bo‘yicha daromadlilik stavkasini hisoblab chiqish (topish) kerak. Bu 
maqsadga erishish uchun biz quyidagi tenglamadan foydalanishimiz mumkin: 


Davr oxiriga 
aksiyaning narxi 
 
Davr boshiga 
aksiyaning narxi 

Pul ko‘rinishida to‘langan 
dividendlar 
Davr boshiga aksiyaning narxi 
Bu ko‘rsatkich umumiy (jami) aksiyadorlik daromadliligi deb ataladi (total 
shareholder returns). 
Endi, biz e’tiborimizni yana o‘zimiz tahlil qilayotgan “XYZ” 
korporatsiyasiga qarataylik. Fond bozori bo‘yicha ma’lumotlarni tekshirib
ko‘ramizki, 20x1 yil boshida korporatsiya aksiyalarining bozor kursi bitta aksiyaga 
20,0 ming so‘mni tashkil etgan, yil oxirida dividendlar to‘lan-gandan keyin esa 18 
720 so‘mgacha pasaygan. Bu davrda pul shaklida to‘langan dividendlar summasi 
1,0 ming so‘mni tashkil etgan. Demak, “XYZ” korporatsiyasiga tikilgan 
(qo‘yilgan, joylashtirilgan) kapitalga daromad-lilik stavkasi 11,4%ni tashkil etgan. 
Bu ko‘rsatkich (qiymat) quyidagi hisob-kitoblar asosida olingan: 
Umumiy (jami) 
aksiyadorlik 
daromadliligi 

18720 so‘m – 20000 so‘m + 1000 so‘m = 
– 0,114 yoki – 
11,4% 
20000 so‘m 
Ammo, odatda, korporatsiyalar faoliyati samaradorligi yana bir ko‘rsat-
kichdan foydalangan holda hisoblab chiqariladi. Bu aksiyadorlik kapitali 
daromadliligi normasi yoki koeffitsiyenti (ROE — return on equity)dir. ROYe 
kompaniya sof foydasi summasi (qiymati)ni aksiyadorlik kapita-lining balans 
qiymatiga bo‘lish orqali aniqlanadi: 
ROE
Sof foyda 

23,4 mln. 
so‘m 

0,078 yoki 
7,8% 
Aksiyadorlik kapitali 
300 mln. so‘m 
Shunday qilib, ko‘rib turibmizki, ROE yillik koeffitsiyenti aksiya-dorlar o‘z 
mablag‘ini kompaniyaning qimmatli qog‘ozlariga investitsiya qilishlari oqibatida 
olgan umumiy daromadlilik stavkasiga mos kelishi shart emas. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling