“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari
narxlar asosiyda qayta baholash
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliya UMK
narxlar asosiyda qayta baholash deb nom olgan (marking to market).
1-nazorat uchun savol Kompaniya aksiyalarining bozor bahosi, odatda, ularning balans qiymati (bahosi)dan farq qilishining sabablari nimada? 2. Foydaning buxgalteriya va iqtisodiy mezonlari Bozor va balans bahosi (qiymati) o‘rtasidagi farq foyda to‘g‘risidagi tasavvurga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Umumqabul qilingan ma’noda foyda – bu Siz ma’lum vaqt oralig‘ida sarflashingiz mumkin bo‘lgan summa bo‘lib, shu bilan birga, mazkur vaqt boshidagi boyligingiz darajasi saqlab qolinadi. Boshqacha qilib aytganda, foyda – bu kelib tushgan va Siz sarflashingiz mumkin bo‘lgan pul mablag‘i hajmi bo‘lib, natijada muayyan davr oxiriga kelib, shu davr boshida qancha pulingiz bo‘lgan bo‘lsa, ixtiyoringizda shuncha pul qoladi. Keng ma’noda iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati, taniqli ingiz iqtisodchisi Jon R. Xiks (John R. Hicks) o‘zining mazkur muammoga bag‘ishlangan klassik asari “Qiymat va kapital”da (Value and Capital) aynan shu ta’rifdan foydalangan va zamonaviy iqtisodchilar ham aynan shu ta’rifdan foydalanib kelmoq-dalar 76 . Bu o‘rinda shuni ham qayd etish lozimki, yuqoridagi tarzda buxgalteriya hisobida qabul qilingan foydaga berilgan ta’rif (income, earnings, profits) aksiyalarning bozor kursi oshishi yoki pasayishi yoki ma’lum vaqt (davr)da mulk bahosi o‘zgarishi sababli olinmagan foyda yoki ko‘rilgan zararlarni e’tiborga olmaydi. 76 J. R. Hicks, Value and Capital, 2-nashr (New York: Oxford University Press, 1946), 172-b. 99 Misol tariqasida quyidagi vaziyatni ko‘rib chiqishni taklif etamiz. Faraz qilaylik, Sizning yil mobaynida olgan sof mehnat haqingizning umumiy summasi 10,0 mln. so‘mni tashkil etadi va Siz bu summani oilan-gizni boqishga sarfladingiz. Ammo, shu bilan birga, aktivlaringizning umumiy qiymati 6,0 mln. so‘mga pasayib ketdi, deylik. Umuman olganda, hech bir buxgalter bu pasayishni e’tiborga olmagan bo‘lar edi. Chunki bu zarar potensial xarakterga ega. Sababi, Sizning aktivlaringiz sotilmagan edi. Bir vaqtning o‘zida, har qanday iqtisodchi Sizga qiymat kamayishini foy-dangiz hisoblanayotganida inobatga olinishi kerakligi aytgan bo‘lur edi. Chunki u oilangizning iste’mol imkoniyatlariga ta’sir qiladi. Axir endi bu imkoniyat yil boshidagiga nisbatan 6,0 mln. so‘mga qisqardi- ku! Demak, iqtisodchining nuqtai nazaridan qaraganda Sizning sof foydangiz hammasi bo‘lib 4,0 mln. so‘mni tashkil etgan. Bundan tashqari, buxgalteriyada foyda hisoblanayotganda garchi soliqqa tortish maqsadida foydadan chegirib qolish sifatida qarz olingan kapital bo‘yicha foizlarni to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olish mumkin bo‘lsa-da, shu bilan birga, xususiyatiga ko‘ra xuddi shunday xarajat - sarflangan o‘z kapitalini hisobga olish mumkin emas. Masalan, firma 20,0 mln. so‘m miqdorida foyda oldi, ammo shu bilan birga u o‘z faoliyatini moliyalashtirish maqsadida 500,0 mln. so‘mlik aksiyadorlik kapitalidan foydalanganligi uchun 10% ga teng daromadlilik stavkasidan kelib chiqqan holda xarajat qildi, deylik. Bu holda iqtisodiy nuqtai nazardan u 30,0 mln. so‘m miqdorida zarar ko‘rgan (ya’ni 20,0 mln. so‘m – 500,0 mln. so‘m x 0,10 = - 30,0 mln. so‘m). Bu buxgalteriya nuqtai nazaridan foyda ijobiy bo‘lgan holda, firma o‘zining asosiy xarajatlarini, shu jumladan, o‘z aksiyadorlik kapitalidan foydalanish bo‘yicha xarajatlarni qoplashga qodir bo‘lmagan vaziyatga yaqqol misol bo‘la oladi 77 . Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling