Moliya fanidan r e f e r a t
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5262478098980414896
To’rtinchi tur xalqaro tashkilotlar - xalqaro ilmiy laboratoriyalar, institutlar, ittifoqlar, yaxlit va
sohalar assotsiatsiyalari, ma'lum ilmiy sohalar bo‘yicha byurolar. Ular mamlakatlarni, milliy ilmiy tashkilotlarni, assotsiyatsiyalarni, ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanayotgan alohida olimlarni birlashtiradi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi. Ushbu tashkilotlar yillik ulushli badallar, konferentsiyalarda ishtirok etuvchilarni ro‘yxatga olish badallari, yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya mablag‘lari, davriy ilmiy nashrlardan 1 O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlari; O‘zbekiston Respublikasining Statistik axborotnomasi, 2017 yil. Toshkent 2018. daromadlar hisobidan tashkil etiladigan byudjetlar hisobidan moliyalashtiriladilar. Mazkur tashkilotlarga misol qilib, milliy va qo‘shma dasturlar bo‘yicha ishlaydigan Kuchli magnit maydonlari va past harorat bo‘yicha xalqaro fond, Xalqaro matematik markaz va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Beshinchi tur xalqaro tashkilotlar faoliyatining ma'lum sohalariga ko‘maklashish va tadbirlarni moliyalashtirish uchun mablag‘larni yig‘ish bilan shug‘ullanadilar. Masalan, Yovvoyi tabiat xalqaro fondi - davlat, jamoat tashkilotlari va xususiy shaxslardan yovvoyi xayvonlar va tabiatni qo‘riqlash uchun mablag‘larni yig‘uvchi nodavlat tashkilotdir. Ushbu tashkilot boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda ma'lum tadbirlarni moliyalashtiradi. Fond o‘zining nashriga ega bo‘lib, uni sotishdan olinadigan daromadlar fond byudjetining daromad manbalaridan biri hisoblanadi. "Olimpiya birdamligi" fondi rivojlanayotgan mamlakatlarning milliy olimpiya qo‘mitalariga moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun tuzilgan. Mazkur fond milliy olimpiya qo‘mitalarining badallari, xususiy kompaniya, firmalar va xususiy shaxslarning xayriyalari, Xalqaro olimpiya qo‘mitasining investitsion va nashriyotchilik faoliyati natijasida olingan daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Fondga olimpiya o‘yinlarini televizion yoritishdan olingan daromadlaming 1/3 kelib tushadi (ma'lumki, olimpiya o‘yinlarini televizion yoritishdan olingan daromadlar mos ravishda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi, "Olimpiya birdamligi" fondi va olimpiya sport turlari bo‘yicha Xalqaro federatsiya o‘rtasida taqsimlanadi). Fondning byudjeti har yili tasdiqlanadi. Asosiy tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha hududlarga yo‘naltiriladigan mablag‘lar xarajatlarning 75-85 foizini tashkil etadi. Ushbu tadbirlarga: yig‘inlar o‘tkazish, hakamlar majlisini o‘tkazish, sport buyumlarini sotib olish, Milliy olimpiya qo‘mitalariga moliyaviy yordamlar ko‘rsatish va boshqalarni kiritish mumkin. Boshqa mablag‘lar nashriyotchilik faoliyatiga va joriy xarajatlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan fondlarni tarkibiy tuzilishi, maqsadi, vazifalarini yanada chuqurroq o‘rganish maqsadida, birinchi tur fondlar - moliya-kredit tashkilotlariga mansub, XVF haqida ma'lumotlar keltiriladi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling