Moliya fanidan r e f e r a t


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana24.12.2022
Hajmi0.75 Mb.
#1053097
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2 5262478098980414896

Birinchi turga moliya-kredit tashkilotlarining davlatlararo va xalqaro fondlari kiradi. Ular nizom 
kapitalida ishtirok etuvchilarga maqsadli kreditlar ajratadilar va maqsadli fondlarni tashkil 
etadilar. Bu tashkilotlar faoliyati davomida olgan daromadlaridan ulushiga ko‘ra dividend 
to‘laydilar hamda turli maqsadlar uchun zahira fondlarini shakllantiradilar. Mazkur tashkilotlar 
jumlasiga Xalqaro Investtsiya bankini (XIB), Iqtisodiy Hamkorlik Xalqaro bankini (DTXB), 
ETTB, XVFni kiritish mumkin.
1
Xalqaro banklar va fondlarning nizom kapitali shakllanishida, olingan daromadlarni taqsimlab, 
turli fondlarni tashkil etish kabilarda moliyaning rolini ko‘rish mumkin.
Milliy va xalqaro moliya-kredit institutlarining mablag‘lari, xalqaro ishtirokchi-tashkilotlar 
fondi, manfaatdor mamlakatlarning valyuta fondlari va byudjet mablag‘lari to‘lanadigan 
badallarning manbasi hisoblanadi.
EIida ham qator davlatlararo fondlar tashkil etilgan, jumladan, EIning byudjeti, Yevropa 
Taraqqiyot fondi, Yevropa Valyuta Hamkorlik fondi va boshqalar.
Ikkinchi tur tashkilotlar ishtirokchilarning har yillik badallari evaziga byudjetlari tashkil etiladi. 
Bunday tashkilotlarga ma'lum sohalardagi milliy tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirib turuvchi 
xalqaro va umumjahon institutlari kiradi. Ularga: BMT, Xalqaro vaqt byurosi, Atom energetikasi 
bo‘yicha xalqaro Agentlik, Dengiz yo‘ldosh aloqasi bo‘yicha xalqaro tashkilot, Ilmiy 
xizmatchilarning umumjahon federatsiyasi va boshqalarni kiritish mumkin.
Uchinchi tur xalqaro tashkilotlarga vaqtinchalik tusga ega bo‘lgan ilmiy dasturlar va 
kongresslarni kiritish mumkin. Ularni moliyalashtirish qatnashuvchi ishtirokchilar tomonidan 
amalga oshiriladi. Masalan, Xalqaro biologiya dasturi (1964-1974 yy.), Xalqaro geodinamik 
loyiha (1971-1980 yy.), Xalqaro osoyishta quyosh yili (1964-1965 yy.), 1957 yildan boshlab har 
ikki-uch yilda chaqiriladigan Xalqaro tog‘ kongressi va boshqalar. Ushbu tashkilotlar turli 
mamlakat olimlari bilan yaxlit ilmiy tadqiqotlar olib boradi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling