Moliya fanidan r e f e r a t
Zamonaviy valyuta tizimining globallashuvining o’ziga xos jihatlari quyidagilardan iborat
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5262478098980414896
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jahon banki tizimi
Zamonaviy valyuta tizimining globallashuvining o’ziga xos jihatlari quyidagilardan iborat:
3 Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlari asosida tuzildi. 33 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (24.01.2020) // Xalq so‘zi gazetasi, 2020 yil 25 dekabr. valyuta kurslari va foiz stavkalarining kutilmaganda va keskin o‘zgarishi bilan tavsiflanadigan bozor mexanizmi; bir tomondan, oldindan kutilmagan voqealarga (neft falajlari yoki Germaniyaning birlashuvi kabi) tezda moslashishga zarurat, boshqa tomondan, mamlakatlar hukumatlarining inflyatsion siyosat yuritishi va davlat qarzdorligi o‘sishi siyosatidan kafolatlovchi ma'lum xalqaro tartibga solish instrumentlarini yaratish. Jahon valyuta tizimining eng asosiy xususiyati shundaki, u har doim o‘zgarib, rivojlanib turadi. Bu o‘zgarishlarning eng umumiy sabablari - jahon xo‘jaligini rivojlantirishdagi xalqaro hamkorlikning kuchayishi, tovar ishlab chiqarish va bozorlarning baynalminallashuvidir. Bugungi kunda uni tartibga solish mexanizmlarining doimiy o‘zgarishi va valyuta tizimining barqarorligi, valyuta tizimining evolyutsiyasi bilan qanchalik mos tushishiga bog‘liq. Xalqaro valyuta tizimlarining ma'lum shakllari, ishlab chiqarishning rivojlanishi, xalqaro aloqalar, milliy pul tizimlari, jahon maydonidagi kuchlar nisbatiga, yetakchi mamlakatlarning manfaatlariga qarab belgilanmoqda. 3. Jahon banki va unung faoliyati Jahon Banki — Xalqaro Moliya Instituti hisoblanib, rivojlanayotgan mamlakatlarga sarmoyalar kirgazish, kreditlar taqdim etish bilan shugʻullanadi. Jahon banki — xalqaro moliya muassasasi. Tarkibiga BMTning ixtisoslashgan muassasasi maqomiga ega bulgan 3 mustaqil xalqaro moliya instituti (Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi) kiradi. Baʼzi adabiyotlarda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki norasmiy holda Jahon banki deb ham ataladi.[1] Missiyasi 1944-yil Bretton-Vuds (AQSh, Nyu-Gempshir shtati)da tashkil etilgan boʻlib, hozirda shtabkvartirasi (qarorgohi) Vashingtonda joylashgan. Bretton-Vuds xalqaro hamkorligi tomonidan Jahon bankiga belgilangan vazifalar unga berilgan nom — yaʼni Xalqaro qayta tiklanish va taraqqiyot banki (MBRR) da oʻz aksini topdi. Asosiy vazifa sifatida iqtisodiy taraqqiyotni moliyalshtirish yuklatildi. Agarda Jahon bankining birlamchi kreditlari ikkinchi jahon urushidan soʻng Yevropaning iqtisodiyotini tiklashga yoʻnaltirilgan boʻlsa, keyinchalik u oʻz eʼtiborini jahonning qoloq mamlakatlari iqtisodini tiklashga qaratdi. Hozirgi vaqtda esa Jahon bankining asosiy maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqqiyotiga, mazkur mamlakatlarning ishlab chiqarish darajasini oshirishga yordam berish va aholining ijtimoiy ahvolini yaxshilashga koʻmaklashishdir. Jahon banki tizimi Jahon banki oʻz tarkibiga yirik 2 ta tashkilotni: Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) va Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasini (XTA) oladi. Ulardan tashqari unga 3 ta boshqa tashkilotlar ham bilvosita kiradi: Jahon banki bilan uyushgan, ammo huquqiy, moliyaviy jihatdan mustaqil faoliyat koʻrsatuvchi — Xalqaro moliyaviy korparatsiya (XMK) (bu tashkilot rivojlanayotgan mamlakatlardagi xususiy korhonalarni moliyalashtirishga yordam beradi). Investitsion kelishmovchiliklarni tartibga solish xalqaro markazi va Investitsiyalarni har tomonlama kafolatlovchi agentlik (MIGA). Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasini (XTA) mamlakatlarka imtiyozli kreditlar berish bilan shugʻullanib, ular donor mamlakatlar tomonidan beriladigan xayriya mablagʻlari asosida moliyalashtiriladi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling