Moliya fanidan r e f e r a t
XVF: maqsadi, tashkil etilishi va faoliyat yo’nalishi
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5262478098980414896
XVF: maqsadi, tashkil etilishi va faoliyat yo’nalishi. XVF - bu BMTning maxsus tashkiloti. U
1977 yilda Bretton-Vudsdagi valyuta-moliya masalalari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan BMT konferentsiyasida tashkil topgan va 1945 yilning 27 dekabrida ushbu kelishuv kuchga kirgan. Amalda u o‘z faoliyatini 1946 yildan boshladi. Brettonvud kelishuviga muvofiq, XVFning vazifasi unga a'zo bo‘lgan mamlakatlarning oltin va AQSH dollarida ifodalangan valyuta zahiralarini tartibga solish hamda a'zo-mamlakatlarning valyuta paritetilarining barqarorligini ta'minlashdan iborat edi. Ushbu kelishuvga ko‘ra, a'zo-mamlakatlar o‘z valyutalarini belgilangan kurslar asosida xalqaro joriy operatsiyalar bo‘yicha almashinuvlarini ta'minlashlari shart edi. Shuningdek, mazkur mamlakatlar valyuta operatsiyalarini chegaralash bo‘yicha mavjud to‘siqlami bekor qilishlari kerak edi (amalda 181 mamlakatdan atigi 60 mamlakat ushbu talabni bajargan). XVFning nizom fondi a'zo mamlakatlarga o‘rnatiladigan kvotalar asosida to‘lanadigan badallardan tashkil etiladi. Kvotalar har bir a'zo-mamlakatning: moliyaviy badal hajmini aniqlash; proportsional ravishda XVF kreditlari hajmini aniqlash; ovozlar sonini aniqlash uchun xizmat qiladi. Kvotalar hajmi mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi va uning jahon iqtisodiyoti hamda xalqaro savdodagi roliga bog‘liq bo‘ladi. Kvota YAIM, import va eksport hajmi, oltin-valyuta zahiralari hajmi ko‘rsatkichlari asosida hisoblanadi. Kvotalar hajmi har besh yilda qayta ko‘rib chiqiladi. Kvotalar hajmidan kelib chiqqan holda, XVF boshqaruv organlarida ovozlar mamlakatlar o‘rtasida taqsimlanadi. Har bir mamlakat 250 ta ovozga ega va har bir qo‘shimcha 100000 SDR uchun 1 ta ovoz qo‘shib beriladi. Hozirda boshqaruv organida ovozlarning eng ko‘pi AQSHga tegishli -17,7 foiz. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling