Moliya” fanidan savollar va javoblar moliya


Moliyaning funktsiyalari va moliya mexanizmi


Download 136.67 Kb.
bet13/28
Sana22.04.2023
Hajmi136.67 Kb.
#1380469
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28
Bog'liq
молия

45. Moliyaning funktsiyalari va moliya mexanizmi Moliya quyidagi ikki funksiyani bajaradi: 1. Taqsimlash; 2. Nazorat. Bu funksiyalar moliya tomonidan bir vaqtning o’zida amalga oshiriladi. Har qanday moliyaviy operatsiya YaIM va MDni taqsimlash va shu taqsimlash ustidan nazoratning amalga oshirilishini anglatadi. Moliyaviy munosabatlarning asosiy tavsifi ularning taqsimlash xarakteriga ega va shunga muvofiq ravishda moliyaning bosh yoki asosiy funksiyasi taqsimlash funk-tsiyasidir. Moliya yordamida amalga oshirilishi lozim bo’lgan taqsimlash jarayoni murakkab va ko’p qirrali jarayondir. Moliya YaIMni taqsimlashning turli bosqichlariga xizmat qilib, uni birlamchi taqsimlashda va qayta taqsimlashda ishtirok etadi. Moliyaviy metod orqali taqsimlash iqtisodiyotni boshqarishning turli darajalarini (mamlakat, uning alohida olingan mintaqalari va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari miqyosida) qamrab oladi. Unga taqsimlashning turli ko’rinishlarini (xo’jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo va b.) tug’diruvchi ko’p bosqichlilik xosdir.
46. Soliqqa tortishni maqsadga muvofiq ravishda tashkil qilishning A.Smit tomonidan ilgari surilgan to’rt asosiy printsiplari va u soliq kontseptsiyasining maqsadlari. A.Smit davlat xarajatlari siyosatini tanqid qilgan bo’lsa-da, ular ma’lum bir qismi bo’lishining zarurligini e’tirof etgan. Chunki ana shu qism ishlab chiqarishning umumiy shart-sharoitlarini himoya qilishga qaratilgan bo’ladi. Uning ta’limotida soliqlar nazariyasiga katta o’rin berilgan. U soliqqa tortishni maqsadga muvofiq ravishda tashkil qilishning quyidagi to’rt asosiy tamoyillarini ishlab chiqqan:
 soliqlar ularni to’lovchilarning salohiyatiga va kuchiga muvofiq to’lanishi kerak;  soliqlarning miqdori va ularni to’lash muddatlari aniq belgilangan bo’lmog’i lozim;
 soliqlarni undirilish vaqti soliq to’lovchi uchun qulay bo’lmog’i zarur;
 soliqlarni undirishda ularni undirish xarajat-larining minimalligini ta’minlamoq kerak
47. O’zbekistonda moliyaviy siyosatning hozirgi kundagi asosiy vazifalari. Ishlab chiqilgan davlat moliya siyosati kontseptsiyasining maqsadi Tarixiy taraqqiyotning turli bosqichlarida davlat o’z oldiga qo’ygan vazifalarning mazmuni va talablaridan kelib chiqqan holda moliyaviy siyosatning mazmuni va shakllari ham o’zgarib boradi. Masalan, Sho’rolar moliya-viy siyosati o’zining mohiyati jihatidan tom ma’noda mustamlaka davlatining moliyaviy siyosati edi. Shu sabab sobiq SSSR davrida yuritilgan moliyaviy siyosati O‘zbekiston Respublikasining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga keskin salbiy ta’sir ko’rsatdi. Sobiq Ittifoq moliyaviy siyosatning yana bir o’ziga xos xususiyati shunda ediki, u davrda mamlakat taraqqiyotini ta’minlashda moliyaviy siyosatning roliga etarlicha baho berilmadi. Jamiyat hayotining barcha jabhalarida va eng avvalo, iqtisodiy sohada moliyaviy munosabatlarning roli buzib ko’rsatildi. Moliya va moliyaviy dastaklarning faol roli inkor etilib, moliyaviy siyosat mamlakat oldida turgan muammolarni hal qilishga qaratilgan zarur usullarni ishlab chiqishga ojizlik qilib qoldi. Uzoq davrga mo’ljallangan kontseptsiyalarni ishlab chiqishda iqtisodiy samaradorlik o’rniga ko’proq siyosiy g’oyalarning asos qilib olinishi, shu bois iqtisodiy jihatdan kam samara beradi-gan, qisqa muddatli foyda olishni ko’zlab amalga oshirilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotni qiyin ahvolga olib keldi.

Download 136.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling