Moliya” fanidan savollar va javoblar moliya


Strategik rejalashtirish va strategik maqsadlar. Investitsiyalarni rejalashtirish. Investitsion loyiha


Download 136.67 Kb.
bet10/28
Sana22.04.2023
Hajmi136.67 Kb.
#1380469
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
Bog'liq
молия

35. Strategik rejalashtirish va strategik maqsadlar. Investitsiyalarni rejalashtirish. Investitsion loyiha Strategik moliyaviy rejalashtirish o’z ifodasini stra-tegik moliyaviy rejalarda topadiki, u tashqi va ichki muhitda o’zgarayotgan xo’jalik yuritish sub’yekti moliyaviy taraqqiyotining ko’p variantli bashoratidan iboratdir. Investitsiyalarni rejalashtirish korxonaning investitsiya boshqaruvining markazidir. Haqiqiy investitsiya loyihalari va dasturlarini amalga oshirish, mablag'larni moliyaviy aktivlarga joylashtirish bo'yicha barcha investitsiya qarorlari, shuningdek ularni moliyalashtirish to'g'risidagi qarorlar bir -biri bilan ob'ektiv bog'liqdir, bu ularni alohida qabul qilib bo'lmaydi va bu qarorlarni bog'lash uchun rejalashtirish vositalaridan foydalanish kerak. .
36. Moliya bozorining rivojlanishi.Moliyaviy siyosat va real moliyaviy imkoniyatlar. Moliya bozorining rivojlanishi munosabati bilan milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va umumdavlat ehtiyojlarini qondirish uchun aholi, korxona va tashkilot-larning pul daromadlari va jamg’armalarini yanada kengroq jalb etish zarur. Shu munosabat bilan Davlat obligatsiyalari va xazina biletlarini chiqarish ham davlat resurslarining hajmini ko’paytiradi.
Moliyaviy siyosat real moliyaviy imkoniyatlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi va amaliyotga tatbiq etilishi zarur. Xarajatlar miqdori moliya resurslari ko’paygani-dagina o’sishi mumkin. Bu, eng avvalo, ishlab chiqarishni moliyalashtirishni bildiradi. Iqtisodiy va moliyaviy siyosatning hamma tadbirlari, bir tomondan, aholiga o’z daromadlarini oshirish imkoniyatini berish, ikkinchi tomondan esa, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirpsh uchun maqbul sharoitlarni yaratishga qaratilishi kerak.
37. Moliyaviy bashoratlash metodlari. Moliyaviy dasturlashtirish Moliyaviy bashoratlash turli usullarning qo’llani-lishini taqozo etadi. Ularning eng asosiylari quyidagilar bo’lishi mumkin:  iqtisodiy jarayonlarni aniqlaydigan omillarga bog’liq ravishda moliyaviy reja ko’rsatkichlarining dinamikasini xarakterlaydigan ekonometrik modelni yaratish;  korrelyatsion-regression tahlil;  bevosita ekspertli baholash metodi. Asosida aniq shakllantirilgan maqsad va unga erishishning vositalari yotgan dasturli-maqsadli yondashuv-dan foydalanadigan moliyaviy rejalashtirishning metodi sifatida moliyaviy dasturlashtirish quyidagi-larning bo’lishini ko’zda tutadi:  yo’nalishlar bo’yicha davlat xarajatlarining ustuvor-larini belgilash (o’rnatish);  davlat mablag’lari sarflanishining samaradorligini oshirish;  muqobil variantning tanlanishiga muvofiq ravishda moliyalashtirishni to’xtatish. Moliyaviy dasturlashtirish rivojlangan mamlakatlarda o’tgan asrning 60-yillaridanoq foydalanib kelinayapti. Uning asosiy mohiyati besh yillik “o’zgarib turadigan” xarajatlar rejasini tuzish bilan belgilanadi. Har yili joriy yil rejasi ko’rsatkichlarining kutilayotgan ijrosi asosida reja o’zgartiriladi (korrektirovka qilinadi). Bunda ko’rsatkichlar besh yillik shkala bo’yicha bir yil oldinga (hisobot yilidan keyingi yilga) “ko’chiriladi”. Oldinda turgan birinchi yilning reja ko’rsatkichlari direktiv (majburiy), keyingi to’rt yillik ko’rsatkichlar esa mo’ljalli (orientirovkali) xarakterga ega hisoblanadi.

Download 136.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling