Moliya Instituti "Buxgalteriya hisobi va audit"


Download 28,94 Kb.
bet1/10
Sana04.02.2023
Hajmi28,94 Kb.
#1158452
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Toshkent Moliya Instituti “Buxgalteriya hisobi va audit” fakulte

Toshkent Moliya Instituti “Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti


Xba-60 guruh talabasi Normuhammedova Madinaning
MUSTAQIL ISHI


Mavzu: “Byudjet nazorati” fanining predmeti va metodi.

1. “Byudjet nazorati” fanining predmeti va metodi.


Hozirgi kunda bizning mamlakatda moliyaviy nazorat, mustaqil audit, buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlil maxsus iqtisodiy fanning alohida segmentlari hisoblanadi. Bularning har biri o’z predmeti, izlanish usullari va amaliy qo’llanish jabhalariga ega. Shu bilan birga ularning bog’liqlik jihatlari va oldidagi maqsadning umumiy jabhalari mavjud, ya’ni to’g’ri boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun aniq ma’lumotlar berish va iqtisodiy samaradorlikni oshirish yo’llarini aniqlash shular jumlasidandir.


Nazorat - bu keng tushuncha bo’lib maxsus kuzatish tizimidan iborat boshqaruv funksiyalarining biridir. Uning asosiy maqsadi malumotni taqqoslash, o’zgarishlarni aniqlash va baholashdan iborat.
Nazorat sub’ektlari – nazorat funksiyalarini bajaruvchi maxsus tashkilotlardir.
Nazorat ob’ektlari – moliyaviy-xo’jalik-tijorat tashkilotlari, birlashmalaridir.
Nazoratning uch turi mavjud: dastlabki nazorat, joriy nazorat va keyingi nazorat.
Dastlabki nazorat – bunda reja, dastur va smetalarning tuzilishi nazoratdan o’tkaziladi.
Joriy nazorat – maxsus organlar tomonidan tezkor amalga oshirib turiladi. Masalan buxgalteriya hisobining asosiy funksiyalaridan biri nazorat bo’lib, ko’p jihatdan buxgalteriya hisobi tuzilmasini to’g’ri tashkil qilinishiga bog’liq.
Keyingi nazorat – bu o’tgan davrdagi faoliyatni tekshirishdir, masalan xo’jalik faoliyatini kompleks taftish yoki moliyaviy audit.
Moliyaning qiymat xarakteriga ega bo’lishi moliyaviy nazoratni taqazo etadi. Bu moliyaning nazorat funksiyasidan kelib chiqadi va doimiy davlat boshqaruvini talab qiladi.
Moliyaviy nazorat davlat boshqaruvining maxsus tizimidir. Uning usullari, ko’rinishlari va o’tkazish tartibi doimo takomillashib boradi.
Moliyaviy nazorat – bu davlat tomonidan tashkil etilgan kuzatish tizimi bo’lib unga davlat, mustaqil va jamoa tuzilmalari kiradi. Ular davlat xokimiyati organlari, korxona va tashkilotlar faoliyati samaradorligini, saloxiyati zaxiralarini, davlat budjeti xarajatlarini, qonun va me’yoriy xujjatlarga rioya etilishini nazorat qilishadi.
Moliyaviy nazorat tizimiga: Davlat nazorati, idoraviy nazorat va mustaqil audit kiradi.

Download 28,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling