Moliya instituti


Download 56.44 Kb.
Sana16.09.2023
Hajmi56.44 Kb.
#1679369
Bog'liq
Gulamov Ulug\'bek


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MOLIYA INSTITUTI

Fan nomi: Soliqlar va soliqqa totish


MUSTAQIL ISH

Iqtisodiyotni tartibga solishda soliqlarning rag’batlantiruvchanlik ahamiyatini oshirish
mavzusida

Guruh: Smmt-95/21
Bajardi: Gulamov Ulug’bek

Toshkent – 2023

Reja:
Kirish
1. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va diversifikatsiya qilish
2. Iqtisodiyotni tartibga solishda soliqlarning rag’batlantiruvchanligi
3. Iqtisodiyotni tartibga solishda soliqlarning rag’batlantiruvchanlik rolini oshirish
4. Xulosa
5. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Iqtisodiyotning mafkuradan xoli bo’lishi, iqtisodiyotning siyosatdan ustunligida o’z ifodasini topgan pragmatik iqtisodiy siyosat, davlatning bosh islohotchi vazifasini o’z zimmasiga olishi, qonun ustuvorligini ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosat olib borish, islohotlarni bosqichma-bosqich va vazminlik bilan amalga oshirish kabi tamoyillar asosida iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralarni egallashi uchun kuchli turtki beradigan va jahon bozorida raqobatdoshligini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini joriy qilish masalalari hal qilinmoqda. Yuqorida belgilangan masalalarni hal qilish maqsadida Hukumatimiz tomonidan respublikamizda xususiy va kichik biznesni rivojlantirish, elektroenergetika tizimini modernizatsiya qilish, energiya iste’molini kamaytirish va energiya tejashning samarali tizimini joriy etish, ichki bozorda talabni rag’batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash, import o’rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmini oshirish, asossiz import hajmini qisqartirish, eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarishlarni har tomonlama qullab – quvvatlash choralari ishlab chiqilmoqda. Shunday chora-tadbirlardan biri soliqlarning rag’batlantiriuvchanlik rolini oshirishdir. Bugungi kundagi soliq tizimi ishlab chiqarishni rivojlantirishni, moddiy xom ashyo resurslari, shuningdek moliyaviy va mehnat resurslari, jamg’arilgan mol-mulkdan samarali foydalanishni rag’batlandiradi. Makroiqtisodiy barqarorlikka rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi, ya’ni soliq yukini kamaytirish orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moliyaviy ahvolni mustahkamlashga va investitsiya faoliyatini jonlantirishga rag’batlantiradi. Soliqlarning rag’batlantirish funktsiyasi orqali davlat xalq xo’jaligi taraqqiyotini rag’batlantiradi. Ishlab chiqarishni soliqlarning rag’batlantirish funktsiyasi orqali rag’batlantirib, davlat oqilona soliq siyosatini olib borish bilan soliq yukini kuchaytirmasdan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning erkin faoliyat ko’rsatishi ta’minlanadi. Ammo, soliqlarning rag’batlantiruvchanlik funktsiyasini doimi o’rganib borish zrurati mavjud. Chunki, amaldagi soliq qonunchiligida ayrim berilgan soliq imtiyozlari ko’zlangan natija bermasligi, ayrim sohalarni rivojlantirish zarurligi mavjud. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va diversifikatsiya qilish Iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralarni egallashi uchun kuchli turtki beradigan va jahon bozorida raqobatdoshligini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini joriy qilish asosiy ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Bu borada Hukumatimiz tomonidan ko’plab dasturlar ishlab chiqilgan va har yili Prezidentimiz tomonidan yil yakunlari bo’yicha qilgan ma’ruzalarida ustuvor vazifalar to’g’risida taakidlab o’tadilar. Bugungi kunda iqtisodiyotimizni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, uning raqobatdoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan muhim ustuvor loyihalarni amalga oshirish bo’yicha Dastur ishlab chiqilmoqda. Shu borada, 2014 yilda umumiy qiymati 2.7 milliard AQSh dollaridan ziyod bo’lgan qariyb 150ta investitsiya loyihasi bajarilgan. Dasturga kiritilishi mo’ljallanayotgan bu loyihalar avvalambor yoqilg’ienergetika, kimyo, neft-gazni qayta ishlash, metallurgiya tarmoqlariga, engil va to’qimachilik sanoati, qurilish materiallari sanoati, mashinasozlik va boshqa sohalarga tegishlidir. Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi innovatsion va energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish va jahon bozorida talab mavjud bo’lgan yangi turdagi tovarlar ishlab chiqarishni o’zlashtirish hisobidan qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarish, yillik eksportni ko’paytirish, yalpi ichki mahsulot hajmini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi. Bugungi kundagi asosiy vazifa – yangi loyihalarni qisqa muddatlarda barcha manfaatdor tuzilmalar, birinchi navbatda, xorijiy investorlar bilan birgalikda Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А. Каримовнинг мамлакатимизни 2013 йилда ижтимоийиқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2014- йилга мўлжалланган иқтисодий дастурларнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги маърузаси,Халқ сўзи, 2014 йил 18 январ 6 batafsil ko’rib chiqish, ular bo’yicha kelishuvlarni oxiriga etkazish va strategik muhim dasturning qabul qilinishini tezlashtirishdan iborat. Bugungi kunda iqtisodiy dasturlarning yana bir muhim ustuvor yo’nalishi – boshlangan tarkibiy o’zgarishlarni va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish jarayonlarini davom ettirish hisoblanadi. Prezidentimiz iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirish va diversifikatsiya qilish jarayonlari borasidagi islohot va yangilanishlar yo’nalishini 2000 yildayoq belgilab olinganligini, biroq jahon iqtisodiy inqirozi ishlab chiqarishni muntazam yangilab, modernizatsiya qilib borish zaruratini kun tartibiga yanada o’tkir qilib qo’yayotganligini, buning uchun bor kuch-imkoniyatimiz va resurslarimizni safarbar etishimiz zarurligini qayd etdilar. Shuningdek, bu borada misol keltirib, Toshkent, Navoiy va Tollimarjondagi uchta issiqlik elektr stantsiyasida mavjud bo’lgan tejamkorligi past gaz qurilmalari o’rniga zamonaviy bug’-gaz qurilmalarini barpo etish loyihalarini amalga oshirish uchun katta investitsiya kerak bo’lishi, lekin issiqlik energiyasi ishlab chiqarishda energiya manbalaridan foydalanish hajmini jahon standartlari darajasida qisqartirishga erishadigan bo’lsak, bundan keladigan samara sarf qilingan xarajatlarni har jihatdan to’la qoplashini, shuning uchun ham ushbu loyihalar ijrosini jadallashtirish ustida qattiq ishlash zarurligini ta’kidladilar. Mahalliy organlar va tarmoq tuzilmalari rahbarlari tomonidan sifatsiz mahsulotni ishlab chiqarish, eskirgan texnika va texnologiya asosida zarar ko’rib ishlayotgan korxonalarni saqlab qolish uchun urinishlariga mutlaqo yo’l qo’yib bo’lmaydi. Bunday korxonalar aksariyati engil va oziq-ovqat sanoati sohasida saqlanib qolmoqda. Holbuki, bu sohalarda tez o’zgaruvchan bozor talabi texnika va texnologiyani uzog’i bilan 5-7 yilda, rivojlangan mamlakatlarda esa bundan ham qisqa muddatlarda o’zgartirishni talab etadi. Bunday vaziyatni mazkur korxonalarni bankrot deb e’lon qilish yo’li bilan tubdan o’zgartirish darkor. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18-noyabrdagi PF-4053 sonli «Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmonida ko’zda tutilgan iqtisodiy 7 nochor korxonalarni moliyaviy sog’lomlashtirish, modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayoniga tijorat banklarining mablag’larini kengroq jalb qilishni yo’lga qo’yish tadbirlari muhim hisoblanadi. Qarorda Respublika Komissiyasining qarori asosida bankrot korxonalarni tijorat banklariga sotish yoki to’g’ridan-to’g’ri balansiga berishning 3 ta mexanizmi ko’zda tutilgan: 1) bankrot korxona kreditorlik qarzi tarkibining 70% va undan ortiq qismini bank kreditlari tashkil etsa, u holda korxonani tijorat banklari balansiga berish; 2) bankrot korxonani auktsion savdolari orqali eng yuqori narxni taklif qilgan va tegishli majburiyatni o’z zimmasiga olgan tijorat banklariga sotish; 3) bankrot korxonani tanlov savdolari orqali tijorat banklariga «nol» qiymatda investitsion majburiyat sharti bilan sotish. Ushbu tadbirlar mamlakatimizdagi bankrot korxonalarni tarkibiy qayta tuzish hamda yangi xo’jalik faoliyatini yo’lga qo’yish jarayonlarini sezilarli darajada tezlashtirdi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 19 noyabrdagi F-4010 sonli «Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish to’g’risidagi tartibni tasdiqlash to’g’risida»gi Farmoyishi bilan iqtisodiy nochor korxonalarning moliyaviy qobiliyatini tiklash bo’yicha bir qator imtiyozlar (ko’maklar) berilgan. Jumladan, ushbu Farmoyishga ko’ra bankrot korxonalar negizida yangi tashkil etilgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar: - qo’shimcha qiymat solig’idan ozod qilindi; - uch yil davomida foyda solig’i, yagona soliq to’lovi, mulk solig’i va er solig’larini to’lashdan ozod qilindi; - boshqaruv kompaniyalarga berilganda foyda solig’i va yagona soliq to’lovidan ikki yil davomida ozod qilindi. Buning natijasida sobiq bankrot hisoblangan, endilikda tarkibiy qayta tuzish orqali faoliyatini yangilagan korxonalarning ko’rsatkichlarida sezilarli o’zgarishlar ro’y berdi. 8 Shuningdek, yuqorida qayd etilgan me’yoriy hujjatlar orqali tijorat banklariga ham muayyan imkoniyatlar berilgan. Jumladan: bankrot korxona negizida ustav jamg’armasi 100% gacha bo’lgan yangi korxona tashkil etish; bankrot korxonaning tugatilishi munosabati bilan unga avval berilgan, qoplanmagan kreditini, shu jumladan Hukumat kafolati bilan berilgan kredit summasini bank kengashining qarori bilan hisobdan chiqarish; bankrot korxona uchun malakali boshqaruv kompaniyasini tuzish va jalb qilish; bankrot korxonani tugatish bahosida sotib olib, uning faoliyatini tiklab, qaytadan bozor bahosida sotish va h.k. Ayni payta mazkur jarayonning samaradorligini va ta’sirchanligini ta’minlash maqsadida tijorat banklariga bir qator majburiyatlar yuklangan. Jumladan:
1) tijorat banklari balansiga o’tkazilgan bankrot korxonalarni tiklash, texnik va texnologik modernizatsiya qilish va ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, zarur bo’lganda korxonani to’liq restrukturizatsiya qilish orqali faoliyat yo’nalishini o’zgartirish, strategik hamkorlar va investorlarni jalb qilishni nazarda tutuvchi biznes-rejalarni ishlab chiqish;
2) yollangan har bir korxona boshqaruvchisi ishlab chiqarishda kutilgan natijalarga erishishi orqali ishlab chiqarishlarga zamonaviy va yuqori malakali boshqaruvchilarni jalb qilish ishlarini olib borishi;
3) banklar tasarrufiga berilgan bankrot korxonalari kelgusi faoliyati ustidan Respublika komissiyasida hisobot berishlari yo’lga qo’yilgan.
Prezidentimiz o’z asarlarida xizmat ko’rsatish va kichik biznes sohasini aholi bandligini ta’minlash va hayot darajasini oshirishning eng muhim omili sifatida yanada jadal rivojlantirish – ustuvor vazifa bo’lib qolishi haqida taakidlaydilar. Kichik biznesni yanada qo’llab-quvvatlash vazifasi har qachongidan ko’ra muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki kichik biznes yangi-yangi ish o’rinlarini yaratib, bizning sharoitimizda ish bilan band aholi daromadining 70 foizdan ortig’ini tashkil etmoqda. 9 Ushbu chora-tadbirlar soliq va kredit imtiyozlari bilan bir qatorda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay biznes muhitini yaratish maqsadida institutsional islohotlarni yanada chuqurlashtirishni ham o’z ichiga oladi. Jumladan, yangi tashkil etilayotgan kichik va xususiy korxonalarni qo’llabquvvatlash maqsadida Imtiyozli kredit jamg’armasining resurs bazasini ikki barobar oshirish ko’zda tutilgan. Buning natijasida kichik biznes sub’ektlariga ajratilgan kreditlar miqdori yildan-yilga sezilarli darajada oshib bormoqda. 2014 yilning 1 yanvaridan sanoat sohasida faoliyat ko’rsatayotgan kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lov stavkasi 6 foizga kamaytirildi, moliyaviy, maishiy va boshqa xizmatlarni ko’rsatayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq to’lovidan 3 yil muddatga ozod etildi. Bunda mikrofirmalar va kichik korxonalar, nodavlat xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni oladigan dividendlarining investitsiyalarga, avval olingan kreditlar uchun hisob-kitob qilishga yo’naltiriladigan qismi 5 yil muddatga soliqdan ozod etildi. Shuningdek, yagona soliq to’lovi stavkasi borish qiyin bo’lgan va tog’li hududlardagi chakana savdo, ulgurji va chakana savdo faoliyatini yurituvchi dorixonalar uchun 1 foizgacha pasaytirildi. Borish qiyin bo’lgan va tog’li hududlarda tadbirkorlik faoliyatini ro’yxatdan o’tkazish yig’imi belgilangan stavkaning 20 foizi miqdorida, savdo korxonalaridan esa minimal oylik ish haqi miqdorida undirish belgilandi. O’tgan yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash borasida ijobiy o’zgarishlarga erishildi. So’nggi yillarda respublikada kichik biznes, tadbirkorlikni qo’llab-quvatlash va rag’batlantirish borasida hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan izchil tadbirlar, xizmat sohasidagi alohida olingan tarmoqlarini rivojlantirish bo’yicha qabul qilinayotgan qator dasturiy yo’nalishlar xizmat ko’rsatish va servis sohasini, shuningdek maishiy xizmat ko’rsatish sohasining yuqori sur’atlar bilan 10 rivojlanishiga olib kelmoqda. 2014 yilda 26 ming kichik biznes sub’ektlari tashkil qilinib, ularning umumiy soni 190 ming taga etgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqildi va quyidagi asosiy yo’nalishlar belgilab berilgan: - xizmatlar ko’rsatish sohasida tadbirkorlikning faoliyatini yanada kuchaytirish uchun qulay shart-sharoit yaratish; - xizmatlar hajmining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 49 foizga etkazish; - qishloq joylarda istiqomat qilayotgan aholiga ko’rsatilayotgan xizmatlar turlarini ko’paytirib borish; - an’anaviy xizmat turlari bilan birgalikda yangi istiqbolli – yuridik, konsalting, bank, moliya, sug’urta, lizing va baholash xizmat turlarini jadal rivojlantirish; - mamlakatimiz korxonalarining xalqaro bozordagi xizmatlari darajasini va sifatini oshirish hamda shu asosda xizmatlar eksportini ko’paytirish; - xizmatlar va servis sohasida ishlaydigan kadrlarni tayyorlash va ular malakasini oshirishni har tomonlama qo’llab-quvvatlash. Bundan tashqari yangi xizmat turlari, jumladan, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay muhit yaratishda zarur bo’lgan moliyaviy, lizing, konsalting, yuridik va boshqa xizmatlar etarli darajada rivojlanmayapti. Turistik xizmat ko’rsatish sohasida beqiyos imkoniyatlar mavjud bo’lishiga qaramay ushbu soha o’ta sekin rivojlanmoqda. Xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish bo’yicha hududiy dasturlarni tubdan qayta ko’rib chiqish va qishloq joylarda ularni aholi, ayniqsa, yoshlar bandligining, qishloqda hayot darajasini oshirishning muhim omili sifatida jadal rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar ko’rish zarur. 2 Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А. Каримовнинг мамлакатимизни 2013 йилда ижтимоийиқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2014- йилга мўлжалланган иқтисодий дастурларнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги маърузаси,Халқ сўзи, 2014 йил 18 январ 11 Bu boradagi eng asosiy vazifa vaziyatga tadbirkor nuqtai nazaridan qarash, ya’ni unga o’z ishini rivojlantirish uchun nima to’sqinlik qilayotgani va davlat tomonidan qanday yordam kerakligini aniqlash lozim. Xususiy sektorga qishloq joylarda ko’rsatilayotgan xizmatlar turlarini kengaytirish uchun zarur shartsharoitlarni yaratishga ham alohida ahamiyat berish darkor. Prezidentimiz o’z asarlarida yana bir eng muhim ustuvor vazifa – bu mamlakatimizni modernizatsiya qilish va aholi bandligini oshirishning muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirishdan iborat ekanligini belgilab berdilar. Mazkur ustuvor vazifaga alohida e’tibor qaratishning bir qator sabablari mavjud. Jumladan: Birinchidan, infratuzilmani rivojlantirish yangi korxonalarni joylashtirish va butun iqtisodiyotni taraqqiy ettirish uchun zarur qulay shart-sharoitlar yaratadi, mamlakatimizning boy mineral-xomashyo resurslarini o’zlashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi. Ikkinchidan, ishlab chiqarish infratuzilmasi, avvalambor, avtomobil va temir yo’llarning rivojlangan tizimi, ularning samarali faoliyati ishlab chiqarishdagi umumiy xarajatlarni kamaytirishning muhim sharti va omilidir. Bu esa, o’z navbatida, ishlab chiqarilayotgan mahsulot va butun iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshiradi. Uchinchidan, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholini toza ichimlik suvi, energiya bilan ta’minlash, ijtimoiy soha ob’ektlarini barpo etish, pirovard natijada aholining turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi. To’rtinchidan, infratuzilmani rivojlantirish ko’p mehnat talab qiladigan keng ko’lamli soha hisoblanadi. Bu yangi ish o’rinlarini tashkil etish, aholining, ayniqsa, yoshlarning ish bilan bandligini ta’minlash, odamlarning daromadi va farovonligini oshirish imkonini beradi. Bundan ko’rinadiki, mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash, iqtisodiyotning real sektorini yanada rivojlantirish ko’p jihatdan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan ta’minlanganlik darajasiga bog’liq.Iqtisodiyotni tartibga solishda soliqlarning rag’batlantiruvchanligi Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi sharoitida soliqlarning ikkinchi muhim funktsiyasi ularning iqtisodiyotdagi tartibga soluvchilik roli hisoblanadi, ya’ni davlat soliqlar orqali tovarlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va sotishning iqtisodiy shart-sharoitini tartibga soladi va bu bilan xalq xo’jaligi tarmoqlarining iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun muayin «soliq muhiti» ni yaratadi. Ushbu funktsiya orqali soliq tizimiga ta’sir ko’rsatadi, ya’ni muayyan tarmoqda ishlab chiqarish sur’atlarini rag’batlantiradi yoki jilovlab turadi, sarmoyaning bir tarmoqdan soliq muhiti eng ma’qul bo’lgan boshqa tarmoqqa qo’yilishini kuchaytiradi yoki pasaytiradi, shuningdek aholining to’lovga qobil talabini kengaytiradi yoki kamaytiradi. Soliqlarning tartibga soluvchi sifatidagi funktsiyasining ahamiyati bozor sharoitida o’sib boradi, bu davrda tadbirkorlarni ma’muriy qaram qilish usullari yo’q bo’lib ketadi yoki juda oz holda qoladi, korxonalar faoliyatini farmoyishlar, ko’rsatmalar va buyruqlar yordamida idora qilish huquqiga ega bo’lgan «yuqori tashkilot» tushunchasining o’zi asta-sekin yo’qola boradi. Biroq iqtisodiy faollikni izga solib turish, uning rivojlanishini jamiyat uchun maqbul bo’lgan yo’nalishda rag’batlantirish zarurati saqlanib qoladi. Mamlakat iqtisodiyotida qulay investitsiya muhitini yaratishga ko’maklashish. O’zbekiston Respublikasida soliqning ushbu vazifasini bajarishi o’ziga xos xususiyatlarga ega. Asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, hozirgi kunda sarmoyalarning asosiy qismi savdo va xizmatlar sohasiga yo’naltirilayotganligi tashvishli holdir. Buning asosiy sababi foyda normasining bu sohalarda kattaligidir. Soliq sarmoyalarni bevosita mahsulot ishlab chiqarish sohasiga yo’naltirishning qudratli vositasi bo’lishi kerak. Aholining mehnat faolligini rag’batlantirish. Soliq deyarli barcha mamlakatlarda ushbu vazifani bajaradi. Chunki ular aholi daromadlarini tartibga solishning muhim vositasi hisoblanadi. Daromadlardan olinadigan soliq stavkalarining eng yuqori cheharasini sezilarli darajada pasaytirish ishchi kuchining taklifi bilan bog’liq salbiy oqibatlarning oldini olishi mumkin. 70 - 80 yillarda Shvetsiyada soliq stavkalarining aholi daromadlariga progressiv ravishda qo’llash malakali ishchilarning boshqa mamlakatlar tomon migratsiyasiga olib kelgan. - Iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish maqsadida daromadlarni taqsimlashning samaradorlik va adolat printsiplari o’rtasidagi muvofiqlikka erishish. Amaldagi soliqga barqarorlik va moslanuvchan soliq stavkalarining xosligi soliqning uzoq muddatli vazifalarini amalga oshirishga zamin yaratadi. Milliy va xorijiy investorlar kapital qo’yilmalarini amalga oshirar ekan, ular o’zlarining soliq majburiyatlarini aniq bilishi kerak. Soliq turlari va stavkalari barqaror va tez-tez o’zgarmaydigan bo’lishi kerak. Soliq tizimiga mustahkam ishonch bo’lmagan taqdirda uzoq muddatli investitsiyalarning harakati susayadi. Yuqorida aytib o’tganimizdek, soliqning byudjetga ijobiy ta’siridan tashqari, muhim iqtisodiy islohatlarni amalga oshirish sohasida ham ulardan faol foydalanish mumkin. Narx-navoning isloh qilinishi, tashqi savdoning erkinlashtirilishi, mehnat bozorining isloh qilinishi va hokazolar yangi paydo bo’lgan tijorat strukturalarini moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlash zaruriyatini yuzaga keltiradi. Bu vazifani Soliq stavkalarining tabaqalashtirish yo’li orqali hal etish mumkin. Shunday qilib, soliqning vazifalari ularni amalga oshirish muddatiga qarab, qisqa muddatli, o’rta va uzoq muddatli vazifalarga bo’linadi. Bu vazifalar mazmuniga ko’ra bir-biridan farq qiladi. Soliq nafaqat davlat byudjetining tushumlariga bo’lgan ehtiyojlarni qondirishga balki davlat daromadlarini byudjetning o’rta muddatli rejada hayotiyligini yaxshilash maqsadida moslashuvchanligini amalga oshirishga ham xizmat qilishi mumkin. Soliqlarning rag’batlantiruvchanligi soliq imtiyozlari va soliq stavkalari orqali amalga oshiriladi. Iqtisodiyotni tartibga solishda soliqlarning rag’batlantiruvchanlik rolini oshirish Respublikamizda soliq tizimini takomillashtirish jarayonida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan soliq yukini izchil kamaytirishga alohida e’tibor qaratish lozimligi ko’p bora ta’kidlanmoqda. Bunda birinchi navbatda ularning daromadlaridan undiriladigan bevosita soliqlarning salmog’ini kamaytirish lozimligi alohida ahamiyatga ega. Buning natijasida korxonalar ixtiyorida qoladigan mablag’lar ulushining ko’payishi evaziga uning aylanma mablag’lari miqdorini ko’paytirib borish va optimal darajasini saqlash, ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish, uning samaradorligini oshirish maqsadida ko’proq investitsiya kiritish, xodimlar mehnatini yanada rag’batlantirish imkonini beradi. Bevosita soliqlar bo’yicha soliq yukini izchil kamaytirish soliq siyosatining samaradorligini YaIM ga nisbatan ular tushumining barqaror kamayishi tendentsiyasi ham isbotlaydi. Soliq tizimini takomillashtirishda ustuvor ahamiyat bilvosita soliqqa tortishga qaratilgan. Bilvosita soliqlar tovarlarga nisbatan qo’shimcha bo’lgani holda, pirovard natijada ishlab chiqaruvchining moliyaviy holatiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatmaydi hamda ishlab chiqarishni rivojlantirishga to’sqinlik qilmaydi. Soliq tizimi ho’jalik yurituvchi sub’ektlarni, jumladan, chet el sub’ektlarini, ishlab chiqarishni rivojlantirish, uskunalar va zamonaviy texnologiyalar sotib olish uchun mablag’ yo’naltirishni, ya’ni kapital jamg’arish va shu yo’l bilan texnologiyalarni takomillashtirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni rag’batlantirishi lozim. Soliq tizimi resurslarning samarali taqsimlanishiga to’sqinlik qilmasligi hamda xo’jalikni mustaqil yuritish omillarini cheklab qo’ymasligi lozim. Agar soliqlar katta bo’lgani uchun tadbirkorlarning ishlab chiqarishni kengaytirishdan, 15 boshqa turdagi iqtisodiy faoliyat ko’rsatishdan manfaatdorligiga putur etkazsa, mamlakat iqtisodiyoti pastga qarab ketishi xavfi tug’iladi. Soliqlar miqdori haddan tashqari katta qilib belgilansa, ishlab chiqarish hajmlari kamayib ketadi, bu jarayon zahiralar, banklardagi pul mablag’larining barakasi uchishiga, ilgari to’plangan mablag’larning eyilib ketishiga olib keladi. Soliqqa tortish, agar u, birinchidan, ishchi kuchini ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan darajada saqlab turishga zarur bo’lgan iste’molning minimal hajmlariga salbiy ta’sir etsa, ikkinchidan, mehnatga nisbatan iqtisodiy va moddiy rag’batlarning harakat doirasini toraytirib qo’ysa, uchinchidan, jamg’arma miqdorini kamaytirsa va mablag’ning to’planish jarayonini sekinlashtirsa, ishlab chiqarish imkoniyatlarini yomonlashtirib yuborishi mumkin. Soliqqa tortishning keyingi ikki salbiy omilini batafsil ko’rib chiqaylik. Moddiy rag’batlantirishlarga nisbatan soliqqa tortishning noxush ta’sir etishi ish haqi tizimida salbiy alomatlar paydo bo’lishida ko’zga tashlanadi. Yuqori darajada tabaqalashtirilgan soliq stavkalarining qo’llanilishi natijasida xodim tomonidan ana shu moddiy rag’batni qabul qilishdagi oddiylik va maqbullik ko’lami torayib qoladi. Soliqqa tortish bazasi va uning hajmlarini noto’g’ri belgilash xodimlarning malaka oshirishga, ratsionalizatorlik va ixtirochilik faoliyati bilan shug’ullanishga va boshqa sohalarga bo’lgan intilishiga salbiy ta’sir etadi, boisi - mehnatga to’lanadigan haq miqdori, haqiqiy mehnat harajatlarining murakkabligi va xususiyati o’zgarishi befarq bo’lib qoladi. Soliqqa tortishning iqtisodiy omillarga ta’siri ikki xil ko’rinishda bo’ladi hamda qiyosiy oqibat va daromad oqibati shaklida ifodalanadi. Qiyosiy oqibat mehnat natijalari, jamg’arish, investitsiyalash, yangi g’oyalarni joriy etish va ishlab chiqarish faoliyatining boshqa xil ko’rinishlari bilan shug’ullanish uchun nisbatan kamroq darajada rag’batlantirishda namoyon bo’ladi. Ayniqsa progressiv (oshib boruvchi) soliqqa tortishda bunday oqibatning rag’batlantirishga zid ta’siri yaqqol ifodalanadi. 16 Dunyodagi bir qator mamlakatlarda kapitaldan kelgan daromad va iste’molga qarab soliqqa tortishni ko’zda tutgan soliq islohoti o’tkazilmoqda. Soliqqa tortishning salbiy ta’sirini silliqlash maqsadida ishchi kuchini taklif etish sohasida ish haqi ko’rinishidagi daromadlardan olinadigan soliqlarning eng yuqori qilib belgilangan stavkalari pasaytirilmoqda. Jamg’arish va investitsiyalashga soliqlarning ta’sir etishi borasida ham muayyan yutuqlarga erishildi. Soliqlarning ta’siri investitsiyalar tarkibida ham yaqqol seziladi. Turli ko’rinishdagi aktivlar uchun joriy etilgan har xil soliq tartiblari investitsiya imkoniyatlari va sarmoyadorlarning portfeli tarkibida sezilib qoladi. Soliq tizimidagi kamchilik va nuqsonlar iqtisodiy o’sish sur’atlarining pasayib ketishiga olib kelishi mumkin, bu hol pirovard natijada davlat byudjeti daromadlarining o’zgarishiga ham ta’sir etmay qolmaydi. Soliqqa tortishdagi og’irlikni kapitaldan shaxsiy jamg’arishga o’tkazishning umumiy ta’sirini bir xil ma’noda baholash qiyin, jamg’armaning umumiy hajmi uchun kelib chiqadigan oqibatlar soliq tushumlarining hukumat tomonidan ishlatilish xususiyatiga bog’liq bo’ladi.

Xulosa
Mamlakatimizda tarkibiy o’zgarishlarni va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish jarayonlarining davom ettirilishi barqaror va mutanosib iqtisodiy o’sishni ta’minlash, milliy iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish hamda jadal taraqqiyotga erishishning muhim omili hisoblanadi. Kichik biznesning ixcham va harakatchanligi, bozor kon’yunkturasi o’zgarishlari va iste’molchilar ehtiyojlariga nisbatan tez moslasha olishi, yangi ish o’rinlarini yaratish va aholi daromadini oshirish borasida eng qulay va maqbul vositaga aylantiradi. So’nggi yillarda respublikada kichik biznes, tadbirkorlikni qo’llab-quvatlash va rag’batlantirish borasida hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan izchil tadbirlar, xizmat sohasidagi alohida olingan tarmoqlarini rivojlantirish bo’yicha qabul qilinayotgan qator dasturiy yo’nalishlar xizmat ko’rsatish va servis sohasini, shuningdek maishiy xizmat ko’rsatish sohasining yuqori sur’atlar bilan rivojlanishiga olib kelmoqda. Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi sharoitida soliqlarning ikkinchi muhim funktsiyasi ularning iqtisodiyotdagi tartibga soluvchilik roli hisoblanadi. Davlat soliqlar orqali tovarlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va sotishning iqtisodiy shart-sharoitini tartibga soladi va bu bilan xalq xo’jaligi tarmoqlarining iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun muayin «soliq muhiti» ni yaratadi. Muayyan tarmoqda ishlab chiqarish sur’atlarini rag’batlantiradi yoki jilovlab turadi, sarmoyaning bir tarmoqdan soliq muhiti eng ma’qul bo’lgan boshqa tarmoqqa qo’yilishini kuchaytiradi yoki pasaytiradi, shuningdek aholining to’lovga qobil talabini kengaytiradi yoki kamaytiradi. Soliqlarning rag’batlantiruvchanligi soliq imtiyozlari va soliq stavkalari orqali amalga oshiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar


1. O’zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi. “Adolat” , 2016 y.,
2. O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. . “Adolat” , 2016 y.,
3. Vahobov A., Jo’raev A. Soliqlar va soliqqa tortish. //Darslik “SHarq”. 2009. -526 b.
4. Almardonov M., Kuzieva N. Soliqlar va soliqqa tortish. -T.: “Iqtosodmoliya”. 2007.
5. Yuldashev I. Soliq va soliqqa tortish. -T.: Fan va texnologiyalar. 2007.
6. Toshmurodova B. Soliq nazorati. //O’quv qo’llanma. – T.: Iqtisod-moliya. 2007.
7. Vahobov A. Byudjet-soliq siyosati yaxlitligi. //O’quv qo’llanma. -T.: Iqtisodmoliya. 2005.
8. Jo’raev A., Safarov G`. Soliq nazariyasi. //O’quv qo’llanma. –T.: “Iqtisodmoliya”. 2005.
9. Abduraxmonov O., Kushakaev B. Soliq islohotlari: izchillik va tadrijiylik. - T.: “Akademiya”. 2005.
10. Zavalishina I. Soliqlar: nazariya va amaliyot. //O’quv qo’llanma. -T.: “Iqtisodiyot va huquq dunyosi”. 2005.
Download 56.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling