"moliya" kafedrasi furqatov rustam furkatovich budjet tashkilotlari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarish masala
-rasm. Budjet xarajatlari ijrosini tashkil etish
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
budjet tashkilotlari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarish masalalari
6-rasm.
Budjet xarajatlari ijrosini tashkil etish 29
- budjet tashkilotlarining tarmog‘i, shtatlari va kontingentlari bo‘yicha reja bajarilmaganligi; - budjet tashkilotlarining tasdiqlangan shtat jadvalida nazarda tutilgan shtat birliklari to‘ldirilmaganligi; - kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar moliya yili yakuni bo‘yicha to‘liq o‘zlashtirilmaganligi; - budjet tashkilotlari faoliyati to‘xtatib turilganligi, to‘xtatib turilgan davr uchun; 2) davlat moliyaviy nazorati bo‘yicha tadbirlar davomida aniqlangan, budjet tashkilotlarining tasdiqlangan xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan ortiqcha va qonunga xilof ravishda budjetdan ajratiladigan mablag‘larning; 3) qonun hujjatlari qabul qilinishi munosabati bilan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar miqdorlarining qisqartirilishi;
29 O‘zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining VII bo‘lim, 19-bob, 120-moddasi asosida keltirildi. yuridik va moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish kassa xarajatlarini amalga oshirishni, shu jumladan budjetlararo transfertlarni o‘tkazish hisob va hisobot
47
4) moliya yili boshiga tovar-moddiy qimmatliklarning normativdan ortiq zaxiralarining; 5) dotatsiyalar va subsidiyalarni to‘lash uchun mo‘ljallanib, zarurat qolmagan summalariga kamaytiriladi. G’aznachilikda budjet tashkilotlari xarajatlarini to’lash uchun ular tomonidan pul mablag’lari o’tkazilishi quyidagi talablarga asoslangan to’lov topshiriqnomalari bilan G’aznachilik organlari tomonidan amalga oshiriladi:
moliya organlarida ro’yxatdan o’tkazilgan xarajatlar smetalari asosida va budjet mablag’lari bo’yicha budjetdan mablag’ oluvchilarning bank hisobraqamlarida mavjud bo’lgan, xarajatlarning tegishli guruhlari bo’yicha budjet mablag’lari qoldiqlarining summalari doirasida;
ro’yxatdan o’tkazilgan shartnomaga ko’ra to’lanadigan pul mablag’lari summasidan oshmasa; tovarlar (ishlar, xizmatlar) etkazib berilishini va budjetdan mablag’ oluvchining etkazib beruvchidan qarzi mavjudligini tasdiqlaydigan hisobvaraq- fakturalar yoki boshqa hujjatlar, shuningdek budjetdan mablag’ oluvchi zimmasiga etkazib beruvchiga bo’nak to’lovini o’tkazish majburiyatini yuklaydigan hujjatlar bo’lganida;
rekvizitlari etkazib beruvchining shartnomada ko’rsatilgan nomi va rekvizitlariga muvofiq bo’lsa;
ko’rsatilgan bo’lsa. Etkazib beriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun xarajatlarni to’lash bo’yicha to’lovlarni, shu jumladan bo’nak to’lovlarini amalga oshirish uchun budjetdan mablag’ oluvchilar moliya organiga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan to’lov topshiriqnomalarini quyidagi tarzda taqdim etadilar: a) besh nusxada, agar G’aznachilik bo’linmasi va mahsulot etkazib beruvchiga bitta bank filialida xizmat ko’rsatilsa:
48
- birinchi nusxasi - budjetdan mablag’ oluvchining tegishli mansabdor shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan to’lov topshiriqnomasining nusxasi - budjetdan mablag’ oluvchining g’aznachilik bo’linmasiga budjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’idan kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun so’rovnomasi bo’lib xizmat qiladi; - ikkinchi nusxasi - G’aznachilik bo’linmasining rahbari va mas’ul shaxsi tomonidan imzolanadi, g’aznachilik bo’linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi va bank uchun g’azna hisobvarag’idan xarajatlar to’lovini amalga oshirish uchun asos bo’ladi; - uchinchi nusxasi - bank filialining to’langanlik to’g’risidagi belgisi bilan mahsulot etkazib beruvchiga beriladi; - to’rtinchi nusxasi - bank filialining to’langanlik to’g’risidagi belgisi bilan g’azna hisobvarag’idan ko’chirmaga ilova qilinadi va g’aznachilik bo’linmasiga budjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’ida kassa xarajatlarini aks ettirish uchun asos bo’ladi; - beshinchi nusxasi - G’aznachilik bo’linmasining “TO’LANGAN” belgisi bilan va to’langan sana qo’yilgan holda budjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirma bilan birgalikda budjetdan mablag’ oluvchining vakolatli xodimiga beriladi. b) to’rt nusxada, agar G’aznachilik bo’linmasi va mahsulot etkazib beruvchiga har xil bank filiallarida xizmat ko’rsatilsa: - birinchi nusxasi - budjetdan mablag’ oluvchining tegishli mansabdor shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan to’lov topshiriqnomasining nusxasi - budjetdan mablag’ oluvchining g’aznachilik bo’linmasiga budjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’idan kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun so’rovnomasi bo’lib xizmat qiladi; - ikkinchi nusxasi - G’aznachilik bo’linmasining rahbari va mas’ul shaxsi tomonidan imzolanadi, g’aznachilik bo’linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi va bank uchun g’azna hisobvarag’idan xarajatlar to’lovini amalga oshirish uchun asos bo’ladi; 49
- uchinchi nusxasi - bank filialining to’langanlik to’g’risidagi belgisi bilan g’azna hisobvarag’idan ko’chirmaga ilova qilinadi va g’aznachilik bo’linmasiga budjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’ida kassa xarajatlarini aks ettirish uchun asos bo’ladi; - to’rtinchi nusxasi - G’aznachilik bo’linmasining “TO’LANGAN” belgisi bilan va to’langan sana qo’yilgan holda budjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirma bilan birgalikda budjetdan mablag’ oluvchining vakolatli xodimiga beriladi. v) uch nusxada, agar G’aznachilik bo’linmasi hamda unga xizmat ko’rsatuvchi bank orasida “Bank-mijoz” dasturiy majmui yo’lga qo’yilgan bo’lsa: - birinchi nusxasi - budjetdan mablag’ oluvchining tegishli mansabdor shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan to’lov topshiriqnomasining nusxasi - budjetdan mablag’ oluvchining g’aznachilik bo’linmasiga budjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’idan kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun so’rovnomasi bo’lib xizmat qiladi; - ikkinchi nusxasi - G’aznachilik bo’linmasining rahbari va mas’ul shaxsi tomonidan imzolanadi, G’aznachilik bo’linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi va g’azna hisobvarag’idan xarajatlar to’lovini amalga oshirish uchun asos bo’ladi. - uchinchi nusxasi - G’aznachilik bo’linmasining “To’langan” belgisi bilan va to’langan sana qo’yilgan holda budjetdan mablag’ oluvchining shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirma bilan birgalikda budjetdan mablag’ oluvchining vakolatli xodimiga beriladi. Budjet tashkilotlari o’z xarajatlarini to’lash uchun moliya organiga mablag’larni o’z bank hisobraqamlaridan o’tkazish uchun to’lov topshiriqnomalari, hisobvaraq-fakturalar yoki tovar (ishlar, xizmatlar) etkazib berilganligini va budjet tashkilotining etkazib beruvchidan qarzi mavjudligini tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar, shuningdek budjet tashkiloti zimmasiga etkazib beruvchiga bo’nak to’lovini o’tkazish majburiyatini yuklaydigan hujjatlarni taqdim etadilar. Bo’nak to’lovi hisobiga mablag’larni to’lash uchun budjet tashkiloti uning zimmasiga
50
etkazib beruvchiga bo’nak to’lovini o’tkazish majburiyatini yuklaydigan hujjatlarga binoan to’lov topshiriqnomasini taqdim etadi. Budjet tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan to’lov hujjatlari va ularga ilova qilingan hujjatlarni tekshirish, shuningdek to’lov topshiriqnomalarini ijro uchun xizmat ko’rsatuvchi bankka topshirishni moliya organlari, qoidaga ko’ra ular taqdim etilgan kunda amalga oshiradilar. Moliya organlari budjet tashkilotlari taqdim etgan hujjatlarni ularning talablarga muvofiqligi masalasida tekshiradilar. Budjet tashkilotlari taqdim etgan to’lov va boshqa hujjatlar talablarga muvofiq kelmasa, moliya organi ularni budjetdan mablag’ oluvchiga qaytarib, to’lov topshiriqnomalarining orqa tomoniga ularga belgi qo’ymasdan, muvofiq emaslik sabablarini ko’rsatadi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 22 dekabrdagi PQ-1275-sonli Qarorining 25-bandiga muvofiq, 2010 yildan boshlab vazirlik va idoralarning, budjet tashkilotlarining barcha budjetdan tashqari jamg’armalari mablag’larini davlat budjetining g’azna ijrosi mexanizmi bilan qamrab olish amalga oshirilmoqda. Bunda, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag’lari bo’yicha bank hisobvaraqlari yopilib, G’aznachilikda tegishli shaxsiy hisobvaraqlar ochildi. Budjet tashkilotlarining davlat budjetining g’azna ijrosi bilan qamrab olingan budjetdan tashqari mablag’lari quyidagilardan iborat:
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining ijtimoiy nafaqalarni to’lash uchun mablag’lari; Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi;
o’tgan yillar debitorlik qarzlarining tushgan summasi;
maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota- onalardan tushumlar; maktabdan tashqari muassasalarda (musiqa va san’at maktablari) bolalar ta’minoti uchun ota-onalardan tushumlar; 51
xodimlardan, ular ishlayotgan joyida ovqatlanganligi bo’yicha hisob- kitoblardan tushadigan tushumlar; maktab-internatlar va litseylarda bolalarning ta’minoti uchun ota- onalardan tushumlar;
ta’lim muassasalarida o’qishdan tushadigan mablag’lar; vazirlik va idoralarning ajratmalar hisobiga shakllanadigan budjetdan tashqari jamg’armalari;
umumta’lim muassasalarida darsliklar ijarasi to’lovidan tushgan budjetdan tashqari mablag’lar;
turg’un davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan bemorlardan ovqatlanish uchun undiriladigan to’lovlar; taqsimlanishi nazarda tutilgan tushumlar;
boshqa ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to’lovi; boshqa mablag’lar bo’yicha depozitlar;
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2009 yil 4 avgustdagi 69-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009 yil 16 sentyabrda 2007-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan “Davlat budjetining g’azna ijrosi Qoidalari”ning “Budjetdan mablag’ oluvchilarning budjetdan tashqari mablag’lari hisobiga xarajatlarni amalga oshirish” deb nomlangan VIII-bo’limida “Budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarning qabul qilinishi, shuningdek budjetdan tashqari mablag’larning kassa xarajatlari kelib tushgan budjetdan tashqari mablag’lar doirasida amalga oshiriladi va budjet mablag’lari kabi bir xil tartibda rasmiylashtiriladi”, deb belgilab qo’yilgan. Yuqorida tarkibi keltirilgan budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha daromadlar va xarajatlar g’azna ijrosini G’aznachilikda tashkil qilishning o’ziga xos jahatlari quyidagi jadvalda umumlashtirilgan. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling