"moliya" kafedrasi furqatov rustam furkatovich budjet tashkilotlari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarish masala


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/50
Sana02.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#189792
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   50
Bog'liq
budjet tashkilotlari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarish masalalari

 

II BOB BO‘YICHA XULOSA 

 

Yuqoridagi  bobda  biz  budjet  tashkilotlari  moliyasining  o’ziga  xos 

xususiyatlarini  ko’rib  o’tdik.  Budjet  tashkilotlari  davlat  mulkiga  asoslangan 

notijorat  tashkiloti  ekanligi,  ular  davlat  boshqaruvi  organlari  tomonidan  ta’sis 

etilishi, o’z faoliyatini har bir soha va tarmoqqa tegishliligiga ko’ra maxsus qabul 

qilingan  nizomlar  asosida  amalga  oshirishini,  xarajatlarining  asosiy  qismi 

bo’ysunuviga  ko’ra  mahalliy  budjetlar  va  respublika  budjeti  hisobidan 

moliyalashtirilishini, 

budjetdan 

moliyalashtirish 

xarajatlar 

smetasi 


deb 

nomlanuvchi  rasmiy  hujjat  asosida  amalga  oshirilishini,  tashkilotning  moliyaviy-

xo’jalik 

faoliyati 

ham 

budjetdan 



moliyalashtirish 

tamoyillarga 

bo’ysundirilganligini  aniqladik.  Bundan  tashqari,  budjet  tashkilotlariga  tegishli 

hukumat  qarorlari  bilan  budjetdan  tashqari  mablag’  jalb  etishga  ruxsat 

berilganligini  va  ularning  bu daromadlari 2018  yil 1  yanvargacha barcha soliq  va 



54

 

 



davlat  maqsadli  jamg’armalariga  ajratmalardan  ozod  etilganligini  ko’rib  chiqdik. 

Shu bilan birga, resurslarning chegaralanganligi sharoitida budjet tashkilotlarining 

ortib  borayotgan  ehtiyojlarini  faqat  budjet  mablag’lari  evaziga  qondirish 

imkoniyati cheklangan, shuni hisobga olgan holda, budjet tashkilotlari nodavlat va 

nobudjet  manbalardan  mablag’  jalb  qilish  tashabbuslarini  rag’batlantirib  borish 

lozim.  Lekin,  shuni  ham  unutmaslik  kerakki,  budjet  tashkiloti  davlat  mulkini 

tasarruf  etuvchi  sub’ekt,  shuning  uchun  budjetdan  tashqari  mablag’larining  ham 

maqsadli va samarali ishlatilishi albatta nazorat ostiga olinishi kerak. Bu maqsadda 

budjet  tashkilotlarining  budjetdan  tashqari  mablag’lari  ham  g’aznachilik  bilan 

qamrab  olinganligini  alohida  e’tirof  etish  va  bu  mexanizm  o’zining  ijobiy 

natijalarini berayotganligini ta’kidlash lozim. 

 



55

 

 




Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling