"moliya" kafedrasi furqatov rustam furkatovich budjet tashkilotlari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarish masala


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/50
Sana02.01.2022
Hajmi0.89 Mb.
#189792
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   50
Bog'liq
budjet tashkilotlari moliyasini samarali tashkil etish va boshqarish masalalari

Ri = Wi / (Fi * ti), 

bu  yerda,  Wi  —  kuzatilayotgan  ti  davrida  obyekt  tomonidan  iste’mol 

qilingan  resurs  hajmi  ;  Fi  —  obyekt  tomonidan  resurs  iste’molini  me’yorlashda 

qo‘llaniladigan bazaviy ekspluatatsion ko‘rsatkich. 

Resursni  iste’mol  qilishning  solishtirma  ko‘rsatkichi  tashkilot  obyektining 

energetik  sig‘imini  xarakterlaydi.  Bu  ko‘rsatkichning  pasayishi  obyektning 

energetik  sig‘imi  pasayib,  uning  energetik  samaradorligi  oshayotganidan  dalolat 

beradi.  Energetik  pasport  solishtirma  ko‘rsatkichlarining  barcha  qiymatlarini 

hisoblangan,  haqiqiy  va  bazaviy  ko‘rsatkichlarga  ajratish  mumkin.  Solishtirma 

ko‘rsatkichlarning  hisoblangan  qiymatlari  texnik  loyihalar,  davlat  boshqaruv 

idoralari  qarorlari,  energiya  ta’minoti,  suv  ta’minoti  va  suv  chiqarish  haqida 

shartnomalar  shartlari  asosida  aniqlanadi.  Tijorat  hisobi  va  energetik  tekshiruvlar 

ko‘rsatkichlari  asosida  olingan  solishtirma  ko‘rsatkichlar  qiymatlari  haqiqiy 



57

 

 



qiymatlardir.  Solishtirma  ko‘rsatkichlarning  bazaviy  qiymatlari  tashkilotlar 

tomonidan  bazaviy  iste’mol  hajmlarini  hisoblash  uchun  qo‘llaniladi.  Budjet 

tashkilotlari  faqat  ayrim  hisoblangan  va  haqiqiy  ko‘rsatkichlar  haqida 

ma’lumotlarni beradilar. Taqdim etiladigan ma’lumotlar asosida pasport doirasida 

qolgan  hisoblangan  va  haqiqiy  ko‘rsatkichlar  bo‘yicha  hisob-kitoblar  amalga 

oshiriladi. 

Yonilg‘i-energetika  resurslari  va  suv  iste’molining  bazaviy  qiymatlari 

quyidagi qoidalardan kelib chiqib aniqlanadi: 

1)  umumiy  holda  solishtirma  ko‘rsatkichning  bazaviy  qiymati  haqiqiy 

qiymatga teng deb qabul qilinadi; 

2)  agar  solishtirma  ko‘rsatkichning  haqiqiy  qiymati  obyekt  uchun 

hisoblangan qiymatdan yuqori bo‘lsa, solishtirma ko‘rsatkichning bazaviy qiymati 

hisoblangan qiymatga teng deb qabul qilinadi; 

3)  solishtirma  ko‘rsatkichning  haqiqiy  qiymatlari  bo‘lmaganda,  bazaviy 

qiymat sifatida hisoblangan qiymat qabul qilinadi. 

Tashkilotning  i  obyektida  resurs  iste’moli  hajmining  bazaviy  qiymati 

resursni  iste’mol  qilishning  solishtirma  ko‘rsatkichining  bazaviy  qiymatidan  (rib) 

kelib chiqib hisoblanadi: 




Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling